Turdiev Urol Shokir o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fizikadan laboratoriya klasterini tashkil etish asosida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish metodikasi (yarim o‘tkazgichlar fizikasi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/Ped5186.
Ilmiy rahbar: Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filialida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04-raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik ilmiy kengash  
Rasmiy opponentlar: 
Zaynobiddinov Sirojiddin Zaynobiddinovich – fizika-matematika fanlari doktori, akademik; 
Abdullaeva Ozoda Safibullaevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  Navoi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Fizikadan laboratoriyalar klasterini tashkil etish asosida talabalarni tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
laboratoriya klasteri asosida talabalarda tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirishning nazariy aspektlari fan va ta’lim integratsiyasini ta’minlovchi mustahkamlik, barqarorlik, sinergiya tamoyillarini muammoni qo‘yish va o‘rganish jarayonida sabab-oqibat munosabatida qo‘llash asosida ochib berilgan;
laboratoriyada fizik o‘quv resurslardan optimal foydalanishni ta’minlash maqsadida  mustaqil ta’lim nazorat ishlarini ilmiy faoliyatga yo‘naltirish orqali laboratoriyaning ishlash tartibini optimallashtirish taklifi asoslangan;
fizikadan laboratoriya klasterini tashkil etish asosida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish modeli  tajribalarni tizimli loyihalashga o‘rgatuvchi fizik masalalarni strategiya, faoliyat, tahlil, korreksiya bosqichlarida individual yo‘nalganlikda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda tadqiqotchilik kompetensiyasining shakllanganligini baholash mezonlari izlanuvchanlik faoliyatida sinergetik impulsni maqbullashtiruvchi hamkorlikda ishlash usullarini kooperativ aloqalar muhitida differensial darajalarda qo‘llash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fizikadan laboratoriyalar klasterini tashkil etish asosida talabalarni tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
laboratoriya klasteri asosida talabalarda tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirishning nazariy aspektlari fan va ta’lim integratsiyasini ta’minlovchi mustahkamlik, barqarorlik, sinergiya tamoyillarini muammoni qo‘yish va o‘rganish jarayonida sabab-oqibat munosabatida qo‘llash asosida takomillashtirishga oid g‘oyalar “Amaliy elektronika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 108792–son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
laboratoriyada fizik o‘quv resurslardan optimal foydalanishni ta’minlash, fizikadan laboratoriya klasterini tashkil etish asosida talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish modelini takomillashtirishga doir tavsiyalaridan foydalangan holatda  “Elektrotexnika va elektronika” nomli o‘quv qo‘llanmada kiritib o‘tilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149–son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan model talabalarning tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilgan. 
Talabalarda tadqiqotchilik kompetensiyasining shakllanganligini baholash mezonlarini takomillashtirishga doir takliflarni “Elektrotexnika va elektronika asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 988097–son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan baholash mezonlari fizikadan ta’lim sifatini va pedagogik tajriba-sinov ishlari samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish