Mamasodiqova Saidaxon Soyibjon qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.3.PhD/Ped5054.
Ilmiy rahbar: Yo‘lchiev Shaxriyor Xusanovich , fizika-matamatika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04-raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik ilmiy kengash  
Rasmiy opponentlar: 
Qurbonov Mirzaaxmad  –   pedagogika fanlari doktori, professor.
Abdulazizov Baxrom Toshmirza o‘g‘li – fizika-matematika fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot:  Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Oliy ta’lim muassasalarida fizika fanini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
 raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari shaxsiy faoliyatli, tizimlilik, raqamli funksiyalar, faoliyat sohalarining komponentlarini yaxlitlash hamda axborotlar bilan ishlash kompetentligini maqsadli ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish modeli umumiy va xususiy qoidalarni moslashtirish, innovatsion texnologiyalarning uyg‘unligini taminlashga qaratilgan metodik imkoniyatlari  axborotlar bilan ishlash jarayoniga ta’sir ko‘rsatish hamda qo‘llab quvvatlashning asosiy sohalarini determinantligini empirik baholash orqali takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantiruvchi komponentlar va monitoring bloklari, ta’limning kasbiy-didaktik imkoniyatlarining ta’sirchanligi, barqarorligini bosqichma-bosqich aniqlash, qaror qabul qilish jarayonlari, ma’lumotlarni ob’ektiv va sub’ektiv omillarini belgilash, umumlashtirilgan baholarni raqamli texnologiyalar vositasida integratsiyalashuvi asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligi samaradorligi baholash mezonlari axborot kompetentlik va kasbiy faoliyatlarni rivojlantirish mexanizmlarini individual va mustaqil ta’lim sub’ektlarining manfaatlariga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari shaxsiy-faoliyatli, tizimlilik, raqamli funksiyalar, faoliyat sohalarini komponentlarini yaxlitlash hamda axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini maqsadli ta’minlash asosida integrallash hamda individualligini aloqa jarayoniga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jarayoniga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida PZ - 20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024 yil 19 iyuldagi 04/11-5697 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan o‘quv dasturlari tuzilgan hamda talabalarning axborotlar bilan ishlash kompetenligini shakllantirish, baholash, ma’lumotlarni tahlil etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish modeli umumiy va xususiy qoidalarni moslashtirish, an’anaviy va innovatsion texnologiyalarni uyg‘unligini taminlashga qaratilgan metodik imkoniyatlari  axborotlar bilan ishlash jarayoniga ta’sir ko‘rsatish hamda qo‘llab quvvatlashning asosiy sohalarini determinantligini empirik baholash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “STEAM va SMART ta’lim texnologiyasi” nomli darslik doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 04 martdagi “55”-sonli buyrug‘i). Natijada fizika fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligi rivojlantirilgan hamda oliy ta’lim tizimi o‘quv-metodik ta’minoti boyitilishiga imkon yaratilgan;
raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish metodi rivojlantiruvchi komponentlar va monitoring bloklari, ta’limning kasbiy-didaktik imkoniyatlari ta’sirchanligi, barqarorligini bosqichma-bosqich aniqlash, qaror qabul qilish jarayonlari, ma’lumotlarni ob’ektiv va sub’ektiv omillarini belgilash, formativ va umumlashtirilgan baholarni raqamli texnologiyalar vositasida integratsiyalashuviga oid tavsiyalar “Talimda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil, 23 sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i). Natijada fizika fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligi rivojlantirilgan hamda baholash omillari aniqlash imkoni yaratilgan;
raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish samaradorligi baholash mezonlari axborot kompetentlik va kasbiy faoliyatlarni rivojlantirish mexanizmlarini individual va mustaqil ta’lim sub’ektlarining manfaatlariga adaptiv sinxronlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Fizika fanidan elektron o‘quv qo‘llanma” nomli dastur doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan.  (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024 yil, 19 fevraldagi №DGU34423). Natijada ta’limni axborotlashtirish sharoitida uzlyuksiz ta’lim muassasalarida faol axborot almashish imkoniyati va interaktiv texnologiyalardan ijodiy foydalanish kompetensiyasiga ega fizik-mutaxassislarni tayyorlash samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish