No‘manova Soxiba Ergashboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: Innovatsion yondashuv asosida talabalarning kasbiy-amaliy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish.
Ixtisoslik shifri: 13.00.02.Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5088.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari dokrori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, PhD.03/08.05.2024A.11.02
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xamidov Jalil Abdurasulovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Mardov Sanjar Xudoyqulovich, pedagogika fanlar nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika unversiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida innovatsion yondashuv asosida talabalarning kasbiy-amaliy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy-amaliy kompetentligini rivojlantirishning metodik asoslari texnik fanlarni o‘qitishda subektlarning akademik hamkorligini ta’minlovchi kreativ qaror va amaliy echim tamoyilini pedagogik transformatsiya ustuvorligida didaktik jarayonga kiritish asosida aniqlashtirilgan;
umumkasbiy fanlarni o‘qitishning metodik modeli kasbiy-amaliy faoliyatning mazmuni, tuzilishi va ko‘p o‘lchovli xususiyatlariga mos tanlangan didaktik bloklarni pedagogik jarayonni innovatsion modellashtirishga qaratilgan vertikal (malaka talablari va tavisflari bo‘yicha) va gorizontal (metod, resurs, laboratoriya) ta’sirni texnik-dizayn, konstruksiyalash bosqichlarida personalizatsiyalashuv imkoniyatlariga ko‘ra optimallashtirish asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak qurilish sohasi mutaxassislarining kasbiy-amaliy kompetentligini rivojlantirish metodikasi talabalarga kasbga doir malakalarni individual-konstruktiv kontekstda egallash imkonini beruvchi texnik-blis topshiriqlarini refleksiv analizga moslashtirilgan loyihalar mazmuniga assotsiativ idrok va amaliyot integratsiyasiga kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarining kasbiy kompetentlik darajasini aniqlash va diagnostik baholashning pedagogik tizimi talabalarning mustaqil ta’limida qurilish materiallari va konstruksiyalarini vizual va strukturali sintezlash ko‘nikmalarini baholashga mo‘ljallangan kvalimetrik mezonlarni axborot bilan ishlashni topish, qayta ishlash va qo‘llash bosqichlarini differensiallash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy-amaliy kompetentligini rivojlantirishning metodik asoslari texnik fanlarni o‘qitishda subektlarning akademik hamkorligini ta’minlovchi kreativ qaror va amaliy echim tamoyilini pedagogik transformatsiya ustuvorligida didaktik jarayonga kiritishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60730700-QMBKICh bakalavriat ta’lim yo‘nalishining ta’lim standarti mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 16 oktyabrdagi 4/17-4/4-7241-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarning muhandislikka doir kasbiy-amaliy kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
umumkasbiy fanlarni o‘qitishning metodik modeli kasbiy-amaliy faoliyatning mazmuni, tuzilishi va ko‘p o‘lchovli xususiyatlariga mos tanlangan didaktik bloklarni pedagogik jarayonni innovatsion modellashtirishga qaratilgan vertikal (malaka talablari va tavisflari bo‘yicha) va gorizontal (metod, resurs, laboratoriya) ta’sirni texnik-dizayn, konstruksiyalash bosqichlarida personalizatsiyalashuv imkoniyatlariga ko‘ra optimallashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Qurilish konstruksiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 429-son buyrug‘i, 429-40 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning kasbiy-amaliy kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak qurilish sohasi mutaxassislarining kasbiy-amaliy kompetentligini rivojlantirish metodikasi talabalarga kasbga doir malakalarni individual-konstruktiv kontekstda egallash imkonini beruvchi texnik-blis topshiriqlarini refleksiv tahlilga moslashtirilgan loyihalar mazmuniga assotsiativ idrok va amaliyot integratsiyasida kiritishga oid takliflaridan “Beton tarkibini aniqlash” nomli laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun elektron majmua ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 16 oktyabrdagi 4/17-4/4-7241-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak quruvchilarni kasbiy faoliyatiga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.