Dexkonov Raxmatilla Sultonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turp, topinambur, zufo va ayiqtovon o‘simliklari asosida shifobaxsh tovarlar olish hamda ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41– Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/K214. 
Ilmiy maslahatchi: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat univarsiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Abdulloev Obidjon Shaxobidinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abduganiev Baxtiyorjon Yormuxammatovich, kimyo fanlari doktori, professor; To‘raev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Raphanus Sativus L., Helianthus Tuberosus L., Nepeta Olgae Regel L. va Ranunculus Repens L. o‘simliklari tarkibidan biologik faol birikmalarni ajratib olish, yuqori biologik faollikka ega bo‘lgan moddalar asosida yangi biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalar yaratish hamda ularni kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi tovar kod raqamlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Raphanus Sativus L. va Helianthus Tuberosus L. o‘simliklari tarkibidagi: glikozidlar, oshlovchi moddalar, polifenollardan (rutin, salisil kislotasi, kversitin, apigenin), lizotsim, inulin, pektin, efir moylari, suvda eruvchan vitaminlar mavjudligi sifat reaksiyalari va elementlar analizi, titrimetrik, potensiometrik, xromatografik, spektroskopik usullari orqali isbotlangan;  
Nepeta Olgae Regel L. o‘simlik turidan jami 7 ta birikma sof holda ajratib olingan va ularning tuzilishi UB-ul’trabinafsha, IQ-infra qizil spektroskopiya, 1N-YaMR, 13S-YaMR spektroskopiya usullarida isbotlangan;
Nepeta Olgae Regel L. er ustki qismi ekstraktiv moddalari tarkibida degidrokversetin, lyutionin, kversetin, rutin, senirozid, salidrozid va Ranunculus Repens L.  er ustki qismi ekstraktiv moddalari tarkibida mavjud  flavonoidlardan: rutin, kversetin, apigenin mavjudligi YuSSX tahlil usulida aniqlangan;
GX usuli yordamida Nepeta Olgae Regel L. o‘simligi tarkibidagi to‘yinmagan yog‘ kislotalari (51,47%) to‘yingan yog‘ kislotalaridan (48,53%) ekanligi va to‘yinmagan yog‘ kislotalaridan eykozan 20:1, sis-11,14-eykozadien 20:2 va 8,11,14-eykozatien 20:3 + araxidon kislotalari mos ravishda 1,38%, 1,71% va 1,45% ekanligi hamda qutbli lipidlari tarkibida lignoserin 24:0 kislotasi minor komponent ekanligi isbotlangan; 
Nepeta Olgae Regel L. o‘simligi efir moylari tarkibida 76 ta birikmalar, Ranunculus Repens L. o‘simligi efir moyi tarkibida esa 62 ta birikmalar GX-MS usulida olingan natijalar asosida identifikatsiya qilingan hamda ularining bakteriya va zamburug‘larga qarshi faolliklari in vitro sharoitida aniqlangan;
Nepeta Olgae Regel L. o‘simligidan turli muhitlarda ajratib olingan ekstraktlarining biologik faolligi in vitro va in vivo tajribalarida yurakda peroksidlanish jarayonini tormozlashi aniqlangan; 
Ranunculus Repens L. o‘simligini turli muhitlarda ajratib olingan ektraktlarining in vitro sharoitida antioksidant faollik namoyon qilishi spektrofotometrik usulda aniqlangan;
olingan tabiiy oziq-ovqaty qo‘shilmalari tovar sifatida sinflanib, ularga tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha yangi axalqaro tovar kod raqamlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nepeta Olgae Regel L., Raphanus Sativus L., va Helianthus Tuberosus L., o‘simliklarining kimyoviy komponentlari va biologik faolligini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Nepeta Olgae Regel L. o‘simligi ekstrakti O‘zDSt 3466:2020 asosida olingan yangi tabiiy “ASZUFO” va Raphanus Sativus L., va Helianthus Tuberosus L. o‘simlilklari ekstraktlari asosida Gost 28499-2014 asosida “ASTOP” yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini “BILLUR ARKON” XK da  ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsatnoma berilgan (№ 020300, 2024 y.). Natijada, mazkur oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
Nepeta Olgae Regel L. o‘simligi ekstrakti asosida “ASZUFO” va Raphanus Sativus L., va Helianthus Tuberosus L. o‘simlilklari ekstraktlari asosida “ASTOP” oziq-ovqat qo‘shilmalari uchun yangi resept, texnologik yo‘riqnomalar (TY 203948386-02:2024, TY 203948386-03:2024) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi nazorati tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi nazoratining 2024-yil 28-dekabrdagi 26-11 b-118 son xati). Natijada, nafas yo‘llari kasalliklari, siydik tosh kasalliklari, bel umurtqa churra, diabet kabi kasalliklarini oldini olishga yordamchi yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini talab darajasida identifikatsiyalash va ishlab chiqarish imkonini bergan;
Nepeta Olgae Regel L., Raphanus Sativus L., va Helianthus Tuberosus L., o‘simliklarining kimyoviy tarkibi asosida tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha sinflanib, ularga dorivor o‘simliklar uchun 1212 99 950 1 xalqaro tovar kod raqami ishlab chiqilgan va bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2025 yil 8-fevraldagi № 17/05-25-0198- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, antioksidant, antibakterial xossali oziq-ovqat qo‘shilmalarini sinflash, eksport va import qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish