Myagkov Sergey Sergeevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuchli yog‘ingarchilikdan shahar hududlarini suv bosishini modellashtirish (Toshkent shahri misolida)», 11.00.03 - Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Gr203. 
Ilmiy rahbar: Karandaeva Lidiya Mixaylovna, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01
Rasmiy opponentlar: Xikmatov Fazliddin Xikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor; Salimova Barno Djamalovna, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent shahrini jala yog‘inlari tufayli suv bosishi jarayonini matematik modellashtirish va ularni zamonaviy GAT texnologiyalaridan foydalangan holda xaritalashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent shahri hududining gidrologik jihatdan to‘g‘ri raqamli rel`ef modeli urbanizatsiyalashgan hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini va tizimning turli elementlari o‘rtasidagi murakkab o‘zaro ta’sirlarni hisobga olgan holda yaratilgan; 
turli jadallik va davomiylikdagi jala yog‘inlari natijasida urbanizatsiyalashgan hududlarning suv bosishi mumkin bo‘lgan zonalarini hisoblashning matematik modeli ishlab chiqilgan; 
Toshkent shahri hududlarining suv bosishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarining batafsil ro‘yxati bilan birga rastrli raqamli modelini o‘z ichiga oluvchi suv bosish zonalari xaritasi tuzilgan; 
Toshkent shahrining landshaft-geografik xususiyatlari (rel`ef, infratuzilma, gidrografiya, o‘simlik qoplami va boshqa tabiiy omillar) tahlil qilinib, shahar hududlarini suv bosishi xavfini kamaytirish va etkaziladigan zararni minimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Toshkent shahri misolida jala yog‘inlari tufayli shahar hududlarini suv bosishi jarayonini modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
urbanizatsiyalashgan hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari va tizimning turli elementlari o‘rtasidagi murakkab o‘zaro ta’sirlarni hisobga olgan holda yaratilgan Toshkent shahri hududining gidrologik jihatdan to‘g‘ri raqamli rel`ef modeli O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasida oqovalarni oqizishni modellashtirish va yomg‘ir suvlarini oqizish kanalizatsiya tizimlarini hisoblash jarayonida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2024 yil 25 noyabrdagi 02-5038-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent shahrining turli hududlarida suv bosish holatlari yuzaga kelishini tezkor gidrologik tahlil qilish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish imkoniyati yaratilgan; 
turli jadallik va davomiylikdagi jala yog‘inlari natijasida urbanizatsiyalashgan hududlarning suv bosishi mumkin bo‘lgan  zonalarni hisoblashning matematik modeli O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasida turli ko‘chmas mulk ob’ektlari va shahar infratuzilmasining suv bosish xavfini baholash jarayonida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2024 yil 25 noyabrdagi 02-5038-son ma’lumotnomasi). Natijada, shahar hududlaridagi suv bosishi mumkin bo‘lgan zonalarni avtomatlashtirilgan tarzda belgilash imkoni yaratilgan; 
turli darajadagi ehtimollik bilan suv bosishi mumkin bo‘lgan ob’ektlarning batafsil tuzilgan ruyxati, suv yig‘ish havzalari, suv bosish zonalari, suv o‘tish nuqtalari uzellari, oqim yo‘nalishlarining vektor qatlamlari, suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlarning rastrli raqamli modelini o‘z ichiga oladigan Toshkent shahri hududidagi suv bosish zonalarining xaritasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida raqamli topografik xarita va rejalar  yaratishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024 yil 12 dekabrdagi 2/4/30-3932-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent shahrining istalgan hududidagi o‘sha joyning rel`efi haqida turli masshtabdagi raqamli topografik xaritalar va rejalar tuzish, marksheyderlik ishlari va muhandislik izlanishlar olib borish, xavflardan himoyalanish va ularni boshqarishning samarali rejalarini ishlab chiqish, suv bosishining oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni amalga oshirish hamda suv chiqarish tizimlarini loyihalashda foydalanilishi mumkin bo‘lgan maksimal darajada batafsil ma’lumot olishga erishilgan;  
Toshkent shahrining landshaftlik va geografik xususiyatlari hamda shahar hududlarini suv bosishi xavfini kamaytirish va etkaziladigan zararni minimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar Favqulodda vaziyatlar vazirligida infratuzilma elementlarini joylashtirish uchun maqbul joylarni aniqlashda amaliyotga uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024 yil 12 dekabrdagi 2/4/30-3932-son ma’lumotnomasi). Natijada, yo‘llar, turar-joy hududlari, bog‘lar va boshqa infratuzilma elementlarini joylashtirish uchun eng maqbul joylarni aniqlash maqsadida shahardagi rejalashtirish, resurslarni boshqarish va rivojlantirish bilan bog‘liq turli faoliyat sohalarining gidrometeorologik ta’minotini yaxshilash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish