Soy Vladimir Eduardovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Antimikrob faolikka ega oʻsimlik defenzinining rekombinant shaklini olish», 03.00.03 – Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/V851.
Ilmiy rahbar: Turdikulova Shahlo Utkurovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ilg‘or texnologiyalar markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ilg‘or texnologiyalar markazi, DSc.03/30.07.2024.V.179.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Rustam Sultonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Adilov Baxtiyor Shuxratovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Genomika va bioinformatika markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: rekombinant Ns-D2 defenzinini klonlash va funksional ifodalash hamda uning antimikrob va fungisid faolligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Ilk bor Ns-D2 defenzin geni klonlangan rekombinant pRSET_A vektor konstruksiyasi yaratilgan;
Ns-D2 rekombinant peptidining maksimal miqdorini ta’minlaydigan ekspressiya sharoitlari optimallashtirilgan;
ilk bor S-43 shtammining E. coli hujayralarida Ns-D2 rekombinant defenzin peptidining ekspressiyasi PAGE-elektroforez hamda Vestern-blot tahlil usullari orqali aniqlangan;
metall-affinli va ion almashinuv xromatografiyalaridan foydalanib tozalash usuli ishlab chiqilgan;
Ns-D2 rekombinant defenzinning antimikrob va fungisid faolligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ns-D2 defenzinning rekombinant shaklini olish boyicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Ns-D2 defenzinining recombinant shaklini olish va farmasevtika tarmog'ida qo'llash uchun Defenzinning rekombinant shaklini olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi tomonidan foydali modelga patent olingan (№FAP 01762, 12.06.2018 y). Natijada, defenzin Ns-D2 genining pRSET_A vektoriga klonlanishi va E. coli C43 (DE3) hujayralariga transformatsiya qilinishi orqali rekombinant ekspressiya tizimini ishlab chiqish, agrobiotexnologiya va farmasevtika tarmoqlarida qo‘llanilish imkonini bergan;
defenzin Ns-D2 rekombinant tozalash texnologiyasi №AL-7523011069 “O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma (raqamli) "Berberis vulgaris dan biofaol peptidlar olish va ularning biologik faolligini in vitro va in vivo sinovlarida baholash" amaliy loyihasida biologik faol peptidlarni tozalab olishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 23 apreldagi 4/1255-1018-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, antimikrob va fungisid peptidlarni ajratib olish va tavsiflash bo‘yicha ishlab chiqilgan yondashuvlar yangi biofaol birikmalarni izlash va ularning rekombinant shakllarini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish