Qurbonova Malika Ahmad qizining
falsafa doctori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm va mehmonxonalarda umumiy ovqatlanish xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3667
Ilmiy maslahatchi: Muxitdinov Xudoyor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.07.2024.I.70.07.
Rasmiy opponentlar: Baxtiyor Negmatovich Navruzzoda, Iqtisodiyot fanlari doktori, professori; Hamraeva Dilfuza, Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsenti.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turizm va mehmonxonalarda umumiy ovqatlanish xizmatlarini rivojlantirish istiqbollariga oid ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm va mehmonxonalarda umumiy ovqatlanish xizmatlarining “Milliy lazzat brend” yaratishni rag‘batlantirish maqsadida hududda mavjud mehmonxonalar, restoranlar va ta’minotchilarni hududiy kulinariya resurslar bilan birlashtiruvchi “gastronomik klaster” konsepsiyasi asosida boshqaruv tizimini shakllantirish taklifi asoslangan;
Evropa va Osiyo tajribalari asosida restoranlarda “eko-menu”, ya’ni kaloriya va tarkib ko‘rsatkichli elektron menyular bo‘yicha mijozlarga sog‘lom ekologik tanlov tavsiyalarini taqdim etish (QR-kod orqali milliy taomlar tarkib tahlilini olish) asosida gastronomik yo‘nalishlarni kengaytirish imkoniyatlari asoslangan.
mehmonxona va ovqatlantirish xizmatlari daromadlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar asosida SPSS dasturida shakllantirilgan turli mehmonxonalar guruhlari (3* vs 4* vs 5*) o‘rtasidagi daromad farqini ANOVA-(dispersiya tahlili) asosida “Gastronomis Performance Metrics” modelidan foydalanishning afzalligi asoslangan;
turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va mavsumiy o‘zgarishlar ta’sirini minimallashtirish maqsadida turistik destinatsiyalarining salohiyatiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar (turistlar oqimi, infrastruktura sifati, mahalliy resurslardan foydalanish) asosida 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy ovqatlanish xizmatlarini ekologik barqarorlik va sog‘lom ovqatlanish tamoyillari asosida takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi, bu orqali turizm sohasida sog‘lom turmush tarziga asoslangan xizmatlar paketini kengaytirishning nazariy asoslari yaratildi:
turizm va mehmonxonalarda umumiy ovqatlanish xizmatlarining “Milliy lazzat brend” yaratishni rag‘batlantirish maqsadida hududda mavjud mehmonxonalar, restoranlar va ta’minotchilarni hududiy kulinariya resurslar bilan birlashtiruvchi “gastronomik klaster” konsepsiyasi asosida boshqaruv tizimini shakllantirish taklifi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-9-sonli Farmonining 4a-ilova 1-bandida Xitoydan tashrif buyurgan sayyohlar xohishiga binoan turmarshrutlar ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”dan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 04-fevraldagi 03-10-17-1060-sonli ma’lumotnomasi.) Natijada, turistlarning sog‘lom hayotga qiziqishini qondirish va turizmda sog‘lom hayot turmushini rag‘batlantirish imkoniyati yaratildi va “Milliy lazzat brend” yaratishni rag‘batlantirish, hududda mavjud mehmonxonalar, restoranlar va ta’minotchilarni hududiy kulinariya resurslar bilan birlashtiruvchi “gastronomik klaster” konsepsiyasi boshqaruv tizimini samaradorligiga erishilgan.
Evropa va Osiyo tajribalari asosida restoranlarda “eko-menu”, ya’ni kaloriya va tarkib ko‘rsatkichli elektron menyular bo‘yicha mijozlarga sog‘lom ekologik tanlov tavsiyalarini taqdim etish (QR-kod orqali milliy taomlar tarkib tahlilini olish) asosida gastronomik yo‘nalishlarni kengaytirish imkoniyatlari bo‘yicha taklif “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-9-sonli Farmonining 4a-ilova 1-bandida Xitoydan tashrif buyurgan sayyohlar xohishiga binoan turmarshrutlar ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”dan foydalanib (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 04-fevraldagi 03-10-17-1060-sonli ma’lumotnomasi.) Natijada, turli madaniyat vakillarining gastronomik ehtiyojlarini uyg‘unlashtirish orqali xizmatlar sifati va madaniy xilma-xillikni birgalikda saqlash imkoniyati ta’minlanib, turizm sektorida madaniyatlararo gastronomik hamkorlik darajasi oshirildi va xizmatlar global darajada raqobatbardoshligi mustahkamlandi.
mehmonxona va ovqatlantirish xizmatlari daromadlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar asosida SPSS dasturida shakllantirilgan turli mehmonxonalar guruhlari (3* vs 4* vs 5*) o‘rtasidagi daromad farqini ANOVA-(dispersiya tahlili) asosida “Gastronomis Performance Metrics” modelidan foydalanishning afzalligi bo‘yicha taklif “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-9-sonli Farmonining 4a-ilova 1-bandida Xitoydan tashrif buyurgan sayyohlar xohishiga binoan turmarshrutlar ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” dan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 04-fevraldagi 03-10-17-1060-sonli ma’lumotnomasi.) Natijada, ovqatlanish xizmatlari jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali va ANOVA-(dispersiya tahlili) asosida “Gastronomis Performance Metrics” modelining xizmat ko‘rsatish tezligi va moslashuvchanligi 20–25% ga oshirilib, mijozlarning kutish va xizmatdan foydalanish tajribasi sezilarli darajada yaxshilandi.
turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va mavsumiy o‘zgarishlar ta’sirini minimallashtirish maqsadida turistik destinatsiyalarining salohiyatiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar (turistlar oqimi, infrastruktura sifati, mahalliy resurslardan foydalanish) asosida 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-9-sonli Farmonining 4a-ilova 1-bandida Xitoydan tashrif buyurgan sayyohlar xohishiga binoan turmarshrutlar ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” dan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 04-fevraldagi 03-10-17-1060-sonli ma’lumotnomasi.) Natijada, turizm xizmatlarining o‘sish sur’atlari iqtisodiyotdagi xizmat ko‘rsatish sektorlarining muhimlik darajasini ko‘rsatayotganligi va boshqa xizmatlar sohasining hajmi turizm xizmatlaridan ancha katta bo‘lsa-da, turizm sohasida mehmonxona va umumiy ovqatlanish sohalari kelgusi yillarda muhim iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shganligi isbotlangan.