Islamova Barno Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Xalqaro migratsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillari», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3856.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01 
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Irmatova Aziza Baxramovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozorini tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xalqaro migratsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillarining nazariy-amaliy qoidalari va yondashuvlarini takomillashtirish hamda ijtimoiy-demografik oqibatlarini baholash, tashqi mehnat migratsiyasining aholini ish bilan ta’minlashga hissasini tahlil qilish va samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
migratsiya “drayver”larining konseptual asoslari uy xo‘jaligi va shaxs darajasida qaror qabul qilishga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy beshta makro (iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, siyosiy, ekologik) hamda mikro (yosh, jins, daromad kabi) darajadagi omillarga ko‘ra aniqlangan;
migratsiya siyosatining ta’siri va samaradorligini baholashning konseptual sxemasi migratsiya cheklovlari muayyan maqsadli toifadagi oqimlarga cheklovlarning ta’sirini kamaytirishi mumkin bo‘lgan to‘rtta asosiy turdagi almashtirish ta’siriga olib kelishi mumkinligiga ko‘ra taklif etilgan;
migratsiya salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha plyuralistik geterogen migratsiya va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaror ta’siri modeli o‘zida yangi migratsiya iqtisodiyoti NELM (New Economics of Labor Migration) yondashuvining migratsiya jarayoni tadqiqi vositalari va imkoniyatlar tarkib tuzilmasi doirasida rivojlanish konsepsiyasini aks ettirishiga ko‘ra ishlab chiqilgan;
distansiya korrelyasiyasi va natijalar korrelyasiyasining ekonometrik modeli uy xo‘jaliklari sharoitida Engel egri chizig‘i parametrik xususiyati asosida ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalari migratsiyasi va pul o‘tkazmalariga ko‘ra ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda migratsiya jarayonlarini uning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayonlarga ta’sirini takomillashtirish bo‘yicha olingan xulosa va takliflar asosida:
migratsiya “drayver”larining konseptual asoslarining uy xo‘jaligi va shaxs darajasida qaror qabul qilishga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy beshta makro (iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, siyosiy, ekologik) hamda mikro (yosh, jins, daromad kabi) darajadagi omillarga ko‘ra aniqlangan taklif Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro mehnat migratsiyasining ijtimoiy-demografik samaradorligini oshirish bo‘yicha materiallarini atyyorlashda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 12-noyabrdgi dagi 01/00-02/26-12362- sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif migratsiya jarayonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, mehnat bozori samaradorligi va aholi bandligi darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
migratsiya siyosatining ta’siri va samaradorligini baholashning konseptual sxemasi migratsiya cheklovlari muayyan maqsadli toifadagi oqimlarga cheklovlarning ta’sirini kamaytirishi mumkin bo‘lgan to‘rtta asosiy turdagi almashtirish ta’siriga olib kelishi mumkinligiga ko‘ra ishlab chiqilgan taklif Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro mehnat migratsiyasining ijtimoiy-demografik samaradorligini oshirish bo‘yicha materiallarini atyyorlashda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 12-noyabrdgi 01/00-02/26-12362-sonli ma’lumot-nomasi). Ushbu taklif migratsiya jarayonini maqsadli tashkil qilish va cheklovlar mexanizmidan oqilona foydalanishga ko‘ra xalqaro mehnat migratsiyasi samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
migratsiya salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha plyuralistik geterogen migratsiya va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaror ta’siri modeli o‘zida yangi migratsiya iqtisodiyoti NELM (New Economics of Labor Migration) yondashuvining migratsiya jarayoni tadqiqi vositalari va imkoniyatlar tarkib tuzilmasi doirasida rivojlanish konsepsiyasini aks ettirishiga ko‘ra ishlab chiqilgan taklif Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro mehnat migratsiyasining ijtimoiy-demografik samaradorligini oshirish bo‘yicha materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 12-noyabrdgi 01/00-02/26-12362-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif cheklangan imkoniyatlar doirasida iqtisodiyot talablaridan kelib chiqqan holda maqsadli vazifalarning uyg‘unligini ta’minlash hamda migratsiya va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi aloqadorlikning samaradorligiga kshra jarayonni modellashtirish,migrantlarni hisobga va ro‘yxatga olish bo‘yicha raqamli platformaimkoniyatlarni kengytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
distansiya korrelyasiyasi va natijalar korrelyasiyasining ekonometrik modeli uy xo‘jaliklari sharoitida Engel egri chizig‘i parametrik xususiyati asosida ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalari migratsiyasi va pul o‘tkazmalariga ko‘ra ishlab chiqilgan taklifdan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan xalqaro mehnat migratsiyasining ijtimoiy-demografik samaradorligini oshirish bo‘yicha materiallarini, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan chet ellardan qisqa muddatli onlayn soddalashtirilgan pul o‘tkazmalari bo‘yicha  sxemani ishlab chiqishda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 12-noyabrdgi 01/00-02/26-12362-sonli ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining 2023-yil 12-iyuldagi 18/1-147-sonli ma’lumotno-masi).Ushbu takliflar MDH davlatlariga migrant va migratsiya oqimlarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish, tashqi migratsiyaning statistik monitoringini o‘tkazish amaliyotini joriy etish, shuningdek elektron ma’lumotlarni taqdim etish xizmatini tashkil etish, migratsiya xizmatlari va jarayonni boshqarish sifatini oshirishga hamda tijorat banklarining mobil ilovalariga maxsus funksiyalar qo‘shish orqali muntazam ravishda pul o‘tkazmalarini soddalashtirilgan sxemani amaliyotga joriy qilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish