Shukurov Asilbek Komolbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi siyosiy va savdo-iqtisodiy munosabatlar”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ss498
Ilmiy rahbar: Sayfullaev Durbek Baxtiyorovich tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-Ma’naviy tadqiqotlar Instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/08.05.2024.F.135.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Ubaydullaeva Saodat Fatxullaevna siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Rizaev Azizjon Raximdjanovich siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi siyosiy va savdo-iqtisodiy munosabatlarini tarixiy rivojlanishi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligi, aloqalarning bugungi holati hamda istiqbollarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Saudiya Arabistoni Podshohligining “Yashil Yaqin Sharq” konsepsiyasi Yaqin Sharq mintaqasini barqaror iqtisodiy rivojlantirish, ekologik inqirozni oldini olish borasidagi innovatsion yondashuvlari hamda muqobil yashil energiya resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan “Nigoh-2030” dasturida belgilangan ustuvor vazifalar orqali amalga oshirilayotgani asoslab berilgan;
“Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formati doirasidagi hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan “Transport-logistika bog‘lanishi shartnomasi” loyihasini ishlab chiqish zaruriyati, O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz mintaqasini o‘zaro bog‘lashdagi strategik hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha muvozanatli va doimiy muloqot o‘rnatishga qaratilgan tashqi siyosat strategiyasiga ko‘ra dalillangan;
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosati, Ko‘rfaz arab davlatlari bilan o‘zaro siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari Saudiya Arabistoni Podshohligining “Nigoh-2030” strategik dasturida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va vazifaviy jihatlariga ko‘ra uyg‘un va mushtarak ekanligi isbotlangan;
Saudiya Arabistonining islom moliyasi sohasida qo‘lga kiritgan boy tajribasi va foydalanish amaliyotini e’tiborga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining moliya va raqamli iqtisodiyot sohalarini rivojlantirshning ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, mamlakatimizda islom moliyasi tizimini yaratish, hamda mazkur tizimning imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida O‘zbekistonda Islom moliyasini o‘rganish institutini tashkil etish lozimligi taklifi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi siyosiy va savdo-iqtisodiy munosabatlarini tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosati, Ko‘rfaz arab davlatlari bilan o‘zaro siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari Saudiya Arabistoni Podshohligining “Nigoh-2030” strategik dasturida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va vazifaviy jihatlariga ko‘ra uyg‘un va mushtarak ekanligi borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika davlatlari bilan hamkorlik” boshqarmasi tomonidan foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi TIVning 2025-yil 9-apreldagi №14/431 ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflar sohaning me’yoriy-huquqiy va axborot-tahliliy bazasini takomillashtirish va ularni amaliy qo‘llashga xizmat qildi.
“Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formati doirasidagi hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan “Transport-logistika bog‘lanishi shartnomasi” loyihasini ishlab chiqish zaruriyati, O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz mintaqasini o‘zaro bog‘lashdagi strategik hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha muvozanatli va doimiy muloqot o‘rnatishga qaratilgan tashqi siyosat strategiyasiga ko‘ra asoslanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan qo‘mitasi ish faoliyati va axborot tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yil 16-apreldagi 02-02/02/1/1028-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflar sohaning me’yoriy-huquqiy va axborot-tahliliy bazasini takomillashtirish va ularni amaliy qo‘llashga xizmat qildi.
Saudiya Arabistoni Podshohligining “Yashil Yaqin Sharq” konsepsiyasi Yaqin Sharq mintaqasini barqaror iqtisodiy rivojlantirish, ekologik inqirozni oldini olish borasidagi innovatsion yondashuvlari hamda muqobil yashil energiya resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan “Nigoh-2030” dasturida belgilangan ustuvor vazifalar orqali amalga oshirilayotgani borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan vazirlik va idoralarga yuboriladigan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yil 15-apeldagi 14-07-96-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflar sohaning me’yoriy-huquqiy va axborot-tahliliy bazasini takomillashtirish va ularni amaliy qo‘llashga xizmat qildi.