Abduxalilova Muxlisa G‘anijon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “«Suv-bo‘yoq» balansini ta’minlash uchun bosma mashinaning namlash qurilmasi parametrlarini asoslash”, 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4886
Ilmiy rahbar: Babaxanova Xalima Abishevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Safarov Nazirjon Muhammadjonovich, t.f.d., professor, Gromiko Irina Grigorevna (BDTU), t.f.n., dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «suv – bo’yoq» muvozanatini ta’minlash uchun namlash eritmasining yangi kompozision tarkibidan foydalanishda bosma uskunasi namlash qurilmasining parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
izopropil spirtini almashtirish va chop etishda salbiy ta’sirlarni minimallashtirish maqsadida efiraldegid fraksiyasini turlicha nisbatlarda qo‘shish orqali namlash eritmasini olish usuli ishlab chiqilgan;
namlash qurilmasining namlik uzatish bo’g‘inini kinematik tahlil qilish asosida duktor valigining diametri va namlash eritmasi idishiga tushib turishi chuqurligini hisobga olgan holda dozalovchi va duktor valiklarining aylanish (tezliklari) chastotalarining ratsional parametrlari aniqlangan;
tadqiqot natijalarini qayta ishlash asosida «suv – bo’yoq» muvozanatini ta’minlash uchun efiraldegid fraksiyasi konsentratsiyasining ratsional parametrlari regression tenglamalar qurish orqali aniqlangan;
efiraldegid fraksiyasi qo’shilgan namlash eritmasi va bosma bo’yog‘i emulsiyalanish darajasining spirt konsentratsiyasi va ta’sir qilish vaqtiga bog‘liklik qonuniyatini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Efiraldegid fraksiyasi qo’shilgan namlash eritmasining bosma bo’yog‘i bilan o’zaro ta’sirlashuvining o’ziga xosliklarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Ofset bosma uchun efiraldegid fraksiyasi qo’shib namlash eritmasini olish usuli «PoligrafExtra» MChJ va «Namangan Poligraf Press» MChJ korxonalariga joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2024-yil 27-sentyabrdagi № 06-11-5864-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mavjud eritma bilan efiraldegid fraksiyasi qo’shilgan namlash eritmasining bo’yoq bilan o’zaro ta’sirlashuvi darajasi (emulsiyalanish darajasi)dagi farq 50% ni tashkil etishiga, olingan namunalardagi tasvirlarda efiraldegid fraksiyasi qo’shilgan namlash eritmasida mavjud eritmaga nisbatan ikki baravar yaxshi natija qayd etilishiga, shuningdek, ichki bozorning mahalliy xomashyo bilan ta’minlanishiga va bosma mahsulotlari tannarxining 42,7% pasayishiga erishilgan.