Urokov Olim Abdig‘ofirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh davlat geodezik tarmoqlarining aniqligini baholash va o‘lchash usullarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)”, 11.00.06 – Geodeziya.Kartografiya (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3789.
Ilmiy rahbar: Suyunov Abdusoli Samadovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD26/26.01.2023.T.109.04.
Rasmiy opponentlar:
Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor;
Abduraxmonov Sarvar Narzullaevich, texnika fanlari falsafa doktori, (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Samarqand viloyatida joylashgan doimiy ishlab turuvchi sun’iy yo‘ldosh davlat geodezik tarmoq aniqligini baholash va geodezik o‘lchash uslubini takomillashtirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilg‘or xorijiy tajribalar, ilmiy adabiyotlar va Samarqand viloyatining tabiiy-geografik xususiyatlari asosida CORS stansiyalarini joylashtirishning optimal sonini aniqlash uchun analitik usul takomillashtirilgan va viloyat hududini topografik xaritasi orqali bufer zonalarga ajratish asosida grafik usul ishlab chiqilgan;
GAT dasturlaridan foydalangan holda, Samarqand viloyati hududi relefining raqamli modeli yaratildi va shu asosda CORS stansiyalarini maksimal aniqlik va samaradorligini ta’minlash uchun optimal joylashtirish sxemasi takomillashtirilgan;
Samarqand viloyati hududida CORS stansiyalarini joylashtirish loyihasi asosida RTK va PPP usullarini bir vaqtda qo‘llash orqali GNSS o‘lchash usulini takomillashtirilgan;
zamonaviy sun’iy yo‘ldosh geodezik o‘lchash texnologiyasi yordamida olingan GNSS o‘lchash natijalari va matematik modellashtirish usuli asosida Samarqand viloyatida yaratilgan CORS geodezik tarmog‘ining aniqligini baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldoshli davlat geodezik tarmoqlarining aniqligini baholash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
- ilg‘or xorijiy tajribalar, ilmiy adabiyotlar va Samarqand viloyatining tabiiy-geografik xususiyatlari asosida CORS stansiyalarini joylashtirishning optimal sonini aniqlash uchun analitik usul takomillashtirildi va viloyat hududini topografik xaritasi orqali bufer zonalarga ajratish asosida grafik usul ishlab chiqilgan ilmiy natija Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasi amaliyotiga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya Vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024 yil 30 noyabrdagi 05/08-11533-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan analitik va grafik usullardan foydalanib, Samarqand viloyati uchun CORS stansiyalarining optimal soni va joylashuvi aniqlandi, shuningdek CORS stansiyalari tarmog‘ini Samarqand viloyatida samarali va yuqori sifatli tarmoq sifatida rivojlantirish imkoniyati paydo bo‘lgan;
- GAT dasturlaridan foydalangan holda, Samarqand viloyati hududi relefining raqamli modeli yaratildi va shu asosda CORS stansiyalarini maksimal aniqlik va samaradorligini ta’minlash uchun optimal joylashtirish sxemasi takomillashtirilgan, olingan natijalarni Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasi amaliyotiga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya Vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024 yil 30 noyabrdagi 05/08-11533-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand viloyati hududining raqamli relef modeli ishlab chiqilgan va CORS stansiyalarining joylashuv sxemasi orqali hududda sifatli, aniq va uzlyuksiz qamrovni ta’minlovchi CORS tarmog‘i yaratildi. Relefni inobatga olgan holda har bir stansiyaning optimal joylashuvi aniqlandi va signal sifatini oshirish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, Samarqand viloyati hududidagi CORS geodezik tarmoq punktlari koordinatalarining aniqligini 3 – 5% ga oshirish imkonini yaratgan;
- Samarqand viloyati hududida CORS stansiyalarini joylashtirish loyihasi asosida RTK va PPP usullarini bir vaqtda qo‘llash orqali GNSS o‘lchash usulini takomillashtirilgan ilmiy yangilik Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasi amaliyotiga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya Vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024 yil 30 noyabrdagi 05/08-11533-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, CORS stansiyalarini joylashtirish loyihasi asosida RTK va PPP usullarini bir vaqtda qo‘llash, Samarqand viloyati kabi murakkab topografik hududlarda GNSS o‘lchashlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yondashuv ikki usulning afzalliklarini birlashtirib, yuqori aniqlik, keng qamrov va ish samaradorligini oshirish imkonini beradi;
- zamonaviy sun’iy yo‘ldosh geodezik o‘lchash texnologiyasi yordamida olingan GNSS o‘lchash natijalari va matematik modellashtirish usuli asosida Samarqand viloyatida yaratilgan CORS geodezik tarmog‘ining aniqligini baholash usuli ishlab chiqilgan ilmiy yangilik Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasi amaliyotiga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya Vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024 yil 30 noyabrdagi 05/08-11533-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sun’iy yo‘ldosh signallari va topografik ma’lumotlardan foydalangan holda stansiyalarning koordinatalaridagi xatolarni minimallashtirish imkoni yaratilgan.