Gulyaeva Gul`fiya Xarisovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Shakl saqlash xususiyatlari yuqori bo‘lgan trikotaj olish texnologiyasi asoslari” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T633
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Matismailov Saypillo Lalashbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Valiev Gulom Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Bitus Evgeniy Ivanovich, texnika fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Trikotaj elementlari deformatsiyalanishni tahlil qilish asosida shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqishning nazariy va texnologik asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora trikotaj nazariyasida halqa ipi uzunligi koeffisienti kl orqali ipning plastik deformatsiyasini inobatga oluvchi va trikotaj tuzilishini uzoq davr muvozanat holatda qolishiga ta’sir etadigan halqa ipning texnologik uzunligi ko‘rsatgichi va uni aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
trikotaj tuzilishining holatlar uchburchagini tahlil qilish asosida qaytmas deformatsiyani aks etadigan halqa ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib matoning shakl saqlash koeffisientini aniqlash formulasi ishlab chiqilgan;
trikotajning deformatsiyalanishini tahlili asosida paxta ipidan ishlab chiqarilgan matolarini elastikligini oshirish va shakl saqlash xususiyatini baholash ilmiy asoslari yaratilgan;
lastik va interlok to‘qimalar tuzilishiga qo‘shimcha elementlar kiritish asosida aralash trikotajni yangi turlarini yaratish hisobiga shakl saqlash xususiyatini oshirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
trikotaj qatlamlar tuzilishini, shuningdek birlashtiruvchi va arqoq iplarini qo‘yish usulini takomillashtirish asosida shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan ikki qatlamli to‘qimalarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
qo‘shimcha ipni qo‘yish yangi usullarini yaratish hisobiga shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan arqoqli, futerli va arqoqli-futerli trikotajni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Shakl saqlash xususiyati va sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan trikotajning yangi tuzilishlarini olish yuqori texnologik usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
arqoqli, futerli va arqoqli-futerli trikotaj to‘qimalarining yangi tuzilishlari va olish usullariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan ixtiroga 5 ta patent olingan («Arqoqli trikotaj olish usuli» № IAP 06001-2019y., № IAP 06397-2021y.; «Shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan ko‘ndalang to‘qilgan trikotajni olish usuli», № IAP 06303-2020y.; «Shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan trikotajni olish usuli», № IAP 06330-2020y.; «Shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan futer trikotaj to‘qimasini olish usuli», № IAP 06461-2021g.). Natijada ishlab chiqilgan shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan trikotajni olish usullari hisobiga tuzilishga kiritilgan qo‘shimcha ipni mahkamlanganlik darajasi oshgan, matoning uning qaytar deformatsiyasini 32% ga, issiqlik saqlash xususiyatini 70% ga oshirishga erishilgan;
yangi shakl va issiqlik saqlash xususiyatlari yuqori bo‘lgan trikotajni olish texnologiyasi «Sedat Triko Tashkent» QK MChJ, «Textile Mill Tashkent» QK MChJ, «Degrez teks LTD» MChJ, «Porloq Chust Brendi» MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan ((“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ma’lumotnomasi 03/25-3285, 06.12.2024y.). Natijada shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan trikotaj to‘qimasining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, xomashyo sarfini 20% gacha kamaytirishga erishilgan va mahalliy korxonalarda ichki va tashqi bozorga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.