Raximov Jo‘rabek Ikramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Rus va o‘zbek tillaridagi axborot-kommunikativ texnologiyalar leksikasi (ommaviy axborot vositalari materiallari asosida) 10.00.06.-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2776
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Cho‘ponov Otanazar Otajonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
Rasmiy opponentlar: Jumaniyozov Zohid Otaboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Bakirov Poyan Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi rus va o‘zbek tillaridagi ommaviy axborot vositalari tillarida qo‘llaniluvchi axborot-kommunikativ leksikasining ishlatilishidagi o‘xshashlik va farqlarini chog‘ishtirma jihatdan aniqlashdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“neoo‘zlashma” atamasining yangi talqini taklif qilindi;
zamonaviy rus va o‘zbek tilli OAVdagi AKT leksikasining tarkibi aniqlandi;
chog‘ishtiriluvchi tillar OAVda qo‘llaniluvchi axborot-kommunikativ leksikasi ko‘p hollarda bir biriga mos kelishi va umuman olganda, bir xil ekanligi aniqlandi: farqi faqat ba’zi leksik birliklarning yozilishida kuzatiladi;
chog‘ishtiriluvchi tillar leksik birliklarni bevosita manba tildan o‘zlashtirishi isbotlandi, bu mazkur leksik qatlamning ikkala til OAVda o‘zlashtirilgan leksik birlikka xos bo‘lgan ma’nolarda qo‘llanilishini izohlaydi;
rus va o‘zbek tilli OAVda qo‘llaniluvchi axborot-kommunikativ texnologiyasi leksik birliklarining kategorial-mavzuiy jihatdan mutloq bir xil ekanligi dalillandi; aniqlangan birliklarni leksik-semantik darajada differensiatsiya qilishda ba’zi tushunchalardagi farqlar bilan bir xil lisoniy manzara hosil bo‘ldi.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalaridan:
Xorazm Ma’mun akademiyasida faoliyat yuritgan A-FA-2019-9-raqamli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasida qadimiy noyob qo‘lyozma manbalarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ularning izohlarini rus tiliga o‘girish hamda grant doirasida yaratilgan elektron portalning hamda elekfron kutubxonaning rus tilidagi talqinini yaratishda, manbalarda qo‘llanilgan atamalarni izohlashda, manbalarning qisqa tavsiflarini yaratishda dissertantning ilmiy xulosalaridan unumli foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasining 2024-yil 26-yanvardagi 40/2-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada grant doirasida yaratilgan elektron kutubxona hamda elektron portalning rus tilidagi talqini yanada boyigan.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020-yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada, tarixiy-adabiy asarlarning o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy folklor leksikasida mavjud bo‘lgan yangi o‘zlashmalar qatlami va ularga xos xususiyatlar, asar poetikasida muhim o‘rin tutgan barcha adabiy unsurlar, ijodkorning xos uslubi, asarda mavjud bo‘lgan yangi qatlam masalasi kabi tilshunoslik va adabiyotshunoslik rivojidagi muhim masalalarni yoritishda mazkur dissertatsiya ilmiy xulosalaridan amaliy foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 31-oktyabrdagi 507/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpoq adabiyoti va folklorshunosligiga oid ilmiy-adabiy asarlarning adabiy tahlil hamda ilmiy manbaviyligi yanada ortdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish