Ermatov Xusan Toxirovichning                                                           
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston bosma nashrlari transformatsiyasi sharoitida tahliliy kontent yaratishning dolzarb masalalari”  
10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3947
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.30/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Saidov Halim Omonovich, filologiya fanlari doktori, professor. O‘sarov Olimjon Avalboevich, filologiya fanlari nomzodi
Yetakchi tashkilot:  Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy matbuotning zamonaviy axborot muhitida transformatsiya jarayonlarini o‘rganish, bosma va elektron nashrlarda tahliliy materiallarning o‘rni, dolzarbligi va o‘ziga xosligini tahlil qilish orqali matbuot yashab qolishi zaruratini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
    transformatsiya jarayonlari va uning natijasida yuzaga kelgan videoxosting, telekanal platformalari va an’anaviy loyihalar zamonaviy axborot uzatishning infoteynment, finishing, glokallashuv kabi usullari tahliliy kontent tuzilishi o‘zgarishiga sabab bo‘layotgani isbotlangan; 
jamoatchilik fikrini shakllantirishda tahliliy kontentning nufuzi ijtimoiy tarmoqlar soyasida qolib ketayotgani, poligrafik matnning onlayn formatga o‘tganida kuchayishi, ijtimoiy fikrga ta’sir qilishda OAV turlari kollaboratsiyasi samarali echim ekani dalillangan;
    zamonaviy tahliliy kontent yaratishda janr tushunchasining dog‘ma emasligi, transformatsiya jarayonlarida tahliliy janrlarning yangi formatdagi tuzilishi vizual komponentlar (video, audio, rasm) hisobiga o‘zgarganligi aniqlangan;
    tahliliy kontent tematikasi shakllanishida global tarmoqdagi trendlar ishtiroki belgilanib, auditoriya qamrovini oshirishda “miks format”, “auditoriya sotsiologiyasi”, “maqola tizeri” tushunchalari ishlab chiqilgan, ularni fanga kiritishning dolzarbligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston bosma nashrlari transformatsiyasi sharoitida tahliliy kontent yaratishning dolzarb masalalari va milliy mass-mediaga integratsiyalashuvi borasidagi xulosa va amaliy takliflar asosida: 
    ‒ dissertatsiyadagi jamoatchilik fikrini shakllantirishda tahliliy kontentning nufuzi ijtimoiy tarmoqlar soyasida qolib ketayotgani, poligrafik matnning onlayn formatga o‘tganida kuchayishi, ijtimoiy fikrga ta’sir qilishda OAV turlari kollaboratsiyasi samarali echim ekanligi bo‘yicha tavsiyalar  O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan tayyorlangan materiallarga tatbiq etilgan.  (O‘zbekiston milliy axborot agentligi 2025-yil 18-aprel №01-23/407‒sonli ma’lumotnomasi). Natijada tahririyat tomonidan e’lon qilingan tahliliy kontentni oʻquvchi uchun kerakli va qiziqarli matnga aylantirish, shuningdek, jozibadorligini oshirish borasida samaradorlikka erishilgan. 
‒ bosma nashrlar transformatsiyasi sharoitida tahliliy kontent yaratishda ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan, zamonaviy tahliliy kontent yaratishda janr tushunchasining dog‘ma emasligi, transformatsiya jarayonlarida tahliliy janrlarning yangi formatlari yuzaga kelayotgani dalillangan xulosalardan gazeta va sayt materiallarini tayyorlash va tahrir qilishda foydalanilgan.  (O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi 2025-yil 18-aprel №02-18/117‒sonli ma’lumotnomasi). Natijada nashrning tahliliy kontenti yanada takomillashtirildi, muharrir hamda ijodiy hodimlarga bosma nashrlar transformatsiyasi jarayonida auditoriyani jalb qilish yo‘llari tanishtirildi hamda ularning kasbiy bilimlarini mustahkamlashga yordam bergan.
– tadqiqotda bayon qilingan yutuqlar va xulosalar “Ishonch” gazetasi va “Ishonch.uz” sayti faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish jarayoniga tatbiq etilgan. Tahliliy janrlariga oid matnlarni nashrga tayyorlashda multimediaviylik, konvergensiya kabi yangi talablar haqidagi fikr-mulohazalaridan foydalanildi. (O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi 2025-yil 18-aprel BM-01/495‒sonli ma’lumotnomasi). Xususan, tahliliy kontent tematikasi shakllanishida global tarmoqdagi trendlar ishtiroki belgilanib, auditoriya qamrovini oshirishda dissertatsiya xulosasiga keltirilgan “miks format”, “auditoriya sotsiologiyasi”, “maqola tizeri” tushunchalari tahliliy kontent tayyorlashda foydalanilgan. Natijada tadqiqot “Ishonch.uz” saytidagi tahliliy materiallarini ko‘rib chiqish va takomillashtirishda hamda muharrirlar malakasini oshirishda muhim manba vazifasini o‘tagan. 
‒ bosma nashrlar transformatsiya jarayonida yuzaga kelgan zamonaviy axborot uzatish usullarining tahliliy kontent tuzilishi o‘zgarishiga sabab bo‘layotgani borasidagi xulosalardan gazetaning “Jizzax haqiqati” sayti faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati hokimining ijroiya mahkamasi 2025-yil 22-aprel №05-501-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Jizzax haqiqati” sayti faoliyati davomida muharrirlarning tahliliy kontent tayyorlashdagi malakasi oshirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish