Mamatkarimov Sarvar Abdukayumovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Charm buyumlari uchun yordamchi adgezivini modifikatsiyalash, xossalari va texnologiyasi” 05.06.03 – “Teri, moʻyna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3978
Ilmiy rahbar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari nomzodi, professor Musaev Sayfulla Safoevich; kimyo fanlari doktori, professor Xusenov Arslonnazar Shernazarovich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yaxshilangan fizik-mexanik mustahkamlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan tabiiy elimni modifikatsiyalash, ularning asosiy fizik-kimyoviy xususiyatlarini va uni elimlovchi sifatida qo‘llanilish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mas’uliyati kam charm buyumlari detallarini biriktirish uchun mezdra elimini karbamid-formaldegid qatroni bilan dastlabki turli nisbatlarida modifikatsiyalash jarayoni orqali emulsion lateksli yangi turdagi suvda oson eriydigan elim sintez qilingan va uning asosiy fizik-kimyoviyoy xossalari aniqlangan;
modifikatsiyalangan mezdra tarkibiga kiruvchi mezdra elimining kollagenidagi ion turidagi polipeptid, ionlashgan –gidroksil, -amin guruhlari bilan karbamid-formaldegid qatronidagi faol karbonil guruhi o‘zaro ta’sirlashib, mezdra elimining kollageni va karbamid-formaldegid qatronlari aro vodorod bog‘larini hosil qilishi isbotlangan;
modifikatsiyalangan mezdra elimining adgezion xossalariga plastifikatorlar, to‘ldiruvchilar modifikatsiyalash reaksiya sharoitlari hamda rejimlari, jumladan temperatura, davomiylik va dastlabki ta’sirlashuvchi komponentlarning dastlabki nisbatlarining muhim ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
lazer nurlanishining fizik ta’sirida xromli oshlangan poyabzal ustki qismi, charm tolasi va modifikatsiyalangan elim uchun modifikatsiyalangan mezdra elimining va charm substratining biriktirilgan yuzalarining radiatsion faollashuvi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Charm buyumlari uchun yordamchi adgezivini modifikatsiyalash va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyodan (mezdra elimi, karbamid-formaldegid qatroni, bentonit, gliserin va boshqalar) poyabzal ustki qismi charmini biriktirish uchun modifikatsiyalangan mezdra elimi “O‘zcharmsanoat” uyushmasining “CAUUS SHOES ” va “ELEGANT PODOSHVA CLASS” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida joriy qilingan. Natijada umumiy ravishda poyabzalni elimlash jarayoni uchun ananaviy, import qilinadigan Nairit NT elimi o‘rniga yangi maxalliy, modifikatsiyalangan mezdra elimini qo‘llash imkoniyati yaratilgan hamda mezdra elim tarkibiga 15% to‘ldiruvchi sifatida bentonit kiritilganida modifikatsiyalangan elimning adgeziyasi boshqa to‘ldiruvchilarga nisbatan 20% ga oshirishga erishilgan.