Ziyadullaev Abdusalom Xabibulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartritini 2-tip qandli diabet fonida davolashning klinik-morfologik asoslari” 14.00.02 – Morfologiya; 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4452.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akramov Vohidjon Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamraev Alisher Shaxobovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).  
II. Tadqiqotning maqsadi: 2-tip qandli diabet fonida kechuvchi tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartrit kasalligining davolash natijalarini klinik-morfologik yondashuv asosida yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qandli diabetning 2-tipi fonida kechuvchi tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartriti tog‘ay to‘qimasi matriksida shish, kechki bosqichlarda hujayraviy komponentlar miqdorining kamayganligi, tog‘ay to‘qimasi tarkibida neytral va nordon mukopolisaxarid, glikozaminglikanlar va shilliq moddalar miqdorining oshganligi morfologik va gistokimyoviy usulda asoslangan;
tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartriti qandli diabetning 2 tipi fonida kechishida T- va B-limfotsitlar ishtirokining past darajada ekanligi, T-limfotsitlar ishtiroki 1,26 martaga kam ekanligi, B-limfotsitlar 1,86 martaga hamda proliferativ faollik 1,53 martaga kamayganligi immunogistokimyoviy usulda CD3, CD20 va Ki-67 markyorlarining ekspresiyalanishiga ko‘ra asoslangan; 
ilk bor, qandli diabetning 2 tipi fonida kechuvchi tizza bo‘g‘imining og‘ir darajali natijadorligi past bo‘lgan deformatsiyalovchi osteoartritini davolashda artroskopik debridementlash va selektiv yoki total genikulyar denervatsiyalash amaliyotlarini kompleks qo‘llashga asoslangan takomillashtirilgan kam invaziv operativ davolash usulini ratsional davo sifatida qo‘llanishi, xamda natijadorligi isbotlangan; 
deformatsiyalovchi osteoartrit tashxislangan bemorlarda klinik va rentgenografiya, hamda MRT kabi instrumental tadqiqot usullarining natijalariga qo‘shimcha ravishda qand kasalligi oqibatida tizza bo‘g‘imidagi o‘ziga xos morfologik o‘zgarishlar va qon tarkibidagi qand miqdorini inobatga olgan holda davo taktikasi va usullarini qo‘llash davo natijalarini sezilarli yaxshilanishiga zamin yaratishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartritini 2-tip qandli diabet fonida kechganda tizza bo‘g‘imidagi morfologik o‘zgarishlariga asoslangan holda davo profilaktikasiga yangicha yondashuv yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga ko‘ra:
 birinchi ilmiy yangilik: qandli diabetning 2-tipi fonida kechuvchi tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartritida tog‘ay to‘qimasi matriksida shish, kechki bosqichlarda hujayraviy komponentlar miqdorining kamayganligi, tog‘ay to‘qimasi tarkibida neytral va nordon mukopolisaxarid, glikozaminglikanlar va shilliq moddalar miqdorining oshganligi asoslab berilgan takliflari Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashi  2024  yil 28 oktyabrdagi № 24-m/076-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan  “Tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi  osteoartritini 2-tip qandli diabet fonida kechishida  tizza bo‘g‘imi to‘qima tarkibiy tuzulmalarining morfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini aniqlash usulini muvofiqlashtirish” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha buyruq 12.11.2024 yil. № 48-sondagi  hamda Xorazm viloyat Patologik anatomiya ekspertiza byurosi 12.11.2024 yil  № 88-son buyrug‘i bilan amalyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14/34-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash taktikasi qandli diabetning 2-tipi fonida kechuvchi tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartritida morfologik tekshirish ma’lumotlariga asoslangan tartibida xastalikning o‘ziga xos xususiyatlari kasallikni erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: qandli diabetning 2-tipi fonida kechuvchi tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartritida tog‘ay to‘qimasi tarkibida neytral va nordon mukopolisaxarid, glikozaminglikanlar va shilliq moddalar miqdorining oshganligining morfologik jihatlarining o‘ziga xosligi tashxislashda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bitta tashxis uchun 450000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
    ikkinchi ilmiy yangilik: tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartrit qandli diabetning 2 tipi fonida kechishida T- va B-limfotsitlar ishtirokining past darajada ekanligi, T-limfotsitlar ishtiroki 1,26 martaga kam ekanligi, B-limfotsitlar 1,86 martaga hamda proliferativ faollik 1,53 martaga kamayganligi immunogistokimyoviy usulda CD3, CD20 va Ki-67 markyorlarining ekspresiyalanishiga asoslanib immunogistokimyoviy usulda isbotlab berilgan. Takliflari Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashi 2024 yil 28 oktyabrdagi № 24-m/076-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartritini 2-tip qandli diabet fonida kechishida tizza bo‘g‘imi to‘qima tarkibiy tuzulmalarining morfologik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini aniqlash usulini muvofiqlashtirish” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha buyruq 12.11.2024 yil. № 48 -sondagi  hamda Xorazm viloyat Patologik anatomiya ekspertiza byurosi 12.11.2024 yil  № 88-son buyrug‘i bilan amalyotga joriy kilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14/34-son xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash tartibi deformatsiyalovchi osteoartriti qandli diabetning 2 tipi fonida tizza bo‘g‘imi to‘qima tarkibiy tuzulmalaridagi morfologik, gistokimyoviy va immunogistokimyoviy ma’lumotlari asosida bu kasalliklarning kelib chiqishi, rivojlanishi va klinik-morfologik ahamiyatini baholanganligi kasallikni tashxislash hamda travmatolog va ortoped shifokorlarga samarali davolash taktikasini tanlash imkoni bergan. Iqtisodiy samaradorligi: qandli diabetning 2 tipi fonida deformatsiyalovchi osteoartrit kasalligining o‘ziga xos klinik-morfologik xususiyatlariga  asoslanib tashxislashda immunogistokimyoviy markerlardan foydalanib tashxislash uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bitta tashxis uchun 630000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor, qandli diabetning 2 tipi fonida kechuvchi tizza bo‘g‘imining og‘ir darajali natijadorligi past bo‘lganligi, deformatsiyalovchi osteoartritini davolashda artroskopik debridementlash va selektiv yoki total genikulyar denervatsiyalash amaliyotlarini kompleks qo‘llashga asoslangan takomillashtirilgan kam invaziv operativ davolash usulini ratsional davo sifatida qo‘llanishi va natijadorligi isbotlab berilgan. Takliflari Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashi 2024 yil 28 oktyabrdagi № 24-m/064-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartritini 2-tip qandli diabet fonida kechishida davolash usulini muvofiqlashtirish” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 09.10.2024 yil № 64-son hamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 19.10.2024 yil № 02/710-son buyruq bilan amalyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14/34-son xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan 2-tip qandli diabet fonida tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartritini davolashda artroskopik debridementlash va selektiv yoki total genikulyar denervatsiyalash amaliyotlarini kompleks qo‘llashga asoslangan kam invaziv operativ davolash usulini ratsional davo sifatida qo‘llanishi bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishi, nogironlikning oldini olishga qaratilganligini isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan artroskopik debridementlash va selektiv yoki total genikulyar denervatsiyalash amaliyotini 2-tip qandli diabet fonida tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartritini davolash uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bitta tashxis uchun 525352 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: deformatsiyalovchi osteoartrtrit tashxislangan bemorlarda klinik va rentgenografiya, hamda MRT kabi instrumental tadqiqot usullarining natijalariga qo‘shimcha ravishda qand kasalligi oqibatida tizza bo‘g‘imidagi o‘ziga xos morfologik o‘zgarishlar va qon tarkibidagi qand miqdorini inobatga olgan holda davo usullarini qo‘llash davo natijalarini sezilarli yaxshilanishiga zamin yaratishi isbotlangan. Takliflari Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashi 2024 yil 28 oktyabrdagi № 24-m/064-son ma’lumotnomasi bilan tasdiklangan “Tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartritini 2-tip qandli diabet fonida kechishida davolash usulini muvofiqlashtirish” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 09.10.2024 yil. № 64-son  hamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 19.10.2024 yil. № 02/710-son buyruq bilan amalyotga joriy kilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan qandli diabetning 2 tipi fonida kechuvchi tizza bo‘g‘imining deformatsiyalovchi osteoartritida davolashga morfologik o‘zgarishlar va qon tarkibidagi qand miqdorini inobatga olgan holda kam invaziv operativ davolash usullarini qo‘llash davo natijalarini sezilarli yaxshilanish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: morfologik o‘zgarishlar va qon tarkibidagi qand miqdorini inobatga olgan holda qandli diabetning 2 tipi fonida kechuvchi tizza bo‘g‘imining deformatsiyalovchi osteoartritini davolashda kam invaziv operativ davolash usullarini qo‘llash uchun sarf xarajatlarga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 695000 iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartritini 2-tip qandli diabet fonida davolashning klinik-morfologik asoslari» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2024 yildagi 21- dekabrdagi 04/13015-son xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish