Turg‘unov Bahodir Farhodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kengaytirilgan o‘pka operatsiyalaridan keyin nafas olish terapiyasi taktikasining xususiyatlari», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3243.
Ilmiy raxbar: Ibadov Ravshan Alevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Satvaldieva Elmira Abdusamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sobirov Juraboy Ma’rifbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Professor S.V. Ochapovskiy nomidagi 1-sonli viloyat klinik shifoxonasi» ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqot maqsadi: respirator terapiya taktikasini maqbullashtirish orqali kengaytirilgan o‘pka operatsiyalaridan keyingi bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kengaytirilgan o‘pka jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng erta davrda respirator asoratlarining yuqori uchrash darajasi va ahamiyati ko‘rsatilgan bo‘lib, bu ularning bemorlarning amaliyotdan keyingi holati va tiklanishidagi muhim roli aniqlangan;
optimal darajada saqlash va xavflarni minimallashtirish bilan individuallashtirilgan va moslashuvchan respirator terapiyaga asoslanib kengaytirilgan o‘pka jarrohlik aralashuvlaridan so‘ng erta davrda respirator qo‘llab-quvvatlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
respirator qo‘llab-quvvatlash va intensiv terapiyani tanlashga ta’sir qiluvchi kengaytirilgan o‘pka operatsiyalaridan so‘ng bemorlarda operatsiyadan keyingi o‘pka asoratlarining sabab-oqibat bog‘liqliklari va asosiy prognoz belgilari aniqlangan;
kengaytirilgan xirurgik aralashuvlardan so‘ng bemorlarda qoldiq o‘pka to‘qimalarining oksigenatsiyasini invaziv bo‘lmagan monitoring qilish uchun yaqin infraqizil spektroskopiya imkoniyatlari o‘rganilib, to‘qimalarning regionar oksigenatsiya ko‘rsatkichlari (rSO2) bilan arterial qondagi kislorodning parsial bosimi (rO2) o‘rtasida yuqori darajadagi bog‘liqlik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida kengaytirilgan o‘pka operatsiyalaridan keyingi bemorlarda respirator terapiya taktikasini maqbullashtirish natijasida quyidagi ilmiy ma’lumotlar joriy etilgan:
birinchi ilmiy yangilik: kengaytirilgan o‘pka jarroxlik amaliyotlaridan so‘ng erta davrda respirator asoratlarning yuqori uchrash darajasi va ahamiyati ko‘rsatilgan bo‘lib, bu bemorlarning amaliyotdan keyingi holati va tiklanishdagi muhim roli aniqlangan – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali (07.12.2024 yildagi №291 buyruq) va «Ezgu Niyat» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi MChJ (30.11.2024 yildagi 033-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashi 10.12.2024 yildagi 10/69-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olib borilgan tadqiqotlar natijasida intensiv terapiya sifatining yaxshilanishi amaliyotdan keyingi asoratlar sonini kamaytirishga, bemorlarning umumiy sog‘lig‘ini yaxshilashga va hayot sifatini oshirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kengaytirilgan o‘pka jarroxlik amaliyotidan keyin bemorlarning tiklanishiga ta’sir qiluvchi respirator asoratlarning kamayishi va reanimatsiya bo‘limida o‘rtacha davolanish muddatlarining 2,2 kundan 1,5 kunga qisqarishi hisobidan har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini tejash 898800 so‘mni tashkil etdi («Akad. V.Vaxidov nomli Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi»DM da 1 kunlik reanimatsiya xarajati 1284000 so‘m deb hisoblanganda). Agar har bir bemor uchun tejamkorlik 898800 so‘mni tashkil etsa, yiliga 63 ta keng ko‘lamli o‘pka operatsiyasi uchun iqtisodiy ko‘rsatkich 56624400 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: keng ko‘lamli o‘pka operatsiyalaridan keyin bemorlarning keyingi davrini boshqarish bo‘yicha bilimlarni oshirish, respirator asoratlar xavfi va oqibatlarini baholashni yaxshilash, shuningdek, reanimatsiya bo‘limida o‘rtacha davolanish muddatlarini qisqartirish orqali 1 yil davomida byudjet mablag‘laridan 56624400 so‘m tejashga erishildi;
ikkinchi ilmiy yangilik: optimal darajada saqlash va xavflarni minimallashtirish bilan individuallashtirilgan va moslashuvchan respirator terapiyaga asoslanib kengaytirilgan o‘pka jarrohlik aralashuvlaridan so‘ng erta davrda respirator qo‘llab-quvvatlash algoritmlari ishlab chiqilgan – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali (07.12.2024 yildagi №291 buyruq) va «Ezgu Niyat» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi MChJ (30.11.2024 yildagi 033-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashi 10.12.2024 yildagi 10/69-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: keng ko‘lamli o‘pka jarrohlik aralashuvlaridan so‘ng bemorlarni boshqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmlardan foydalanish gipoksiya xavfini minimallashtirish, bemorlarning tiklanishini tezlashtirish, statsionarda qolish muddatini va qo‘shimcha aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: keng ko‘lamli o‘pka jarrohlik aralashuvlaridan so‘ng bemorlarda respirator qo‘llab-quvvatlash algoritmlarini optimallashtirish va sun’iy nafas oldirish o‘rtacha muddatlarini 14,2 soatdan 9,4 soatga qisqartirish hisobidan har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini tejash 256800 so‘mni tashkil etgan («akad. V.Vaxidov nomli Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi»DMda 1 kunlik reanimatsiya xarajati 1284000 so‘m deb hisoblanganda). Agar har bir bemor uchun tejamkorlik 256800 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, yiliga 63 ta keng ko‘lamli o‘pka operatsiyasi uchun iqtisodiy ko‘rsatkich 16178400 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: keng ko‘lamli o‘pka jarrohlik aralashuvlaridan so‘ng, bemorlarda respirator qo‘llab-quvvatlash algoritmlarini optimallashtirish 1 yilda 16178400 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: respirator davolash va intensiv terapiyani tanlashga ta’sir qiluvchi kengaytirilgan o‘pka operatsiyalaridan so‘ng bemorlarda operatsiyadan keyingi o‘pka asoratlarining sabab-oqibat bog‘liqliklari va asosiy prognoz belgilari aniqlangan – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali (07.12.2024 yildagi №291 buyruq) va «Ezgu Niyat» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi MChJ (30.11.2024 yildagi 033-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashi 10.12.2024 yildagi 10/69-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: amaliyotdan keyingi o‘pka asoratlarining sabab-oqibat aloqalarini aniqlash asosida respirator qo‘llab-quvvatlashni qo‘llash bemorlarga jarroxlikdan keyingi davolash samaradorligini oshirish, ularning klinik natijalarini yaxshilash, tezroq tiklanish va normal ijtimoiy hamda mehnat faoliyatiga qaytishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kengaytirilgan o‘pka jarrohlik amaliyotlaridan keyingi davrda bemorlarda asoratlar rivojlanishining aniq belgilarini baholash asosida, dori-darmon bilan davolash protokollarini yaxshilash orqali har bir bemor uchun qo‘shimcha xarajatlarni 540760 so‘mga qisqartirishga erishilgan. Agar har bir bemor uchun tejamkorlik 540760 so‘mni tashkil etsa, yiliga 63 ta kengaytirilgan o‘pka jarroxlik amaliyotlari uchun iqtisodiy ko‘rsatkich 34067880 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: kengaytirilgan o‘pka jarroxlik amaliyotlaridan so‘ng bemorlarda jarroxlikdan keyingi respirator asoratlarni davolash uchun intensiv terapiyaning optimal taktikasi aniqlanishi va statsionar davolashda qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish respirator asoratlarning oldini olish, hamda 1 yilda 34067880 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kengaytirilgan jarroxlik aralashuvlaridan so‘ng, bemorlarda qoldiq o‘pka to‘qimalarining oksigenatsiyasini invaziv bo‘lmagan monitoring qilish uchun yaqin infraqizil spektroskopiya imkoniyatlari o‘rganilib, to‘qimalarning regionar oksigenatsiya ko‘rsatkichlari (rSO2) bilan arterial qondagi kislorodning parsial bosimi (rO2) o‘rtasida yuqori darajadagi bog‘liqlik aniqlangan - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali (07.12.2024 yildagi №291 buyruq) va «Ezgu Niyat» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi MChJ (30.11.2024 yildagi 033-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashi 10.12.2024 yildagi 10/69-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kengaytirilgan o‘pka jarroxlik amaliyotlaridan so‘ng, bemorlarda o‘pka to‘qimasining oksigenatsiyasini noinvaziv monitoring qilish uchun yaqin infraqizil spektroskopiya qo‘llanilishi respirator qo‘llab-quvvatlashni to‘g‘rilashga, oksigenatsiya buzilishi bilan bog‘liq asoratlarning oldini olishga va bemorning tiklanishini tezlashtirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: kengaytirilgan o‘pka jarroxlik amaliyotlaridan so‘ng bemorlarda qolgan o‘pka to‘qimasining oksigenatsiyasini noinvaziv monitoring qilish imkoniyatlarini kengaytirish va respirator asoratlarda mexanik ventilyasiyani samarali qo‘llash orqali operatsiyadan keyingi davrda arterial qonning gaz tarkibini laborator tashxis qilish uchun qo‘shimcha xarajatlar 1 bemorga 1616000 so‘mga qisqartirilgan («Akad. V.Vaxidov nomli Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi»DMda qonning kislotali muhitini tahlil qilish narxi 260000 so‘m deb hisoblanganda). Agar har bir bemor uchun tejamkorlik 1616000 so‘m bo‘lsa, yiliga 9 ta asoratli holat uchun iqtisodiy ko‘rsatkich 14544000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: kengaytirilgan o‘pka jarroxlik amaliyotlaridan so‘ng, bemorlarda yaqin infraqizil spektroskopiya (NIRS-lung) qo‘llash orqali oksigenatsiya buzilishlarini samarali to‘g‘rilash, hamda arterial qonning gaz tarkibini laborator tashxis qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish 1 yilda 14544000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.