Muradova Dilafruz Kadirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori nitrillarning katalitik sintezi», 02.00.04–Fizik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/K91.

Ilmiy rahbar: Muxamadiev Nurali Qurbonalievich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.02.2018.K.02.05.

Rasmiy opponentlar: Yunusov Miraxmat Po‘latovich, kimyo fanlari doktori, professor; Eshmamatova Nodira Baxromovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida C15-C16 uglerod  atomlari tutgan alifatik spirtlarni ammiak bilan katalitik sianlash reaksiyasining borishini  termodinamik va kinetik jixatdan baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

haroratning katta intervali va boshlang‘ich moddalarning turli nisbatlari uchun C15-C16 alifatik spirtlardan nitrillarni sintez qilish reaksiyasi borishi termodinamik jihatdan asoslangan;

C15-C16 alifatik spirtlarning ammiak bilan sianlash reaksiyasida turli usullarda olingan sanoat va laboratoriya katalizatorlarining katalitik faolligi baholangan va yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan katalizator sifatida NTK-4 tanlangan;

yuqori molekulyar spirtlarni katalitik sianlash reaksiyasining makrokinetikasi baholangan va kinetik soxasi gaz oqimning tezligi 2,7 sm/sek.dan katta  va katalizator o‘lchami 0,5–3,0 mm oralig‘ida yotishi isbotlangan;

differensial reaktor sharoitida boshlang‘ich va reaksiya maxsulotlari parsial bosimlari o‘zgarishi xisobiga  reaksiyaning kinetikasi baholangan va yuqori molekulyar nitrillarni sintez qilish sharoitlari maqbullashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Yuqori nitrillarning katalitik sintezi bo‘yicha olingan natijalar asosida:

pentadesilonitril «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJda tabiiy gazni nordon komponentlar (N2S va CO2)dan tozalashda ko‘pik so‘ndiruvchi sifatida amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2018 yil 1 noyabrdagi 897-TS/-11-02-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘pik so‘ndiruvchi sifatida pentadesilonitrilning qo‘llanilishi tabiiy gazni nordon komponentlar (N2S va CO2)dan tozalash sifatini 10–12% ga yaxshilash imkonini bergan;

pentadesilonitril sirt faol modda sifatida «Diamond Glass» O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan («Diamond Glass» O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasining 2018 yil 23 avgustdagi 56-son ma’lumotnomasi). Natijada sirt faol modda sifatida pentadesilonitrilning qo‘llanilishi shisha buyumlarni yuvish samaradorligini 12 %ga oshirish va mahalliy xomashyodan foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish