Boboeva Nigora To‘xtamishevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Chaqaloqlar cho‘zilgan giperbilirubinemiyasida metabolik status va yallig‘lanish markerlari”, 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1083. 
Ilmiy raxbar: Abdullaeva Muhiba Nigmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01 
Rasmiy opponentlar: Sharipov Rustam Xayitovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Turdieva Shoxida Tulkunovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chaqaloqlar cho‘zilgan giperbilirubinemiyasida metabolik status va yallig‘lanish markerlarini o‘rganish hamda Levokarnitin va Cynara scolymus preparatlari yordamida davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chaqaloqlar cho‘zilgan giperbilirubinemiyasida yallig‘lanish markerlaridan prokal`sitonin RST-Q, S-reaktiv oqsil va metabolik status o‘rtasidagi munosabatlarning patogenetik tabiati aniqlangan;
chaqaloqlar cho‘zilgan giperbilirubinemiyasida yallig‘lanish mavjudligini aniqlash maqsadida prokal`sitonin RST-Q, va S-reaktiv oqsillarning miqdori differensial diagnostik mezonlari sifatida qo‘llanilishi asoslangan;
ilk bor chaqaloqlar cho‘zilgan giperbilirubinemiyasida bilirubin, oqsil va S-reaktiv oqsili bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri musbat korrelyasion bog‘liqlik aniklangan (r=0,39-0,54) va uning diagnostik samaradorligi isbotlangan;
chaqaloqlar cho‘zilgan giperbilirubinemiyasida metabolik o‘zgarishlarni kompleks davolashda Levokarnitin i Cynara scolymus dori vositasini qo‘llash orqali davo samaradorligi oshganligi qon zardobida bilirubin miqdorini 57,65%ga kamayishi; glyukoza, kal`siy, magniy miqdorlarini ko‘payishi aniqlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chaqaloqlar cho‘zilgan giperbilirubinemiyasida metabolik status va yallig‘lanish markerlari diagnostikasi va davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: chaqaloqlar cho‘zilgan giperbilirubinemiyasida yallig‘lanish markerlaridan prokal`sitonin RST-Q, S-reaktiv oqsil va metabolik status o‘rtasidagi munosabatlarning patogenetik tabiati aniqlangan va bular bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish Bo‘limining 2021 yil 7 apreldagi №8 p-r/625-soni bilan tasdiqlangan “Chaqaloqlar cho‘zilgan giperbilirubinemiyasining patogenetik komponentlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.04.2024 yil 148-4 TB/2024-sonli va Jizzax viloyati Zafarobod tuman markaziy kasalxonasi 25.11.2020 yil 23-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvar` 11/43-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: uzoq vaqt davom etgan neonatal giperbilirubinemiyada yallig‘lanish markerlari va metabolik status o‘rtasidagi munosabatlarning tabiatini aniqlash, jarayonni rivojlanishida diagnostik marker sifatida qo‘llanildi. Iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash uchun diagnozdan kelib chiqgan holda bemorlar 1,2,3 guruhlarga bo‘lindi va shu guruhlar uchun davolash metodikasi ishlab chiqildi. Shunday qilib, barcha zarur tibbiy va hamshiralik muolajalarini hicobga olgan holda bitta chaqaloqni shifoxonada davolashning umumiy qiymati 296000 sum mablag‘ iqtisod kilindi.
ikkinchi ilmiy yangilik: chaqaloqlar cho‘zilgan giperbilirubinemiyasida yallig‘lanish mavjudligini aniqlash maqsadida prokal`sitonin RST-Q, va S-reaktiv oqsillarning miqdori differensial diagnostik mezonlari sifatida qo‘llanilishi asoslangan va bular bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish Bo‘limining 2021 yil 7 apreldagi №8 p-r/625-soni bilan tasdiqlangan “Chaqaloqlar cho‘zilgan giperbilirubinemiyasining patogenetik komponentlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.04.2024 yil 148-4 TB/2024-sonli va Jizzax viloyati Zafarobod tuman markaziy kasalxonasi 25.11.2020 yil 23-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni  saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvar` 11/43-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: chaqaloqlar cho‘zilgan sariqliklarida PCT-Q test tizimidan foydalanish jarayonda yallig‘lanish markerlari bo‘lmish prokalsitoninning miqdori yallig‘lanishdan nechog‘li darak berishi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: PCT-Q testini ishlatish orqali bir nafar chaqaloqga nisbatan 42000 so‘mni o‘rtacha 50 % miqdorda mablag‘ni tejash orqali iqtisodiy samaradorlikga erishiladi. 
 uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor chaqaloqlar cho‘zilgan giperbilirubinemiyasida bilirubin, oqsil va S-reaktiv oqsili bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri musbat korrelyasion bog‘liqlik aniklangan (r=0,39-0,54) va uning diagnostik samaradorligi isbotlangan. Mazkur takliflar bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish Bo‘limining 2021 yil 7 apreldagi №8 p-r/638 -soni bilan tasdiqlangan “Chaqaloqlar cho‘zilgan sariqliklarida diagnostik va davolash taktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.04.2024 yil 148-4 TB/2024-sonli va Jizzax viloyati Zafarobod tuman markaziy kasalxonasi 25.11.2020 yil 23-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvar` 11/43-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: chaqaloqlar cho‘zilgan giperbilirubinemiyasida yallig‘lanish oqsillari C-reaktiv oqsil (CR-O) va prokalsitonin (PCT-Q) faolligining patogenetik roli aniqlanishi orqali neonatal giperbilirubinemiyada yallig‘lanish va virusli omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: cho‘zilgan giperbilirubinemiya kuzatilgan chaqaloqlarda yallig‘lanish oqsillari CR-O va PCT-Q tahliliga aniqlash orqali har uchala guruh uchun umumiy miqdorda 354572 so‘m xarajat qilinadi. Biroq uchinchi guruhning 1 nafar chaqalog‘iga 94512 xarajat qilingan holda umumiy hisobda 207548 so‘m miqdordagi oila mablag‘ini tejashga erishdik. Nazorat guruhimiz tarkibidagi 50 nafar chaqaloqlarga esa jami 10377400 so‘m miqdorni tashkil etadi. Cho‘zilgan neonatal giperbilirubinemiya mavjud chaqaloqlarda diagnostik usullarni yaxshilash maqsadida 1 nafar bemorning 1 kuni hisobiga byudjet mablag‘larini 10377400 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: chaqaloqlar cho‘zilgan giperbilirubinemiyasida metabolik o‘zgarishlarni kompleks davolashda Levokarnitin i Cynara scolymus dori vositasini qo‘llash orqali davo samaradorligi oshganligi qon zardobida bilirubin miqdorini 57,65 %ga kamayishi; glyukoza, kal`siy, magniy miqdorlarini ko‘payishi aniqlangan. Mazkur takliflar bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish Bo‘limining 2021 yil 7 apreldagi №8 p-r/638 -soni bilan tasdiqlangan “Chaqaloqlar cho‘zilgan sariqliklarida diagnostik va davolash taktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.04.2024 yil 148-4 TB/2024-sonli va Jizzax viloyati Zafarobod tuman markaziy kasalxonasi 25.11.2020 yil 23-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvar` 11/43-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: chaqaloqlar cho‘zilgan giperbilirubinemiyasida chaqaloqlar organizmida metabolik va yallig‘lanish markerlari nechog‘li klinik ifodalanishiga qarab klinik amaliyotda Levokarnitin va Cynara scolymus kompleks terapiyada asoslab berilgan, klinik samaradorligiga erishilganligi metabolik o‘zgarishlar va yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini normaga kelishi metabolik status tiklanishini ta’minlagan. Oqibatda yallig‘lanish markerlarini yo‘qolishiga, metabolik statusni tiklanishiga, klinik sog‘ayishiga va metabolik o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘lim ko‘rsatkichi va nogironlikni oldini olishga asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: cho‘zilgan giperbilirubinemiya kuzatilgan chaqaloqlarni shifoxonaga qolish muddati uch kungacha qisqartirilgan, har bir bemorga o‘rtacha koyka kunlar soni 3,54 kunni tashkil qilgan. Mazkur davolash usulni birgalikda qo‘llash 1 nafar bemorning 1 kuni hisobiga byudjet mablag‘larini 112700000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish