To‘lakov Nurilla Qosimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ferrotsenkarbon va aminobenzoy kislotalar asosida biologik faol birikmalar olish hamda ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/K203. 
Ilmiy maslahatchi: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat univarsiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Shavkat Voxidovich, kimyo fanlari doktori, professor, Abduganiev Baxtiyorjon Yormuxammatovich, kimyo fanlari doktori, dotsent, To‘raev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ferrotsenkarbon va o-, m-, p-aminobenzoy kislotalar asosida yangi turdagi biologik faol birikmalar sintez qilish, hamda ularning ayrim ishqoriy metallar ionlari tutuvchi hosilarini olish, olingan birikmalarni fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash, hamda kimyoviy tarkibi asosida sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor diazotilash reaksiyasi natijasida ferrotsenkarbon va aminobenzoy kislotalar asosida dialmashingan o -, m-, p-(2’-karboksiferrotsenil)benzoy sintez qilingan;
ferrotsenkarbon va aminobenzoy kislotalar orasidagi o -, m-, p-(2’-karboksiferrotsenil)benzoy kislotalar hosil bo‘lish reaksiyalarining amalda sodir bo‘lish mexanizmlari nazariy kvant-kimyoviy hisoblash metodi yordamida isbotlangan;
sintez qilibgan ferrotsenkarbon va aminobenzoy kislotalar yangi hosilalarining tarkibi, tuzilishi va xossalari kvant-kimyoviy hisoblash, yupqa qatlamli va ustunli xromatografiya, potensiometrik titrlash, YaMR-, IQ-spektroskopiya, mass-spektrometriya metodlari yordamida aniqlangan; 
olingan yangi moddalarning suvda eruvchan tuzlari chigitning unib
chiqishi va g‘o‘zaning kompleks rivojlanishiga ijobiy ta’sir etib, paxta
hosildorligini oshirish xususiyati laboratoriya va dala sharoitida isbotlangan; 
ferrotsenkarbon va aminobenzoy kislotalar asosida sintez qilingan birikmalarga hamda ular asosida ishlab chiqilgan biostimulyatorlarga kimyoviy tarkibi asosida yangi xalqaro tovar kod raqamlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ferrotsenkarbon kislotaning aminobenzoy kislota izomerlari bilan hosilalarini sintez qilish va ularni kimyoviy tarkibidan kelib chiqib sinflash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ferrotsenkarbon kislota va p-aminobezoy kislota asosida sintez qilingan yangi organik birikma tovar sifatida sinflanib, unga tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovalar nomenklaturasi bo‘yicha quyidagicha: “ferrotsenkarbon kislotaning aromatik kislota qoldiqlari tutgan birikmalari” uchun – 2942 10 100 1 yangi tovar kod raqami ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2024 yil 4- dekabrdagi 17/0524-2129-son ma’lumotnomasi). Natijada, “ferrotsenkarbon kislotaning aromatik kislota qoldiqlari tutgan birikmalari” ni sinflash imkonini bergan;
ferrotsenkarbon kislotaning hosilasi hisoblanadigan “And-AT” biostimulyatorini qo‘llash texnologiyasi Andijon viloyatida jami 347 gektar g‘o‘za maydonlariga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27 sentyabrdagi 22-05/4951-son ma’lumotnomasi). Natijada, biostimulyator bilan ishlov berilgan g‘o‘za maydonlarida gektaridan qo‘shimcha 4,4-4,5 s hosil olish imkonini bergan;
ferrotsenkarbon va aminobenzoy kislotalari asosida sintez qilingan biostimulyator xossasiga ega biologik faol hosilalari tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovalar nomenklaturasi bo‘yicha sinflanib, ularga 3808 93 900 5 yangi tovar kod raqami ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 29 yanvardagi 1/16-039-son ma’lumotnomasi). Natijada ferrotsenkarbon kislotasining suvda eruvchan aromatik hosilasini kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish