Davlyatov Azizbek Abdikasimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Olxo‘ri danaklaridan presslab moy olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T3044.
Ilmiy rahbar: Xudayberdiev Absalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Abduraximov Axror Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor; Narziev Mirzo Sayidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: olxo‘ri danaklaridan presslab moy olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy olxo‘ri navlari mag‘zi va moyining fizik-kimyoviy, reologik va termofizik xossa ko‘rsatkichlari aniqlangan;
olxo‘ri mag‘zini suv bug‘i bilan namlash natijasida uning yadrosida zich joylashgan moylarning 83,21 % qismi uning sirt yuzasi tomon siljishi aniqlangan;
olxo‘ri mag‘zidan presslab moy olish unumdorligiga a ta’sir etuvchi texnologik parametrlar - mag‘iz namligi w, presslash harorati t va davomiyligi τ ning optimal qiymatlari aniqlangan: sovuq presslash uslubida w = 11,5 %, t = 45 oS va τ = 60 min bo‘lganda a = 52,9 %; issiq presslash uslubida esa w = 11,5 %, t = 80 oS va τ = 60 min bo‘lganda a = 55,3 %; ushbu texnologik parametrlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni ifodalovchi empirik tenglamalar olingan;
olxo‘ri moyini suv bilan ekstraksiyalash jarayonida uning tarkibidagi amigdalin glikozidi miqdori 1,59 % dan 0,09 % gacha kamayishi aniqlangan;
amigdalin glikozididan tozalangan olxo‘ri moyi olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olxo‘ri danaklaridan presslab moy olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
olxo‘ri danagi mag‘zidan presslash usulida moy olish texnologiyasi Farg‘ona viloyatidagi “Muslim Oil” MChJ va “Uchqo‘rg‘on-yog‘” AJ korxonalarining forpress sexlarida sanoat sinovlaridan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari Uyushmasining 2024 yil 13 sentyabrdagi KC/3-306- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, optimal namligi w = 11,5 % bo‘lgan mag‘izdan t = 45 oC haroratda presslab a = 47,9 % miqdorda sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha Davlat standartlari talablariga to‘liq mos keluvchi olxo‘ri moyi olish imkoniyati yaratilgan;
olxo‘ri danagi mag‘zidan presslash usulida moy olish texnologiyasi va moy tarkibidan amigdalin moddasini ajratib olish uslubi “Uchqo‘rg‘on-yog‘” AJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari Uyushmasining 2024 yil 13 sentyabrdagi KC/3-306- sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida amigdalin miqdori 1,59 % dan 0,09 % gacha kamaytirilgan, to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalari nisbati 38,3:61,7 bo‘lgan, fizik-kimyoviy va organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha Davlat standartlari talablariga to‘liq javob beruvchi olxo‘ri moyi olish imkonini bergan.