Umarov Akmal Akparalievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Arrali jinlash texnologiyasini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish” 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/T372
Ilmiy maslahatchi: Axmedxodjaev Xamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti, Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Davlat Mustafaevich, t.f.d., professor, Murodov Rustam Muradovich, t.f.d., professor, Djamolov Rustam Kamolidinovich, t.f.d., professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: arrali jinning samaradorligini oshirish va xomashyo valigi zichligini optimallashtirish orqali energiya tejamkorligini ta’minlash va paxta tolasi sifatini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrali jin ishchi kamerasidagi xomashyo valigi optimal zichlik darajasini ta’minlovchi yangi nazariy modellari ishlab chiqilgan, hamda taklif etilayotgan tezlatkichlarning mustahkamlik va tebranish parametrlarini hisoblash orqali ularning samaradorligi oshirilgan;
tezlatkich elektromotorining tok kuchi va arrali jin xomashyo valigining zichligiga bogʻliqligi asosida tezlatkich elektromotori tok kuchining ratsional parametrlari aniqlangan;
tezlatkich elektromotori tok kuchiga koʻra arrali jinga xomashyo uzatish miqdorini boshqaruvchi texnologiya ishlab chiqilgan va arrali jin ishchi kamerasidagi xomashyo valigi zichligiga bogʻliq holda xomashyo bilan taʼminlashning avtomatik rostlash uskunasi yaratilgan;
xomashyo valigining arrali silindr taʼsiridagi holatlarini modellashtirish orqali arrali silindr tezligini boshqarish usuli yaratilgan, hamda arra diametri, aylanish chastotasi va mashina unumdorligiga bogʻliqligi asosida silindr aylanish chastotasini avtomatik rostlash uskunasi yaratilgan;
ishchi kamerani koʻtarish-tushirish uchun zarur kuchning oʻzgarish dinamikasi aniqlangan va energiyani tejash maqsadida pnevmotsilindrni staninaga optimal oʻrnatish joyi aniqlangan, hamda xomashyo valigi zichligini optimal darajada saqlash uchun pnevmatik yuritma asosida koʻtarish-tushirish qurilmasi takomillashtirilgan;
arrali jinlar batareyasida tola echishda havo oqimining taqsimlanishini boshqarish va pnevmatik tizimlarning optimallashtirish usullari ishlab chiqilgan va arrali jinlar batareyasida havo oqimini rostlash orqali tolani echish jarayonini avtomatlashtirish imkoniyati aniqlangan;
tola echish jarayonida havo oqimi tezligi va bosimining ratsional parametrlari aniqlangan, hamda markaziy havo quvuridagi statik bosimga koʻra havo oqimini boshqaradigan tola echish pnevmotizimi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arrali jinlash texnologiyasini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan arrali jin konstruksiyasiga (“Arrali jin”, №FAP 02307); arrali jin ishchi kamerasi konstruksiyasiga (“Arrali jin ishchi kamerasi”, №FAP 2413); arrali jin konstruksiyasiga (“Arrali jin”, №FAP 02354); avtomatik rostlanuvchi ishchi kamerasi konstruksiyasiga (“Avtomatik rostlanuvchi ishchi kamera”, №FAP 02013); arrali jinlarning pnevmatik tizimi konstruksiyasiga (“Arrali jinlarning pnevmatik tizimi”, №FAP 2580) foydali modellarga patentlar olingan;
Takomillashtirilgan va samaradorligi oshirilgan arrali jinlash texnologiyasi “Namangan To‘qimachi cluster” MChJ ga qarashli “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etildi (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2024 yil 10 yanvardagi 02/22-19 son ma’lumotnomasi). Natijada, jin mashinasi ishchi kamerasida xomashyo valigi zichligining bir xilda ushlanishi, tiqilishlarni oldi olinishi, tola echishda havo sarfi qisqarishi hisobiga tola bo‘yicha jinlash unumdorligi o‘rtacha 10% ga ortgan, jinlashdan so‘ng tolaning nuqson va iflos aralashmalar yig‘indisi 0,9 % ga, chigitning mexanik shikastlanishini 0,8 % ga, arrali jinlar batareyasi tola echish tizimining elektroenergiya sarfi mavjud tizim elektroenergiya sarfidan 10 % ga kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish