Raximqulova Sarvinoz Abdurashid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy kostyum bo‘yicha ma’lumotlarni tizimlashtirish va dekorativ elementlarini qo‘llash usullarini takomillashtirish (Surxondaryo liboslari misolida)” 05.06.04-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T3498
Ilmiy rahbar: Raxmatullaeva Umida Saydazimovna, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.10.2021.T.101.03 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Negmatova Fatima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professori; Po‘latova Saboxat Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo milliy kostyumi va tarixiy bezak buyumlarini tizimilashtirish asosida zamonaviy kostyumni loyihalash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo ayollari milliy liboslarida keng foydalanilgan dekorativ-amaliy san’at obekti bo‘lgan bezak taqinchoqlar tizimlashtirilgan va uning sanab to‘qish usuli ishlab chiqilgan;
ilk marta Surxondaryo ayollari taqinchoqlari va aksessuarlari (shu jumladan, noyob tarixiy namunalar), to‘plamlari va naqshlari an’anaviy xalq kostyumi tarkibida va kompozision echimlar, me’moriy-tektonik qonuniyatlar ishlab chiqilgan;
bezak taqinchoqlari ipli strukturasiga kuchlanishli deformasiya ta’sir darajasini aniqlash asosida ularning to‘qish usullari takomillashtirilgan va sifatini ekspert baholash usullarini qo‘llab ahamiyatliligi aniqlangan;
milliy bezak elementlari qo‘llangan zamonaviy ko‘ylakning qomatda o‘rnashuviga va konstruksiya barqarorligiga ta’sir etuvchi bezak og‘irligi, mato yuza zichligi hamda ko‘krak aylanasi yarim o‘lchamining ratsional parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. An’anaviy zargarlik buyumlarini va bezaklarini zamonaviy yangitdan yangi hayot berishning modifikasiyalanish usullarini ishlab chiqishni hamda ularni zamonaviy liboslarda bezak elementlari sifatida qo‘llash bo‘yicha olinadigan natijalari asosida:
ushbu dasturiy ta’minotni joriy etish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlar samaradorligi oshdi, yaratilgan buyumni dekorativ elementlari bilan bezash uchun taklif etilgan yangi sxemalari, dasturiy ta’minotlari “DREAM SILK” MChJ korxonasi hamda “Hunarmandlar uyushmasi” da ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zipaksanoat” uyushmasining 2023 yil 20-noyabrdagi №5-2/1854-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tikuv va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sifati, dekorativ elementli mahsulotlar ishlab chiqarish salohiyati samaradorligi 9,9 % ga oshishiga erishilgan.