Ishmanova Dinora Nurmamad qizining
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Nodavlat oliy ta’lim muassalarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda venchur fondlarini tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” va 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.I.DSc/Iqt817
Ilmiy maslahatchi: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Akrom Abdievech iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Sherov Akrov Bekberganovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Alfraganus universiteti
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nodavlat oliy ta’lim muassasalarida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda venchur fondlarini tashkil etish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nodavlat oliy ta’lim muassasalarida spin-off mexanizmidan foydalanish orqali tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, xususan biznes reja tuzish, investor va aksiyadorlarni jalb qilish, boshqaruv jarayonini monitoring qilish, konsalting xizmatlarini kengaytirish hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga yo‘naltirilgan kompleks model taklif etilgan;
nodavlat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasini ta'minlashda ta'lim klasterlaridan foydalanish orqali universitetning tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish modeli taklif etilgan;
tadbirkorlik universitetlarini shakllantirish jarayonida oliy ta’lim muassasasining iqtisodiy va innovatsion salohiyatini kompleks baholash va uning asosida innovatsion tovarlar, ishlar hamda xizmatlar hajmini aniqlashga xizmat qiluvchi matematik model taklif etilgan;
O‘zbekiston sharoitida nodavlat oliy ta’lim muassasalarining tadbirkorlik ekotizimidagi ishtirokini kuchaytirish, innovatsion g‘oyalarni moliyalashtirish va ularni tijoratlashtirish jarayonini qo‘llab-quvvatlashda venchur fondlari faoliyatini ta’lim, ilm-fan va biznes sohalari bilan uyg‘unlashtirgan Integratsiyalashgan Venchur Fondi Modeli taklif etilgan;
nodavlat oliy ta’lim muassasalarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish doirasida turli ta’sischilar manfaatlari va tijorat tamoyillarini inobatga olgan holda venchur fondlarini samarali tashkil etish va boshqarishning tashkiliy hamda moliyaviy mexanizmlarini qamrab oluvchi kompleks metodologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nodavlat oliy ta’lim muassalarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda venchur fondlarini tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
nodavlat oliy ta’lim muassasalarida spin-off mexanizmidan foydalanish orqali tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, xususan biznes reja tuzish, investor va aksiyadorlarni jalb qilish, boshqaruv jarayonini monitoring qilish, konsalting xizmatlarini kengaytirish hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga yo‘naltirilgan kompleks model taklifi 2020-yil 24-iyundagi “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-630-son Qonunning 29-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan, hamda Millat Umidi universitetining 2025-2030 yilgacha rivojlantirishning strategik rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 7 maydagi 03q/du-3-sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 06-maydagi 03/031290-son ma’lumot-nomasi). Natijada, ta’sischilarga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda tadbirkorlik faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini belgilovchi hamda asosiy e’tiborni tashkiliy-huquqiy tavsivga asoslangan respublikamizning oliy ta’lim muassasalari strategiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
nodavlat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasini ta'minlashda ta'lim klasterlaridan foydalanish orqali universitetning tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish modeliga doir taklifi 2024 yil 7 sentyabrdagi “Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-957-son Qonun bilan “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-630-son Qonunning 32-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ishlab chiqishda foydalanilgan, shuningdek, Millat Umidi universitetining “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda ham foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 7 maydagi 03q/du-3-sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 06-maydagi 03/031290-son ma’lumot-nomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida ta’lim klasterlaridan foydalanish orqali ularning tadbirkorlik faoliyati takomillashtirilgan, xususan, Millat Umidi universitetida ushbu klasterlaridan foydalanish orqali qamrovni 25 foizga oshirishga erishilgan;
tadbirkorlik universitetlarini shakllantirish jarayonida oliy ta’lim muassasasining iqtisodiy va innovatsion salohiyatini kompleks baholash va uning asosida innovatsion tovarlar, ishlar hamda xizmatlar hajmini aniqlashga xizmat qiluvchi matematik model taklifi 2025-yil 7-fevraldagi “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1025-son Qonun bilan “ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 66-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ishlab chiqishda foydalanilgan, shuningdek, Millat Umidi universitetining 2025-2030 yilgacha rivojlantirishning strategik rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 7 maydagi 03q/du-3-sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 06-maydagi 03/031290-son ma’lumot-nomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy va innovatsion salohiyatini tizimli asosda tahlil qilish, tadbirkorlik universitetlarini shakllantirishda strategik rejalashtirish va boshqaruv samaradorligi oshish, ularning bozor talablariga mos innovatsion mahsulotlar, xizmatlar va ishlanmalar hajmini ilmiy yondashuv asosida prognozlash imkoniyati yuzaga kelib, Millat Umidi universiteti amaliyotida joriy etildi va 2025 yilda tadbirkorlik salohiyati 10 foizga oshishi prognoz qilingan;
O‘zbekiston sharoitida nodavlat oliy ta’lim muassasalarining tadbirkorlik ekotizimidagi ishtirokini kuchaytirish, innovatsion g‘oyalarni moliyalashtirish va ularni tijoratlashtirish jarayonini qo‘llab-quvvatlashda venchur fondlari faoliyatini ta’lim, ilm-fan va biznes sohalari bilan uyg‘unlashtirgan Integratsiyalashgan Venchur Fondi Modeli taklifi 2024-yil 27-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga “Oliy ta’lim muassasalari va ularning qoshida “spin-off” tajriba ishlab chiqarish korxonalarini samarali tashkil etish borasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida”gi 4796-IV-son qarorini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 7 maydagi 03q/du-3-sonli dalolatnomasi). Narijada, O‘zbekiston sharoitida nodavlat oliy ta’lim muassasalarining venchur fondlari orqali tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish uchun Integratsiyalashgan Venchur Fondi Modelini joriy qilish orqali jami universitetning biznes va moliya yo‘nalishi talabalarining 85 foizini ish bilan ta’minlashga erishilgan;
nodavlat oliy ta’lim muassasalarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish doirasida turli ta’sischilar manfaatlari va tijorat tamoyillarini inobatga olgan holda venchur fondlarini samarali tashkil etish va boshqarishning tashkiliy hamda moliyaviy mexanizmlarini qamrab oluvchi kompleks metodologiyaga doir taklifi 2024-yil 27-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga “Oliy ta’lim muassasalari va ularning qoshida “spin-off” tajriba ishlab chiqarish korxonalarini samarali tashkil etish borasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining parlament so‘rovini yuborish haqida”gi 4796-IV-son qarorini shakllantirishda foydalanilgan, shuningdek, Millat Umidi universitetining 2025-2030 yilgacha rivojlantirishning strategik rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 7 maydagi 03q/du-3-sonli dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 06-maydagi 03/031290-son ma’lumot-nomasi). Natijada, nodavlat oliy ta’lim muassasalarining tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishda venchur fondlari orqali turli ta’sischilar manfaatlarini muvofiqlashtirish va tijorat tamoyillarini samarali qo‘llash imkoniyati yaratilib, shu orqali ushbu muassasalar innovatsion loyihalarni amalga oshirish va iqtisodiy salohiyatini oshirishda barqaror va tizimli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimi shakllantirilgan, hamda Millat Umidi universitetida 2024-2025 o‘quv yilida ta’lim xizmatlari exporti hajmini 186 mln.so‘mga oshirishga erishilgan.