Mirzajonov Jamshid Qahorjon o‘g‘lining 
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim talabalarining metakompetentligini rivojlantirish metodikasi (ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4800
Ilmiy rahbar: Siddiqov Ilyosjon Baxromovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Kazieva Turgunoy Tursunbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yunusova Manzura Pazliddinovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalarining metakompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“metakompetentlik” tushunchasini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi mezonlarning o‘zaro bog‘liqlik darajasini belgilovchi kasbiy refleksiya ko‘rsatkichlari ijtimoiy-kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmunini talabalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishni prognozlash va jamlash, optimal mantiqiy o‘quv xarakatlarining “SOFT SKILLS” va “META SKILLS” kompetensiyalarini integrativ o‘quv-didaktik modeliga ko‘ra ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalarining metakompetentligini rivojlantirishning metodik mazmuni kasbiy faoliyatda qadriyatlarni tushunish, motivatsiyani maqsadga qarab yo‘naltirish komponentlariga ko‘ra tizimning shaxsiy darajalari va elementlarining funksiyalarini aniqlash, sotsiotsentrik qadriyatlarning o‘zaro integratsiyasini mentor va muloqot individual munosabatlarini metako‘nikmalar darajasiga moslashuvchanlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalarining metakompetentligini rivojlantirish modeli kasbiy-ijtimoiy pozisiya va taktikani ilmiy xarakterga egalik, uzlyuksizlik, sistemalilik, nazariy va amaliy komponentlar birligi asosida shakllantirish, aniq va nostandart vaziyatlarda kreativlik hamda etuk ijtimoiy ish xodimi darajasiga amaliy erishish barqarorligini divergent ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalarining metakompetentligini rivojlantirish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi va ichki pedagogik sharoitlar majmui motivatsion-kognitiv, faoliyatli-ijodiy va hissiy-baholash komponentlarini obektiv va subektiv ta’sir darajasining barqarorligiga integrativ metodik kompleksga ko‘ra pedagogik intensiyalarni bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim talabalarining metakompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish boʻyicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
“metakompetentlik” tushunchasini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi mezonlarning o‘zaro bog‘liqlik darajasini belgilovchi kasbiy refleksiya ko‘rsatkichlari ijtimoiy-kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmunini talabalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishni prognozlash va jamlash, optimal mantiqiy o‘quv xarakatlarining “SOFT SKILLS” va “META SKILLS” kompetensiyalarini integrativ o‘quv-didaktik modeliga ko‘ra ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi uchun “Ijtimoiy ishda bolalar huquqlarini qo‘llash” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i, 194-416-raqamli guvohnomasi). Natijada oliy ta’lim talabalarining metakompetentligini rivojlantirish metodikasini (ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalari misolida) takomillashtirishga erishilgan;
ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalarining metakompetentligini rivojlantirish modeli kasbiy-ijtimoiy pozisiya va taktikani ilmiy xarakterga egalik, uzlyuksizlik, sistemalilik, nazariy va amaliy komponentlar birligi asosida shakllantirish, aniq va nostandart vaziyatlarda kreativlik hamda etuk ijtimoiy ish xodimi darajasiga amaliy erishish barqarorligini divergent ta’minlash asosida takomillashtirilganligiga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 30-noyabrdagi 04/11-12292-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi oliy ta’lim talabalarining metakompetentligini rivojlantirish metodikasi hamda ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalarining metakompetentligini rivojlantirish modeli, amaliy texnologik tizimi va pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalarining metakompetentligini rivojlantirish modeli kasbiy-ijtimoiy pozisiya va taktikani ilmiy xarakterga egalik, uzlyuksizlik, sistemalilik, nazariy va amaliy komponentlar birligi asosida shakllantirish, aniq va nostandart vaziyatlarda kreativlik hamda etuk ijtimoiy ish xodimi darajasiga amaliy erishish barqarorligini divergent ta’minlash asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangilikdan Ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi uchun “Ijtimoiy ishda bolalar huquqlarini qo‘llash” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i, 194-416-raqamli guvohnomasi). Natijada oliy ta’lim talabalarining metakompetentligini rivojlantirish metodikasini (ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalari misolida) takomillashtirishga erishilgan;
ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalarining metakompetentligini rivojlantirish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi va ichki pedagogik sharoitlar majmui motivatsion-kognitiv, faoliyatli-ijodiy va hissiy-baholash komponentlarini obektiv va subektiv ta’sir darajasining barqarorligiga integrativ metodik kompleksga ko‘ra pedagogik intensiyalarni bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston teleradiokanali” DMda 2022-2024-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DMning 2024-yil 2-dekabrdagi 04-36-1236-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi Ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalarining metakompetentligini rivojlantirishga qaratilgan tadqiqot natijalarining keng jamoatchilik orasida ommalashuviga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish