Otaboeva Zulfiya G‘ofurovna
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Klasterli yondashuv asosida talabalarda hamkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Umumiy pedagogika fani misolida)”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7049
Ilmiy rahbar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01
Rasmiy opponentlar: Hasanov Sharobidin A’zamovich;, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori., dotsent; Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot. Namangan davlat universiteti..
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maqsadi klasterli yondoshuv asosida talabalarda hamkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda hamkorlik kompetensiyalari tushunchasining mazmun-mohiyati va komponentlari klasterli yondashuv tamoyiliga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
klasterli yondashuv asosida talabalarda hamkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi hamkorlik kompetensiya shakllari (individual, kichik guruhlarda va katta guruhlarda ishlash) va darajalari (mikro, mezo va makro)ni munosib uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda hamkorlik kompetensiyasini rivojlantirish modeli hamkorlik kompetensiyalarining bajaradigan funksiyalari (jamoaning qiyofasini belgilash, jamoa a’zolariga motivatsiya berish, jamoa a’zosining o‘z-o‘zini anglashiga, jamoadagi muhitga moslashishiga yordam berish, jamoani boshqarishni osonlashtirish, jamoa faoliyatini tartibga solish, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish kabi)ga hamda klasterli yondashuvga ustuvorlik berish asosida umumlashtirilgan;
talabalarda hamkorlik kompetensiyalarining rivojlanganlik darajasini aniqlash mezoni talabalarda hamkorlik kompetensiyalarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi klasterli yondashuv omillariga urg‘u berish asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda hamkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
klasterli yondashuv tamoyiliga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan talabalarda hamkorlik kompetensiyasi tushunchasining mazmun-mohiyati va komponentlari “Kasbiy pedagogika” va “Boshqaruv psixologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPU ning 2024-yil 2-noyabrdagi 11-05-6303/04-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’limning har qanday ko‘rinishida bazaviy, qo‘shimcha, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida hamkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga doir monitoring jarayonlarini nazorat qilish xususiyatlari aniqlashtirilgan;.
klasterli yondashuv asosida talabalarda hamkorlik kompetensiyasilarini rivojlantirishning shakllari (individual, kichik guruhlarda va katta guruhlarda ishlash) hamda darajalari (mikro, mezo va makro) ni munosib uyg‘unlashtirish, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi asosida barcha tizimlarda belgilangan vazifalarni bosqichma-boshqich amalga oshirishni uslubiy ta’minlash” mavzusidagi o‘tkazilgan targibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazilshda dessertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 10-dekabrdagi 10-202-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, klasterli yondashuv asosida talaba shaxsining ijodiy imkoniyatlarini ochib berish, rivojlantirish va amalga oshirish algoritmik jarayoni orqali talabalarda hamkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarda hamkorlik kompetensiyalari rivojlantirish modelini hamkorlik kompetensiyalarining bajaradigan funksiyalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Andijon davlat universitetida bajarilgan OT-F-1-17-raqamli “Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishni ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan; (Andijon davlat universitetning 2024-yil 13-noyabrdagi 04-2506-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hamkorlik kompetensiyalarini ta’lim hamkorligi negizida takomillashtirish bo‘yicha metodologik bilim, ko‘nikma va malakalarning yaxlit texnologiyasi ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan;
talabalarda hamkorlik kompetensiyalarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga urg‘u berish asosida takomillashtirilgan hamkorlik kompetensiyalarining rivojlanganlik darajasini aniqlash mezoni “Kasbiy pedagogika” va “Boshqaruv psixologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPU ning 2024-yil 2-noyabrdagi 11-05-6303/04-son ma’lumotnomasi). Mazkur fanlarning oliy ta’lim muassasalarida olib borilgan ta’lim shakllarida ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, “talaba-talaba”, ”talaba-guruh”, “talaba-pedagogik jamoa”, “pedagog-pedagog” ma’naviy-axloqiy munosabatlarini yaxshilash imkonini bergan.