O‘rozov Bahriddin Omonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ayrim biotik omillarga bardoshli yuqori tola cifati va miqdori bilan mujaccamlashgan g‘o‘za navlari celeksiyaci”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Qx151.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Paridun Shukurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, profeccor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta celeksiyaci, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot inctituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Xolmuradova Go‘zal Ro‘zievna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Marupov Abbosxon Inamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Qarshiboev Hasan Xolbozorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi G.hirsutum L. turiga mansub, g‘o‘zaning tizma va navlarinida oddiy va murakkab duragaylash asosida gommoz va vilt kasalliklariga bardoshli hamda tolaning sifati va miqdori mujassamlashgan yangi seleksion ashyo va navlar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘o‘zani duragay avlodlarni tahlillari asosida gommoz va vilt kasalligiga bardoshli bo‘lgan transgressiv genotiplarni ajratib olishda murakkab duragaylash uslubining samarador ekanligi aniqlangan; 
mahsuldorlik va tola sifati belgilariga gommoz bakteriyalarni va vilt zamburug‘larini salbiy ta’siri hamda duragay avlodlarini asosiy qimmatli xo‘jalik belgilarini tahlili asosida yangi genotiplar tanlash asoslangan;
g‘o‘zaning oddiy va murakkab duragaylash uslublari asosida vilt kasalligiga bardoshlilik belgisi bilan asosiy qimmatli xo‘jalik belgilari orasida aniqlangan korrelyativ bog‘liqliklar asosida yuqori avlod duragaylaridan iqtisodiy samarador yangi tizmalar ajratish mumkinligi isbotlangan;
gommoz va vilt kasalliklariga bardoshligi, tezpishar, ko‘saklar ochilish sur’ati yuqori, yirik ko‘sakli, mahsuldor, tola chiqimi va sifati yuqori bo‘lgan S-2616, S-2622 va S-2623 navlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ayrim biotik omillarga bardoshli yuqori tola sifati va miqdori bilan mujassamlashgan g‘o‘za navlari seleksiyasi mavzusida olib borilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijasida:
G‘o‘zaning G.hirsutum L. turiga mansub mahalliy navlarni duragaylash asosida yaratilgan yangi “S-2616” navi serhosil, yirik ko‘sakli, vilt kasalligiga bardoshli va tolasining texnologik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, Farg‘ona viloyati, Quva tumanida 2021 yilda 1, 5 gektar, 2022 yilda 21,0 gektar, 2023 yil 6 gektar maydonga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 11 yanvardagi 06/22-06/52-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu nav ayrim biotik omillarga o‘ta bardoshli, tezpishar 112-115 kun, ko‘saklar ochilish sur’ati yuqori, bitta ko‘sakdagi paxta vazni 5,8-6,6 gramm, tola chiqimi 38,7-40,4%, mikroneyr ko‘rsatkichi 4,3-4,5, tola uzunligi 1,14-1,21 dyuym, umumiy hosildorlik 39,0-44,0 s/ga ni tashkil etib, nazoratga nisbatan 5,5-6,5 s/ga yuqori yuqori hosil olish imkonini bergan.
vilt va gommoz kasalliklariga bardoshli, yuqori tola sifati va miqdori bilan mujassamlashgan hamda asosiy qimmatli xo‘jalik belgilarining yuqori majmuasiga ega bo‘lgan g‘o‘zaning yangi “S-2622” navi 2022 yilda Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Arabbek” UShB fermer xo‘jaligida 1,5 gektar, 2023 yil Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Orifjon” urug‘chilik fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, “Arabbek” UShB fermer xo‘jaligida 2,5 gektar maydonlarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 11 yanvardagi 06/22-06/52-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, S-2622 g‘o‘za navining gommoz va vilt kasalliklariga bardoshli, tezpisharligi 110-112 kun, bitta ko‘sakdagi paxta vazni 6,0-6,5 g, tola chiqimi 39,0-40,5 %, mikroneyr ko‘rsatkichi 4,3-4,5, tola uzunligi 1,15-1,22 dyuym, umumiy hosildorligi 39,5-43,5 s/ga ni tashkil etib, nazoratga nisbatan 4,0-6,0 s/ga yuqori hosil olishga erishilgan. 
g‘o‘zaning ayrim biotik omillarga bardoshli, serhosil, yirik ko‘sakli, tola chiqimi va tola sifati yuqori bo‘lgan yangi  “S-2623” navi Sirdaryo ilmiy-tajriba stansiyasining 0,5 maydonida  joriy etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 11 yanvardagi 06/22-06/52-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, navning tezpisharligi 114-118 kunni, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni 6,3-6,8 grammni, tola chiqimi 37,6-39,7 foizni, tola sifati IV-tipni, hosildorligi 42,3 s/ga ni tashkil etgan holda nazorat navga (S-6524) nisbatan qo‘shimcha 2,5-3,0 s/ga yuqori hosil olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish