Akramov G‘iyosiddin Najmiddin o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Jamiyatda marginallashuv jarayonlarining ijtimoiy - falsafiy jihatlari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fal296
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jo‘raev Ro‘zimat To‘xtasinovich siyosiy fanlar doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Baxodirjon Sadikjanovich falsafa fanlari doktori (DSc) professor v.b., Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatda marginallashuv jarayonlarining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv sharoitida marginallik hodisasining rivojlanib borishi, shaxs identifikatsiyasida muhim o‘rin tutuvchi aksiologik munosabatlar stimuliga (tpansendental, sotsiosentrik va antroposentrik) assimetrik (nomuvofiq) ta’siri salbiy ijtimoiy hodisa sifatida falsafiy asoslangan;
jamiyatda mehnat migratsiyasining ortib borishi madaniy turmush tarzidagi ijobiy (iqtisodiy farovonlik, inson kapitalining oshishi, praksiologik kompotensiya va innovatsion tafakkurning rivojlanish kabi) o‘zgarishlar bilan bir qatorda, yoshlar qatlamida ijtimoiy infantillik (ijtimoiylashuv mexanizmlarining buzilishi, sotsial izolyasiya, me’yor va qadriyatlarni rad etish kabi) hodisalarini keltirib chiqarishi qiyosiy ochib berilgan;
sotsiumda ijtimoiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirish va ijtimoiy integratsiyani ta’minlash, zamonaviy sharoitda marginal shaxsning deviant-hulq atvoridagi o‘zgarishlar dinamikasiga ijobiy ta’sir etib, yoshlarni demokratik islohotlarga aksiologik munosabatini rivojlantiruvchi sotsial drayver ekanligi aniqlangan;
jamiyatda sodir bo‘layotgan marginal madaniy deformatsiya jarayonlari jamiyatda ijtimoiy (giyohvandlik, alkogolizm, tilanchilik, tekinxo‘rlik) deformatsiyalarni keltirib chiqarib, shaxsdagi marginal xususiyat va gedonistik tafakkurni olidini olish inson va jamiyatning immanent uzviyligini ta’minlovchi ijtimoiy (bilim, iste’dod, tajriba), madaniy (axloq, qardriyat, an’ana,) komponentlarga bog‘liqligi falsafiy jihatdan isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatda marginallashuv jarayonlarini ilmiy-nazariy jihatdan har tomonlama o‘rganish hamda ularni amaliyotda samarali boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishga doir tadqiqot natijasida:
globallashuv sharoitida marginallik hodisasining rivojlanib borishi, shaxs identifikatsiyasida muhim o‘rin tutuvchi aksiologik munosabatlar stimuliga (transdental, sotsiosentrik va antrosentrik) assimetrik (nomuvofiq) ta'siri salbiy ijtimoiy hodisa sifatida falsafiy asoslanganligiga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi saylovoldi dasturining “Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga intilamiz!” qismining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yil 16-yanvardagi 1-47-sonli dalolatnomasi). Natijada, partiya ijtimoiy-siyosiy mafkurasining asosiy qadriyati hisoblangan “har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitini yaratish, ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish” ga oid mezonlarni ishlab chiqishga samarali xizmat qilgan;
jamiyatda mehnat migratsiyasining ortib borishi madaniy turmush tarzidagi ijobiy (iqtisodiy farovonlik, inson kapitalining oshishi, praksiologik kompotensiya va innovatsion tafakkurning rivojlanish kabi) o‘zgarishlar bilan bir qatorda, yoshlar qatlamida ijtimoiy infantillik (ijtimoiylashuv mexanizmlarining buzilishi, sotsial izolyasiya, me'yor va qadriyatlarni rad etish kabi) hodisalarini keltirib chiqarishni o‘rganishning ijtimoiy – falsafiy mohiyatini ochib berishga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining elektorat manfaatlari yo‘lidagi amaliy faoliyatida, partiyadan saylangan deputatlar faoliyatini amalga oshirish jarayonida hamda partiya tomonidan o‘tkaziladigan siyosiy o‘quv soatlarini tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yil 16-yanvardagi 1-47-sonli dalolatnomasi). Natijada, mazkur dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosa va tavsiyalardan partiya saylovoldi dasturini ishlab chiqishga hamda partiyaning amaliy faoliyatini samarali tashkil etishga yordam bergan;
sotsiumda ijtimoiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirish va ijtimoiy integratsiyani ta’minlash, zamonaviy sharoitda marginal shaxsning deviant-xulq atvoridagi o‘zgarishlar dinamikasiga ijobiy ta’sir etib, yoshlarni demokratik islohotlarga aksiologik munosabatini rivojlantiruvchi sotsial drayver ekanligiga oid ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 31-bandi “G‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning ta’sirini tadqiq qilish, zamonaviy raqamli targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llash borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish uchun ilmiy jamoalarni xorijga yuborish yuzasidan takliflar tayyorlash” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 20-yanvardagi 10/25-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar globallashuv sharoitida jamiyatda kechayotgan marginallashuv jarayonlarining ijtimoiy – falsafiy jihatlarini ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
jamiyatda sodir bo‘layotgan marginal madaniy deformatsiya jarayonlari jamiyatda ijtimoiy (giyoxvandlik, alkogolizm, tilanchilik, tekinho‘rlik) deformatsiyalarni keltirib chiqarib, shaxsdagi marginal xususiyat va gedonistik tafakkurni olidini olish inson va jamiyatning immanent uzviyligini ta’minlovchi ijtimoiy (bilim, iste’dod, tajriba), madaniy (axloq, qardriyat, an’ana,) komponentlarga bog‘liqligi falsafiy jihatdan isbotlanishiga oid ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta'lim va taraqqiyot”, “Millat va ma'naviyat” dasturlarining senariylarini ishlab chiqish hamda samarali tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 4-fevraldagi 05-09-97-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsdagi marginal xususiyat va gedonistik tafakkurni olidini olish, inson va jamiyatning immanent uzviyligini ta’minlovchi ijtimoiy (bilim, iste’dod, tajriba), madaniy (axloq, qardriyat, an’ana,) komponentlarni ochib berishga xizmat qilgan.