Ibragimov Umidjon Xikmatullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turbulizatorli quyosh havo kollektorlarini modellashtirish va issiqlik almashinuvini jadallashtirish usullarini ishlab chiqish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” va 05.05.04-“Sanoat issiqlik energetikasi” ixtisosliklari bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi roʼyxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/T857
Ilmiy maslahatchilar: Uzoqov G‘ulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor, Axatov Jasurjon Saidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat koʼrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Zafar Samandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Sednin Vladimir Aleksandrovich, texnika fanlari doktori, professor; Samiev Kamoliddin A’zamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Energetika muammolari instituti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turbulizatorli quyosh havo kollektorida issiqlikgidrodinamik jarayonlarni modellashtirish va jadallashtirish asosida quyosh havo kollektorining energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyosh havo kollektori havo kanalining absorberida turbulizatorlarni o‘rnatish orqali havo oqimi tezligini oshirish va oqimni turbulizatsiyalash hisobiga laminar chegaraviy qatlamni bartaraf etish imkonini beradigan issiqlik almashinuvini jadallashtirish usullari ishlab chiqilgan (IAP 7834);
quyosh havo kollektorining havo kanalida havo oqimini turbulizatsiyalash va oqimni absorber yuzasida bir xilda taqsimlanishini ta’minlash asosida issiqlikgidrodinamik jarayonlarni jadallashtirish imkonini beradigan yassi teshik plastina va konfuzorlardan tashkil topgan konfuzor turbulizatorli quyosh havo kollektorining konstruksiyasi ishlab chiqilgan (IAP 7834);
ilk marotaba havo oqimining turli tezliklarida turbulizatorli quyosh havo kollektorlarida oqim xarakteristikasi, turbulent kinetik energiya, turbulent qovushqoqlik, oqim tezligi, Reynolds soni, bosim yo‘qotilishi va havo haroratini quyosh havo kollektorining uzunligi va kengligi bo‘yicha o‘zgarishini aniqlash imkonini beradigan va turbulentlikni − modeliga asoslangan matematik modellar ishlab chiqilgan;
tashqi havo harorati, quyosh nurlanish intensivligi, quyosh havo kollektori va turbulizatorlarning issiqlik-texnik parametrlarini inobatga olgan holda silliq absorberli va turbulizatorli quyosh havo kollektorida shaffof qoplama, absorber, turbulizator va havo haroratlarini vaqt bo‘yicha o‘zgarishini aniqlash imkonini beradigan issiqlik balansi tenglamalari asosidagi matematik model ishlab chiqilgan;
silliq absorberli va turbulizatorli quyosh havo kollektorlarida gidrodinamika va issiqlik almashinuvini tajribaviy tadqiqot qilish imkonini beradigan quyosh havo kollektorlarining tajriba-sanoat namunalari sinovdan o’tkazilganda, olingan natijalarni qayta ishlash va umumlashtirish asosida turbulizatorli quyosh havo kollektorida gidravlik qarshilik va issiqlik berish koeffisientlarini aniqlash imkonini beradigan empirik bog‘liqliklar olingan;
ilk marotaba turbulizatorli quyosh havo kollektorida gidravlik qarshilik va issiqlik berish koeffisientlarining tajribaviy natijalari asosida turbulizatorli quyosh havo kollektorlarining issiqlik-gidrodinamik va eksergetik samaradorliklari baholanganda, ushbu qiymatlar KT5 modelda eng yuqori bo‘lib, o’rtacha issiqlikgidrodinamik va eksergetik samaradorlik 2,04 va 12,89% ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quyosh havo kollektorlarida turbulizatorlardan foydalanish hisobiga energiya samaradorlikni oshirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shaffof qoplama va absorber orasidagi havo kanalida issiqlik-gidrodinamik jarayonlari jadallashtirilgan turbulizatorli quyosh havo kollektori uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi”dan ixtiroga patent olingan (IAP 7834). Natijada, quyosh havo kollektorining havo kanalida issiqlik-gidrodinamik jarayonlarni jadallashtirish usullari va yuqori samarador quyosh havo kollektorining konstruksiyalari ishlab chiqilgan;
energiya tejamkor teshik va konfuzor turbulizatorli quyosh havo kollektorlari Qashqadaryo viloyati “Qarshimebel i/ch” MChJda joriy qilingan (Energetika vazirligining 2024 yil 12 noyabrdagi №04-13-9402-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy foydali maydoni 8,0 m2 bo‘lgan teshik va konfuzor turbulizatorli quyosh havo kollektorlari yordamida yil davomida 13440 kVt·soat elektr energiya, 695,7 m3 tabiiy gaz tejalishiga va 1287,0 kg CO2 tashlamarini qisqartirishga erishilgan;
energiya tejamkor teshik va konfuzor turbulizatorli quyosh havo kollektorlari Qashqadaryo viloyati “Global Construktion Group” MChJda joriy qilingan (Energetika vazirligining 2024 yil 12 noyabrdagi №04-13-9402-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy foydali maydoni 4,0 m2 bo‘lgan teshik va konfuzor turbulizatorli quyosh havo kollektorlari yordamida yil davomida 6720 kVt·soat elektr energiya, 347,9 m3 tabiiy gaz tejalishiga va 643,5 kg CO2 tashlamarini qisqartirishga erishilgan.