Mirsharapov Akmal G‘ayratovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mini-futbol bo‘yicha kursantlarning yillik mashg‘ulotlar siklidagi tayyorgarligini oshirish uslubiyati”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped2336.
Ilmiy rahbar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Artikov Askar Akbarovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv yilini hisobga olgan holda mini-futbol sport turi bilan shug‘ullanuvchi kursantlarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
IIV Akademiyasi kursantlarini mini-futbol musobaqalariga tayyorlash uchun texnik-taktik harakatlarni bajarishda YuQS o‘zgarish holatlariga ta’sir qilishni baholash orqali tayyorgarlik va musobaqa davrida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha aerob va anaerob yoʻnalishidagi ixtisoslashtirilgan va ixtisoslashtirilmagan yuqori shiddatli mashqlarni variativ nisbatlarda qo‘llagandan so‘ng gimnastik tiklovchi nafas mashqlari va innovatsion texnalogiyadan foydalanish vaqtini yillik mikrotsikllarda o‘zgartirgan holda qo‘llash hisobiga integral tayyorlash imkoniyati oshirilgan;
kursantlarni mini-futbol sport turiga maqsadli tayyorlash uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayonida yuklamalar taqsimoti va kompleks tayyorgarlik komponentlari strukturasiga muvofiq yillik tayyorgarlikning o‘tish davridagi tiklovchi mezotsiklda vositalarni (pilates, spinning, roll-up, leg circles kabi) mashg‘ulot jarayoniga ratsionallashtirilgan holda kiritish hisobiga umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari dinamik tarzda takomillashtirilgan;
IIV Akademiyasi mini-futbol terma jamoasiga saralash uchun innovatsion besh balli obektiv baholash shkalasi asosida jismoniy, texnik, funksional va o‘yin tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini minimal va maksimal natijalarni integratsion bog‘liqligi bo‘yicha kompleks yondashish hisobiga integral tayyorgarlikni operativ baholash va bashoratli yo‘naltirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
kursantlarni mini-futbol sport turi bo‘yicha tayyorgarlik jarayonini modrenizatsiyalash uchun yillik mashg‘ulotlarni ikki makrotsikl shaklida tashkil qilish asosida tayyorgarlik turlari va yoʻnalishlari hamda sport turiga ixtisoslashtirilgan vositalarni mikrotsikllarda charchoq holatidan chiqishi va funksional tizimlarni tiklanishi xususiyatlariga muvofiq variativ qo‘llash hisobiga mini-futbol jamoasining sport formasi bosqichli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mini-futbol bo‘yicha IIV Akademiyasi kursantlarining yillik mashg‘ulotlar siklidagi tayyorgarligini oshirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
IIV Akademiyasi kursantlarini mini-futbol musobaqalariga tayyorlash uchun texnik-taktik harakatlarni bajarishda YuQS o‘zgarish holatlariga ta’sir qilishni baholash orqali tayyorgarlik va musobaqa davrida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha aerob va anaerob yoʻnalishidagi ixtisoslashtirilgan va ixtisoslashtirilmagan yuqori shiddatli mashqlarni variativ nisbatlarda qo‘llagandan so‘ng gimnastik tiklovchi nafas mashqlari va innovatsion texnalogiyadan foydalanish vaqtini yillik mikrotsikllarda o‘zgartirgan holda qo‘llash hisobiga integral tayyorlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar kursantlarning mini-futbol mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 8-iyundagi 08-16/5796-son ma’lumotnomasi). Natijada, Kverg indeksi st=3.04 (P<0.01) va nisbiy farq 6,79%, Shtange sinamasi st=2,65 (P<0.05) va nisbiy farq 7,89%, Genchi sinamasi st=2,58 (P<0.05) va nisbiy farq 8,97% ga oshgan;
kursantlarni mini-futbol sport turiga maqsadli tayyorlash uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayonida yuklamalar taqsimoti va kompleks tayyorgarlik komponentlari strukturasiga muvofiq yillik tayyorgarlikning o‘tish davridagi tiklovchi mezotsiklda vositalarni (pilates, spinning, roll-up, leg circles kabi) mashg‘ulot jarayoniga ratsionallashtirilgan holda kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar kursantlarning mini-futbol mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 8-iyundagi 08-16/5796-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘pni uzatib berish harakatlarida 15,6%, darvozaga zarba berish harakatlari 12,8%, raqibni aldab o‘tish harakatlari 13,9% va to‘pni raqibdan olib qo‘yish harakatlarida 16,4% ga o‘sishiga erishilgan;
IIV Akademiyasi mini-futbol terma jamoasiga saralash uchun innovatsion besh balli obektiv baholash shkalasi asosida jismoniy, texnik, funksional va o‘yin tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini minimal va maksimal natijalarni integratsion bog‘liqligi bo‘yicha kompleks yondashish hisobiga integral tayyorgarlikni operativ baholash va bashoratli yo‘naltirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar kursantlarning mini-futbol mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 8-iyundagi 08-16/5796-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘pni 30 m. masofaga olib yurish st=3.56 (P<0.01) va nisbiy farq 5,79%, 5x30 m. masofaga to‘pni olib yurish st=2,81 (P<0.05) va nisbiy farq 3,90%, to‘pni aniqlikka tepish st=2,21 (P<0.05) va nisbiy farq 25,23%, ustunlar bo‘yicha olib yurib zarba berish st=2,46 (P<0.05) va nisbiy farq 6,68%, sakkizlik shaklida to‘pni olib yurish st=2,33 (P<0.05) va nisbiy farq 5,68% ga yaxshilangan;
kursantlarni mini-futbol sport turi bo‘yicha tayyorgarlik jarayonini modrenizatsiyalash uchun yillik mashg‘ulotlarni ikki makrotsikl shaklida tashkil qilish asosida tayyorgarlik turlari va yoʻnalishlari hamda sport turiga ixtisoslashtirilgan vositalarni mikrotsikllarda charchoq holatidan chiqishi va funksional tizimlarni tiklanishi xususiyatlariga muvofiq variativ qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar kursantlarning mini-futbol mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 8-iyundagi 08-16/5796-son ma’lumotnomasi). Natijada, tezlik sifatini aniqlashda 100 m. yugurishi st=3,53 (P<0.01) va nisbiy farq 4,37%, kuch sifatini aniqlashda turnikka tortilishda st=2,58 (P<0.05) va nisbiy farq 11,94%, umumiy chidamkorlikni aniqlashda st=2,60 (P<0.05) va nisbiy farq 4,80%, umumiy chidamkorlikni aniqlashda st=2,19 (P<0.05) va nisbiy farq 3,95% ga oshgan.