Raimov Davlatnur Ilhomjonovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quv-mashg‘ulot guruhida shug‘ullanuvchi yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3729.
Ilmiy rahbar: Dadabaev Odiljon Jalolidinovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutida bajarilgan.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Ishtaev Javlon Mavlonboevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Talipdjanov Askar Imamdjanovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quv-mashg‘ulot bosqichidagi 13-15 yoshli futbolchilarning mashg‘ulotlar jarayonini modernizatsiyalash uchun boshlang‘ich baholash, asosiy texnik harakatlarni egallash, jamoviy va kombinatsion o‘yin hamda nazorat qilish kabi o‘quv modullarini umumiy davomiyligi va real o‘yin sharoitlari bilan bir-biriga ekstraintensiv maydondagi pozisiyaga mos yashirin imkoniyatlarni namoyish qilishga qaratilgan yuqori shiddatli yuklamalarni qisqa muddatli tanaffuslar bilan almashtirib qo‘llash hisobiga tayyorgarlik tizimi optimallashtirilgan;
yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini optimallashtirish uchun texnik tayyorgarlik bazasini shakllantirishga qaratilgan to‘rtta metodik blokka taqsimlangan (to‘pni nazorat qilish (Dribling), to‘pni uzatish va qabul qilish, to‘pni qabul qilish va yo‘naltirish, zarba berish va aniqlikni oshirish) modelini ishlab chiqish hisobiga sportchilarning texnik tayyorgarligi takomillashtirilgan;
yosh futbolchilarning musobaqa faoliyati samaradorligini oshirish uchun yillik tayyorgarlikning musobaqa oldi mashg‘ulot mikrotsikllarini hafta davomida ish qobilyatining o‘sib borish va pasayish xususiyatlarini inobatga olgan holda (to‘pni olib yurish, aldov harakatlari, muvozanat mashqlari, qisqa va uzoq masofaga uzatmalar, himoya va hujum kombinatsiyalari, turli burchaklardan zarbalar, to‘pni ko‘krak va oyoq bilan qabul qilish, tezkor qaror qabul qilish, pressing, tezkor harakat kabi) bir-biriga bog‘lab kombinatsion qo‘llash hisobiga musobaqalarga maqsadli tayyorlash imkoniyatlari kengaytirilgan;
yosh futbolchilarning texnik-taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari samaradorligini oshirish uchun maxsus mashqlar kompleksini o‘quv mashq bosqichida futbolchilarning funksional ko‘rsatkichlarini hamda individual holatini inobatga olgan holda (step over, body feint, cut inside kabi) har bir fintdan so‘ng yugurib aylanma harakat bilan to‘pni olib harakatlanish tartibida mashg‘ulotlarga integratsiya qilish hisobiga harakatlarni natijaviy yakunlash imkoniyatlari oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amalga oshirilgan pedagogik tajriba davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quv-mashg‘ulot bosqichidagi 13-15 yoshli futbolchilarning mashg‘ulotlar jarayonini modernizatsiyalash uchun boshlang‘ich baholash, asosiy texnik harakatlarni egallash, jamoviy va kombinatsion o‘yin hamda nazorat qilish kabi o‘quv modullarini umumiy davomiyligi va real o‘yin sharoitlari bilan bir-biriga ekstraintensiv maydondagi pozisiyaga mos yashirin imkoniyatlarni namoyish qilishga qaratilgan yuqori shiddatli yuklamalarni qisqa muddatli tanaffuslar bilan almashtirib qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Sirdaryo viloyati futbol akademiyasi o‘quv-mashg‘ulot bosqichida shug‘ullanuvchi futbolchilar mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-noyabrdagi 03-16/11201-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlari 11,6% ga, tezkor-kuch sifatlari 9,8 %ga yaxshilangan;
yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini optimallashtirish uchun texnik tayyorgarlik bazasini shakllantirishga qaratilgan to‘rtta metodik blokka taqsimlangan (to‘pni nazorat qilish (Dribling), to‘pni uzatish va qabul qilish, to‘pni qabul qilish va yo‘naltirish, zarba berish va aniqlikni oshirish) modelini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Sirdaryo viloyati futbol akademiyasining o‘quv-mashg‘ulot bosqichi shug‘ullanuvchilar mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-noyabrdagi 03-16/11201-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh futbolchilarning funksional tayyorgarligi ko‘rsatkichlari 9% ga yaxshilangan;
yosh futbolchilarning musobaqa faoliyati samaradorligini oshirish uchun yillik tayyorgarlikning musobaqa oldi mashg‘ulot mikrotsikllarini hafta davomida ish qobilyatining o‘sib borish va pasayish xususiyatlarini inobatga olgan holda (to‘pni olib yurish, aldov harakatlari, muvozanat mashqlari, qisqa va uzoq masofaga uzatmalar, himoya va hujum kombinatsiyalari, turli burchaklardan zarbalar, to‘pni ko‘krak va oyoq bilan qabul qilish, tezkor qaror qabul qilish, pressing, tezkor harakat kabi) bir-biriga bog‘lab kombinatsion qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Sirdaryo viloyati futbol akademiyasining o‘quv-mashg‘ulot bosqichida shug‘ullanuvchi 13-15 yoshli futbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-noyabrdagi 03-16/11201-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlari 11,6% ga o‘sdi, funksional holati bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘rtacha 9 % ga oshgan;
yosh futbolchilarning texnik-taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari samaradorligini oshirish uchun maxsus mashqlar kompleksini o‘quv mashq bosqichida futbolchilarning funksonal ko‘rsatkichlarini hamda individual holatini inobatga olgan holda (step over, body feint, cut inside kabi) har bir fintdan so‘ng yugurib aylanma harakat bilan to‘pni olib harakatlanish tartibida mashg‘ulotlarga integratsiya qilish Sirdaryo viloyati futbol akademiyasining o‘quv-mashg‘ulot bosqichi shug‘ullanuvchilar mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-noyabrdagi 03-16/11201-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba guruhi futbolchilarining maxsus chidamkorligi va musobaqa faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari o‘rtacha 8,6% ga oshgan hamda 2022-yilda Surxondaryo viloyatida hududiy akademiyalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rinni; Navoiy viloyatida hududiy akademiyalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 3-o‘rinni; 2023 yilda Tojikistonda o‘tkazilgan Navro‘z CUP xalqaro turnirida 1-o‘rinni; Sirdaryo viloyati bolalar ligasi musobaqasida 1-o‘rinlarni egallagan.