Xalmatova Nasiba Bozorboevna
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, Ixtisoslik shirifi (ilmiy daraja beruvchi fan tarmog‘i nomi) “Sog‘lomlashtirish sport to‘garaklariga o‘quvchilarni jalb etishning pedagogik shart sharoitlari” (boshlang‘ich sinflar misolida)” 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8899.
Ilmiy rahbarlar: Xaydarov Baxtiyor Tojievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Yakubov Fazliddin Muxitdinovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Allamurotov Shuxratulla Inayatovich biologiya fanlari doktori, professor, Fayzullaeva Gulchehra Sharibboevna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy faolligini, ma’naviy axloqiy qadriyatlarni sog‘lomlashtiruvchi to‘garaklar orqali rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning funksional, jismoniy rivojlanishi hamda salomatlik holatini yaxshilash uchun quruqlikda suzish elementlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Swim on land” maxsus mashqlar dasturini ishlab chiqish hisobiga o‘quvchilarning suzish harakatlariga o‘rgatish uslubiyati takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mushaklar harakatchanligini uyg‘un tarbiyalash uchun logoritmik mashqlar, nutq va harakatni bir xil ritm hamda tempda bajarish mexanizmi hamda “Kallanetika” mikro mashg‘ulotlarini tayyorgarlik jarayoniga kiritish hisobiga bolalarning yoshga xos amaliy harakatlarni egallash tizimi takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlantirish uchun belgilab olingan darsdan tashqari mashg‘ulotlarida axloqiy qadriyatlarni rivojlantirishga qaratilgan harakatli o‘yinlar va “autotraining”lardan tashkil topgan pedagogik modelni tayyorgarlik jarayoniga kiritish hisobiga shaxsiy, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish imkoniyatlari oshirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirishda sensitiv davrini inobatga olgan xolda emotsional holatini barqarorlashtirish uchun salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan sogʻlomlashtiruvchi gimnastika mashg‘ulotlarni (emotsional rivojlanishni bolalarning jismoniy faoliyati orqali hissiyotlarini rivojlantirishga yordam beradigan tadbirlar majmuasi, aylantirish moslamasi, sensorli platformalarda elementlar bajarish kabi) tayyorgarlik tizimiga kiritish hisobiga egiluvchanlik sifatini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini to‘garaklar orqali harakat faolligi, ma’naviy qadriyatlar va quruqlikda suzish elementlarini maxsus va noan’anaviy mashqlar orqali o‘rgatish samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning funksional, jismoniy rivojlanishi hamda salomatlik holatini yaxshilash uchun quruqlikda suzish elementlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Swim on land” maxsus mashqlar dasturi Samarqand shahar, Toyloq tumanidagi 5-6 umumiy o‘rta ta’lim maktablariga, Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi 85-27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari va Qashqadaryo viloyati Qashqadaryo tumanidagi 19-42-sonli umumiy o‘rta maktablari mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 30-noyabrdagi 06-01/06/13/8606-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarning funksional ko‘rsatkichlari 5,46%ga yaxshilangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mushaklar harakatchanligini uyg‘un tarbiyalash uchun logoritmik mashqlar, nutq va harakatni bir xil ritm hamda tempda bajarish mexanizmi hamda “Kallanetika” mikro mashg‘ulotlarini tayyorgarlik jarayoniga kiritish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar Samarqand shahar, Toyloq tumanidagi 5-6 umumiy o‘rta ta’lim maktablariga, Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi 85-27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari va Qashqadaryo viloyati Qashqadaryo tumanidagi 19-42-sonli umumiy o‘rta maktablari mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 30-noyabrdagi 06-01/06/13/8606-son ma’lumotnomasi). Natijada, 7-11 yoshli bolalarning harakat faolligi va jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari 11,24% ga ortganligi aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlantirish uchun belgilab olingan darsdan tashqari mashg‘ulotlarida axloqiy qadriyatlarni rivojlantirishga qaratilgan harakatli o‘yinlar va “autotraining”lardan tashkil topgan pedagogik modelni tayyorgarlik jarayoniga kiritish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar Samarqand shahar, Toyloq tumanidagi 5-6 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablariga, Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 85-27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari va Qashqadaryo viloyati, Qashqadaryo tumanidagi 19-42-sonli umumiy o‘rta maktablari mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 30-noyabrdagi 06-01/06/13/8606-son ma’lumotnomasi). Natijada, 7-11 yoshli bolalarning sport sog‘lomlashtirish to‘garaklarida axloqiy tarbiyaviy qadriyatlarni rivojlantirish, harakat faolligi ko‘rsatkichlari 11,3% ga ortganligi aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirishda sensitiv davrini inobatga olgan xolda emotsional holatini barqarorlashtirish uchun salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan sogʻlomlashtiruvchi gimnastika mashg‘ulotlarni (emotsional rivojlanishni bolalarning jismoniy faoliyati orqali hissiyotlarini rivojlantirishga yordam beradigan tadbirlar majmuasi, qattiqroq stress-ball, aylantirish moslamasi, sensorli platformalarda elementlar bajarish kabi) tayyorgarlik tizimiga kiritish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar Samarqand shahar, Toyloq tumanidagi 5-6 umumiy o‘rta ta’lim maktablariga, Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi 85-27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari va Qashqadaryo viloyati, Qashqadaryo tumanidagi 19-42-sonli umumiy o‘rta maktablari mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 30-noyabrdagi 06-01/06/13/8606-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda ijtimoiy muloqotga yo‘naltirilgan ma’naviy qadriyatlar 10-11% ga oshirishga xizmat qilgan.