Raximova Umidaxon Abduraimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni raqamli transformatsiya sharoitida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish yo‘llari”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5307
Ilmiy rahbar: Xashimova Naima Abidovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03 
Rasmiy opponentlar: Rejapov Xayrillo Xikmatullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Alimova Go‘zal Alisherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Iqtisodiyotini raqamli transformatsiya  sharoitida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha ilmiy va amaliy taklif hamda tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirish maqsadida Ellsberg paradoksi, Aniqlik effekti, Istiqbol nazariyasi mezonlari asosida Alle istiqboli yondashuviga muvofiq integral baholash tizimi taklif etilgan;
milliy oliy ta’lim muassasalarining xalqaro e’tirof etilgan  Quacquarelli Simonds (QS) reytingining TOP-1000 ligida o‘rin egallashini ta’minlashda qo‘shma kompetensiyalarga ega mutaxassislar tayyorlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi takomillashtirilgan;
oliy ta’lim xizmatlarida o‘zini-o‘zi moliyalashtirish samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion klasterni rivojlantirish mexanizmi STEM-modeli orqali takomillashtirilgan;
raqamli transformatsiya sharoitida oliy ta’lim muassasalari innovatsion salohiyatini 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni raqamli transformatsiya sharoitida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirish maqsadida Ellsberg paradoksi, aniqlik effekti, istiqbol nazariyasi mezonlari asosida Alle istiqboli yondashuviga muvofiq integral baxolash tizimi respublika oliy ta’lim muassasalarining faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligining 2024-yil 14-noyabrdagi 03/17-3264-sonli ma’lumotnomasi, O‘zMUning 2024-yil 12-noyabrdagi 04/11-10414-sonli ma’lumotnomasi, SamDUning 2024-yil 30-oktyabrdagi 10-5754-sonli dalolatnomasi, TDTUning 2024-yil 2-noyabrdagi 01/9-14-1888-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-yilda Alle istiqboli yondashuviga muvofiq innovatsion faoliyat natijaviyligi Ellsberg paradoksiga ko‘ra O‘zbekiston Milliy Universitetida 0,36 koeffisientni, Toshkent davlat texnika universitetida 0,24 koeffisientni, Samarqand davlat universitetida 0,17 koeffisientni hamda Termiz davlat universitetida 0,17 koeffisientni tashkil etdi;
milliy oliy ta’lim muassasalarining xalqaro e’tirof etilgan  Quacquarelli Simonds (QS) reytingining TOP-1000 ligida o‘rin egallashini ta’minlashda qo‘shma kompetensiyalarga ega mutaxassislar tayyorlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi takomillashtirish bo‘yicha takliflar respublika oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-noyabrdagi 03/17-3264-sonli ma’lumotnomasi, O‘zMUning 2024-yil 12-noyabrdagi 04/11-10414-sonli ma’lumotnomasi, SamDUning 2024-yil 30 oktyabrdagi 10-5754-sonli dalolatnomasi, TDTUning 2024-yil 2-noyabrdagi 01/9-14-1888-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Respublika oliy ta’lim muassasalarida qo‘shma  kompetensiyalarga ega bo‘lgan mutaxassislar soni  20 foizga  oshishiga erishildi;
oliy ta’lim xizmatlarida o‘zini-o‘zi moliyalashtirish samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion klasterni rivojlantirish mexanizmining STEM-modeli O‘zMU, TDTU, SamDU, TerDUlarining faoliyatiga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligining 2024-yil 14-noyabrdagi 03/17-3264-sonli ma’lumotnomasi, O‘zMUning 2024-yil 12-noyabrdagi 04/11-10414-sonli ma’lumotnomasi, SamDUning 2024-yil 30-oktyabrdagi 10-5754-sonli dalolatnomasi, TDTUning 2024-yil 2-noyabrdagi 01/9-14-1888-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-yilda OTMlarning innovatsion-ta’lim klasteri modeli negizida immersiv ilmiy-tadqiqot platformalari xizmati yo‘lga qo‘yilgan;
raqamli transformatsiya sharoitida oliy ta’lim muassasalari innovatsion salohiyatini 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari O‘zMU, TDTU, SamDU, TerDUlarining faoliyatiga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-noyabrdagi 03/17-3264-sonli ma’lumotnomasi, O‘zMUning 2024-yil 12-noyabrdagi 04/11-10414-sonli ma’lumotnomasi, SamDUning 2024-yil 30-oktyabrdagi 10-5754-sonli dalolatnomasi, TDTUning 2024-yil 2-noyabrdagi 01/9-14-1888-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida istiqbolli tahlil qilish imkoniyati yaratilib,  tadqiqot va tahlillar prognoz uchun dinamik ssenariy optimal ekanligini ko‘rsatdi. Prognoz natijalariga ko‘ra, 2030-yilga borib tanlangan OTMlarda Ellsberg paradoksi bo‘yicha koeffisienti O‘zMU, TDTU, SamDU va TerDUda 0,03 birlikka oshishi mumkin. Shuningdek, Aniqlik effekti bo‘yicha koeffisienti O‘zMU, TDTU, SamDU va TerDUda 0,025 birlikka hamda Istiqbol nazariyasi bo‘yicha koeffisienti O‘zMU, TDTU, SamDU va TerDUda 0,018 birlikka oshishi mumkin. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish