Umirzoqov Ja’sur Artiqboy o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maxsus iqtisodiy zonalarda investisiya muhiti jozibadorligini baholash metodologiyasi», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt493.
Ilmiy maslahatchi: Karimqulov Jasur Imomboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, akademik G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nizamiddin Xamraevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Oblomuradov Narzullo Naimovich.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maxsus iqtisodiy zonalarda investisiya muhiti jozibadorligini baholash metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maxsus iqtisodiy zonada investisiya muhitining jozibadorligini oshirish maqsadida bojxona imtiyozlaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning kamida 10 foizini eksport qilish talabini joriy etish taklif etilgan;
maxsus iqtisodiy zonaning geografik va logistik joylashuvi, shuningdek, hududning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, moliyaviy imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashda uch bosqichli tabaqalashtirilgan yondashuvdan foydalanish zarurligi asoslangan;
yirik investisiya loyihalari uchun qurilish materiallarining import qilinadigan qismini 100% bojxona to‘lovidan ozod etish, o‘rta loyihalar uchun 70% va kichik loyihalar uchun 50% miqdorida imtiyozlar berish taklif etilgan;
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasining ortib ketishi natijasida vujudga kelgan farqni respublika byudjeti hisobidan 50 foizini qoplab berish taklif etilgan;
«Nukus texnoparki» maxsus sanoat zonasi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan kapital qo‘yilmalar bo‘yicha 10 foizlik limit ajratish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maxsus iqtisodiy zonalarda investisiya muhiti jozibadorligi baholash metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
maxsus iqtisodiy zonada investisiya muhitining jozibadorligini oshirish maqsadida bojxona imtiyozlaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning kamida 10 foizini eksport qilish talabini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis Senati Kengashining 2023-yil
5-oktyabrdagi QQ-594-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va ularga xorijiy investisiyalarni jalb qilish ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi””ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2024-yil 4-iyundagi 05/5 l00-son ma’lumotnomasi). Natijada 2023-yil 1-sentyabrga qadar maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokichlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport hajmi
451,1 mln AQSh dollarini tashkil etgan;
maxsus iqtisodiy zonaning geografik va logistik joylashuvi, shuningdek, hududning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, moliyaviy imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashda uch bosqichli tabaqalashtirilgan yondashuvdan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis Senati Kengashining 2023-yil 5-oktyabrdagi QQ-594-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va ularga xorijiy investisiyalarni jalb qilish ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi””ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2024-yil 4-iyundagi 05/5 l00-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus iqtisodiy zonalarda investisiya muhiti jozibadorligini baholash metodologiyasi takomillashtirilgan;
yirik investisiya loyihalari uchun qurilish materiallarining import qilinadigan qismini 100% bojxona to‘lovidan ozod etish, o‘rta loyihalar uchun 70% va kichik loyihalar uchun 50% miqdorida imtiyozlar berish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi O‘RQ-604-son “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonuni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining
2024-yil 4-iyundagi 05/5 l00-son, Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 22-sentyabrdagi 04-73-11518-son ma’lumotnomalari). Unga ko‘ra, mazkur bojxona imtiyozi respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investisiya bitimiga muvofiq olib kirilgan qurilish materiallari uchun beriladi. Natijada maxsus iqtisodiy zonalar investisiya muhitini jozibadorligini oshirish bojxona imtiyozlarini qo‘llash mexanizmi takomillashtirilgan;
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasining ortib ketishi natijasida vujudga kelgan farqni respublika byudjeti hisobidan 50 foizini qoplab berish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi O‘RQ-604-son “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonuni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2024-yil 4-iyundagi 05/5 l00-son, Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 22-sentyabrdagi 04-73-11518-son ma’lumotnomalari). Natijada soliq imtiyozlari orqali maxsus iqtisodiy zonalar investisiya muhitini jozibadorligini oshirish va baholash mexanizmi takomillashtirilgan;
“Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan kapital qo‘yilmalar bo‘yicha 10 foizlik limit ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-306-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024-yil 13-fevraldagi 05-09/16-02/150-son, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2024-yil 12-martdagi 9/06-30-4717-son ma’lumotnomalari). Natijada 2023-yilda “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 1,2 mlrd so‘m kapital qo‘yilmalar ajratilgan.