Ochilov Farxodjon Shavkatjon o‘g‘lining 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.      Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarida majburiyatlar hisobi va auditi metodologiyasini
takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Iqt713.
Ilmiy maslahatchi: Qo‘ziev Islomjon Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Pardaev Mamayunus Qarshiboevich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Mamatqulov Murodjon Shukurovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nurmanov Ulug‘bek Anorbaevich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aksiyadorlik jamiyatlarida majburiyatlar hisobi va auditi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
moliyaviy hisobotda axborotlarning shaffoflik darajasini oshirish maqsadida moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotning 0620 va 0820-satrlariga “Ijara bo‘yicha uzoq va qisqa muddatli majburiyatlar” elementlarini  kiritish taklif etilgan; 
ichki va tashqi foydalanuvchilarning oqilona qarorlar qabul qilishlarini ta’minlash maqsadida “Uzoq va qisqa muddatli baholangan majburiyatlar” elementlarini moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotning 0640 va 0840-satrlariga kiritish asoslangan;
amortizatsiyalangan qiymat bo‘yicha baholanadigan uzoq va qisqa muddatli moliyaviy majburiyatlarni xalqaro standartlar asosida tuziladigan moliyaviy holat to‘g‘risida hisobotda aks ettirish taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari buxgalteriya hisobida moliyaviy majburiyatlarni tan olish hamda ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish algoritmini qo‘llash asoslangan; 
moliyaviy hisobot auditida rezervlarning to‘g‘ri shakllanganligini aniqlash va dalillarning ishonchliligini oshirishda baholangan majburiyatlarni qoplash koeffisientini qo‘llash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarida majburiyatlar hisobi va auditi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Moliyaviy hisobotdagi axborotlarning shaffoflik darajasini oshirish maqsadida moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotning 0620 va 0820-satrlariga “Ijara bo‘yicha uzoq va qisqa muddatli majburiyatlar” elementlarini kiritishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 8 oktyabrdagi 181-son buyrug‘i (Adliya vazirligida 2024-yil 4-noyabrda 3567-son bilan ro‘yxatga olingan) bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi Nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 1 dekabrdagi 08/43-2-24968-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy holatini yanada aniqroq va shaffof yoritib berishga hamda moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarni ijara bo‘yicha uzoq va qisqa muddatli majburiyatlarni aniq baholashlari uchun haqqoniy ma’lumotlar bilan ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
ichki va tashqi foydalanuvchilarning oqilona qarorlar qabul qilishlarini ta’minlash maqsadida “Uzoq va qisqa muddatli baholangan majburiyatlar” elementlarini moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotning 0640 va 0840-satrlariga kiritishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 8 oktyabrdagi 181-son buyrug‘i (Adliya vazirligida 2024-yil 4-noyabrda 3567-son bilan ro‘yxatga olingan) bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi Nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 1 dekabrdagi 08/43-2-24968-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uzoq va qisqa muddatli baholangan majburiyatlar bo‘yicha rezervlarni tashkil etish hamda ularni aniq baholash orqali qonunchilikka muvofiqligini ta’minlashga erishilgan;
amortizatsiyalangan qiymat bo‘yicha baholanadigan uzoq va qisqa muddatli moliyaviy majburiyatlarni xalqaro standartlar asosida tuziladigan moliyaviy holat to‘g‘risida hisobotda aks ettirish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 8 oktyabrdagi 181-son buyrug‘i (Adliya vazirligida 2024-yil 4-noyabrda 3567-son bilan ro‘yxatga olingan) bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi Nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 1 dekabrdagi 08/43-2-24968-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni amortizatsiyalangan qiymat bo‘yicha baholanadigan uzoq va qisqa muddatli moliyaviy majburiyatlar miqdorini to‘liqroq tushunish hamda ularni boshqa tashkilotning moliyaviy hisobotlari bilan qiyoslash uchun barcha xususiyatlarini yoritib berish imkoniyati yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari buxgalteriya hisobida moliyaviy majburiyatlarni tan olish hamda ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish algoritmini qo‘llash bo‘yicha taklifdan «G‘alla-Alteg» AJda hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («G‘alla-Alteg» AJning 2024 yil 19 dekabrdagi 03/598-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliyaviy hisobotlarda moliyaviy majburiyatlar miqdori bo‘yicha ma’lumotlarni shaffof hamda haqqoniy yoritib berishga erishilgan;
moliyaviy hisobot auditida rezervlarning to‘g‘ri shakllanganligini aniqlash va dalillarning ishonchliligini oshirishda baholangan majburiyatlarni qoplash koeffisientini qo‘llashga oid taklifdan O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan tahliliy amallarni bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2024 yil 27 dekabrdagi 115-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarida baholangan majburiyatlarning qoplanish darajasini va rezervlarning haqqoniy shakllanganligini baholash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish