Norquchqorov Abdulaziz Ziyodulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat sektoridagi oliy ta’lim muassasalarda smetalar ijrosi hisobi va hisobotini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3301.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Baxrom Kasimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat sektoridagi oliy ta’lim muassasalarda smetalar ijrosi hisobi va hisobotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov–kontrakt shakli mablag‘lari bo‘yicha smetalar ijrosi jarayonida IV–guruh kommunal xizmat xarajatlarini milliy va qo‘shma ta’lim dasturi doirasida joriy davrdagi talabalar kontengentidan kelib chiqib, haqiqiy xarajatlarga taqsimlash taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov–kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar hisobini yuritish uchun 520200‒“Oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov–kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar” schyoti tarkibida, 520200/1‒ “Milliy ta’lim dasturi doirasida o‘qitishning to‘lov–kontrakt shakli bo‘yicha daromadlar” hamda 520200/2‒“Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha daromadlar” ishchi schyotlarini qo‘llash taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida milliy va qo‘shma ta’lim dasturi doirasida o‘qitishning to‘lov–kontrakt shakli pul mablag‘lari hisobini yuritish uchun 102409‒“Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov–kontrakt shaklidan tushumlar” schyoti tarkibida 102409/1‒“Milliy ta’lim dasturi doirasida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli pul mablag‘lari” hamda 102409/2‒“Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida o‘qitishning to‘lov–kontrakt shakli pul mablag‘lari” ishchi schyotlarini ochish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida milliy va qo‘shma ta’lim dasturi doirasida o‘qitishning to‘lov–kontrakt shakli mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar hisobini yuritish uchun 730000‒“Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov–kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” schyoti tarkibida 730000/1‒“Milliy ta’lim dasturi doirasida o‘qitishning to‘lov–kontrakt shakli mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar” hamda 730000/2‒“Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida o‘qitishning to‘lov–kontrakt shakli mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar” ishchi schyotlarini ochish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat sektoridagi oliy ta’lim muassasalarda smetalar ijrosi hisobi va hisobotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov–kontrakt shakli mablag‘lari bo‘yicha yillik smetalarni tuzish jarayonida IV–guruh kommunal xizmat xarajatlarini milliy va qo‘shma ta’lim dasturi doirasida talabalar kontengentidan kelib chiqib taqsimlash asosida rejalashtirish taklifi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining hisob siyosati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 05 apreldagi 03/20-05/04-son ma’lumotnomasi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetning 02.04.2024 yildagi dalolatnomasi)da o‘z aksini topgan. Natijada oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli mablag‘lari bo‘yicha IV–guruh kommunal xizmat xarajatlarini milliy va qo‘shma ta’lim dasturi doirasida aniq rejalashtirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov–kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar hisobini yuritish uchun 520200‒ “Oliy va o‘rta maxsus, professional ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hisoblangan daromadlar” schyoti tarkibida, 520200/1‒ “Milliy ta’lim dasturi doirasida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha daromadlar” hamda 520200/2‒“Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha daromadlar” ishchi schyotlarini ochish taklifi Muhammad al‒Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining hisob siyosati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 05 apreldagi 03/20‒05/04‒son ma’lumotnomasi hamda Muhammad al‒Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetning 02.04.2024 yildagi dalolatnomasi)da o‘z aksini topgan. Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish orqali har bir ta’lim dasturi bilan bog‘liq holda o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli daromadlariga oid alohida tahliliy buxgalteriya axborotlarini shakllantirish, o‘qitishning to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha daromadlar prognozlarini aniqlash uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida asosiy va qo‘shma ta’lim dasturi doirasida o‘qitishning to‘lov–kontrakt shakli pul mablag‘lari hisobini yuritish uchun 102409‒“Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushumlar” schyoti tarkibida 102409/1‒“Milliy ta’lim dasturi doirasida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli pul mablag‘lari” hamda 102409/2‒“Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli pul mablag‘lari” ishchi schyotlarini ochish taklifi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining hisob siyosati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 05 apreldagi 03/20‒05/04‒son ma’lumotnomasi hamda Muhammad al‒Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetning 02.04.2024 yildagi dalolatnomasi)da o‘z aksini topgan. Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish orqali har bir ta’lim dasturi bilan bog‘liq holda o‘qitishning to‘lov–kontrakt shakli pul mablag‘lari harakatiga oid alohida tahliliy buxgalteriya axborotlarini shakllantirish, pul mablag‘lari harakatiga oid ishonchli boshqaruv qarorlarini qabul qilishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida milliy va qo‘shma ta’lim dasturi doirasida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar hisobini yuritish uchun 730000‒“Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov–kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” schyoti tarkibida 730000/1‒“Milliy ta’lim dasturi doirasida o‘qitishning to‘lov–kontrakt shakli mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar” hamda 730000/2‒“Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar” ishchi schyotlarini ochish taklifi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining hisob siyosati (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 05 apreldagi 03/20‒05/04‒son ma’lumotnomasi hamda Muhammad al‒Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetning 02.04.2024 yildagi dalolatnomasi)da o‘z aksini topgan. Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida o‘qitishning to‘lov–kontrakt shakli mablag‘lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlarni milliy va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha alohida hisobga olish, ularga oid tahliliy buxgalteriya ma’lumotlarini shakllantirish, o‘qitish dasturlari bilan bog‘liq sarf–xarajatlarni tahlil qilib borish imkoniyati yaratilgan.