Yahyoev To‘lqin Ismatulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar samaradorligini oshirishda aktivlar tahlilini takomillashtirish”, 08.00.05 –Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti hamda 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD\Iqt 1885.
Ilmiy rahbar: Xoliqulov Anvar Nematovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Nurislom akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tashnazarov Samiddin Nizomovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qurilish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar samaradorligini oshirishda aktivlar tahlilini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni uning ishlab chiqarish faoliyatiga yaqinligi hamda jarayonni uzoq vaqt davom etishi xususiyatlaridan kelib chiqib, bevosita qurilish sohasida umumiy pudratchi yoki subpudratchi sifatida ishlaydigan, loyihalashdan tortib tayyor obektni ishga tushirishgacha bo‘lgan to‘liq yoki qisman qurilish jarayonlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar aktivlari tasnifi va tahlili jihatidan takomillashtirilgan;
qurilish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar xizmatlarining kompleks tizimli tahlili modeli aktivlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan 5 ta kompleks instrument hamda 5 bosqichli tizimli va uzlyuksiz tahlil jarayonini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
qurilish korxonalarining moliyaviy holatini baholash korxonaning holati (Khol = 33%)ni, harakati (Khar = 38%)ni hamda samaradorligi (Ksam = 29%)ni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi o‘rtasidagi maqbul nisbatni tavsiya qilish orqali takomillashtirilgan;
qurilish tarmog‘i hamda qurilish korxonalari faoliyat natijaviyligiga funksional bog‘liq bo‘lmagan omillar asosida O‘zbekistonda qurilish xizmatlari hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar samaradorligini oshirishda aktivlar tahlilini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy-amaliy natijalar amaliyotda qo‘llanilgan, jumladan:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyati” tushunchasining iqtisodiy mazmunini uning ishlab chiqarish faoliyatiga yaqinligi hamda jarayonni uzoq vaqt davom etishi xususiyatlaridan kelib chiqib, bevosita qurilish sohasida umumiy pudratchi yoki subpudratchi sifatida ishlaydigan, loyihalashdan tortib tayyor obektni ishga tushirishgacha bo‘lgan to‘liq yoki qisman qurilish jarayonlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar aktivlari tasnifi va tahlili jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiy tahlil” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektorining 2024-yil 30-yanvardagi 06-sonli buyrug‘i hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Iqtisodiy tahlil” fani uchun yozilgan 153-30/01-son bilan ro‘yxatga olingan guvohnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda qurilish sohasida umumiy pudratchi yoki subpudratchi sifatida ishlaydigan, loyihalashdan tortib tayyor ob’ektni ishga tushirishgacha bo‘lgan to‘liq yoki qisman qurilish jarayonlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar aktivlari tasnifi va tahlili jihatidan takomillashtirilgan “qurilish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyati” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
qurilish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar xizmatlarining kompleks tizimli tahlili modeli aktivlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan 5 ta kompleks instrument hamda 5 bosqichli tizimli va uzlyuksiz tahlil jarayonini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirish taklifi Samarqand viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan qurilish korxonalari faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha ichki xujjatlar ishlab chiqilishida hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi PF-37-sonli Farmonining 2-ilovasi II - Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishining 60-maqsadi 87-bandida belgilangan vazifalarni yanada takomillashtirishda, “O‘zqishloqelektrqurilish” AJ faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot Strategiyasi” markazining 2024-yil 14-oktyabrdagi 496-sonli, “O‘zqishloqelektrqurilish” AJning 2024-yil 11-oktyabrdagi 11-01/1-sonli, Samarqand viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining 2024-yil 2-oktyabrdagi №01-3271/24-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar aktivlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tizimli va uzlyuksiz tahlil jarayonini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan;
qurilish korxonalarining moliyaviy holatini baholash korxonaning holati (Khol = 33%)ni, harakati (Khar = 38%)ni hamda samaradorligi (Ksam = 29%)ni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi o‘rtasidagi maqbul nisbatni tavsiya qilish orqali takomillashtirish taklifi Jizzax viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan viloyat ichki qurilish tenderlarini muvofiqlashtirish talablariga kiritilgan hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi PF-37-sonli Farmonining 2-ilovasi II - Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishining 60-maqsadi 88-bandida belgilangan vazifalarni yanada takomillashtirishda, “O‘zqishloqelektrqurilish” AJ faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot Strategiyasi” markazining 2024-yil 14-oktyabrdagi 496-sonli, “O‘zqishloqelektrqurilish” AJning 2024-yil 11- oktyabrdagi 11-01/1-sonli, Jizzax viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasining 2024-yil 23-sentyabrdagi 01-01/2572-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish korxonalarining moliyaviy holatini baholashda korxonaning holati, harakati hamda samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi o‘rtasidagi maqbul nisbatni aniqlash imkoni yaratilgan;
qurilish tarmog‘i hamda qurilish korxonalari faoliyat natijaviyligiga funksional bog‘liq bo‘lmagan omillar asosida O‘zbekistonda qurilish xizmatlari hajmining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan qurilish sohasi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan aksionerlik jamiyatlari faoliyatida hamda mamlakatning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi PF-37-sonli Farmonining 2-ilovasi II - Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishining 60-maqsadi 87-bandi va 88-bandlarida belgilangan vazifalarni yanada takomillashtirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot Strategiyasi” markazining 2024-yil 14-oktyabrdagi 496-sonli, “O‘zqishloqelektrqurilish” AJning 2024-yil 11-oktyabrdagi 11-01/1-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda qurilish xizmatlari hajmining uzoq muddatli prognoz qiymatlariga erishishda asosiy parametrlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.