Adilbaev Bekbosın Abatbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Vakillik munosabatlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu1143.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kutlimuratov Farxad Kalbaevich – yuridik fanlar nomzodi, professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Djoldasova Saxipjamal Djalg‘asovna – yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent; Babaev Djahongir Ismoilbekovich – yu.f.d. professor
Yetakchi tashkilot: Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Vakillik munosabatlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ishonch bildiruvchining ishonchli vakil yoki nomidan ishonchli vakil harakat qilayotgan shaxslar oldidagi majburiyatlarni bajarish yoki bajarilishini ta’minlash maqsadida, agar bunday majburiyat tadbirkorlik faoliyati va korporativ munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, ishonch bildiruvchi ishonchli vakilga berilgan ishonchnomada ushbu ishonchnoma uning amal qilish muddati tugamaguncha bekor qilinishi mumkin emasligi yoki ishonchnomada nazarda tutilgan hollardagina bekor qilinishi mumkinligi asoslantirilgan.
bunday ishonchnoma u bajarishi yoki bajarilishini ta’minlashi uchun berilgan majburiyat tugashi bilan, shuningdek ishonchli vakil o‘zining vakolatlarini suiiste’mol qilganda istalgan vaqtda, xuddi shunday mazkur suiste’mollik sodir bo‘lishi mumkinligini ochiq ko‘rsatib turgan holatlar vujudga kelgan taqdirda bekor qilinishi mumkinligi asoslantirilgan.
qaytarib olinmaydigan ishonchnoma berilgan shaxs, agar ishonchnomada boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, u ishonchnoma orqali taqdim etilgan harakatlarni amalga oshirishni boshqa shaxsga ishonib topshira olmasligi asoslangan.
boshqalarning manfaatlarini ko‘zlab bo‘lsada, ammo o‘z nomidan harakat qilayotgan, boshqa shaxsning tegishli shaklda ifoda etilgan irodasini faqat etkazib beruvchi shaxslar, shuningdek kelgusida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlar yuzasidan muzokaralarga kirishishga tayinlangan shaxslar vakillar hisoblanmasligi asoslantirilgan.
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan ota-ona (ulardan biri) yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolaga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganda bola o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so‘rab vasiylik va homiylik organiga, shuningdek boshqa davlat organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqli ekanligi asoslangan.
ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida o‘z bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash choralarini ko‘rishi shartligi asoslantirilgan;
ota-ona uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida o‘z bolasini qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirishi kerakligi asoslantirilgan;
ota-ona uch oyda bolasini qoldirib ketgan holda vasiylik yoki homiylik agar bolaning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa, belgilanishi lozimligi asoslantirilgan;
ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketishidan kamida bir oy oldin o‘z bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risidagi arizani o‘zi vaqtincha yoki doimiy yashayotgan hududning vasiylik va homiylik organiga berishi kerakligi asoslantirilgan;
vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning ta’minotiga doir xarajatlarining o‘rni vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mablag‘lari hisobidan qoplanadi, bu mablag‘lar etarli bo‘lmagan taqdirda esa, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning ta’minoti uchun vasiy va homiyga qonunchilikda belgilangan tartibda nafaqa tayinlanishi mumkinligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan: 
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan ota-ona (ulardan biri) yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolaga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganda bola o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so‘rab vasiylik va homiylik organiga, shuningdek boshqa davlat organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqli. Bunday murojaatlarni bola to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lmaganligi sababli ko‘rib chiqmasdan qoldirishga yo‘l qo‘yilmasligiga oid taklifdan Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2023 yil 26 dekabrdagi 363/XLVII-son Qonuni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2012 yil 28 dekabrdagi №145/XI “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasi beshinchi qismiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritishlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘i kenesining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 7-oktyabrdagi 03-14-22/1-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganda, bola o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so‘rab vasiylik va homiylik organiga, shuningdek boshqa davlat organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqli ekanligiga asos yaratgan.;
ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida o‘z bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash choralarini ko‘rishi lozimligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 11 apreldagi O‘RQ-829-son “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi 11-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 7-noyabrdagi 12-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ota-ona o‘z yashash joyida bo‘lmaganida bolasining huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid choralar ko‘rishi bo‘yicha majburiyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
ota-ona uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida o‘z bolasini qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirishi lozimligi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 11 apreldagi O‘RQ-829-son “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi 11-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 7-noyabrdagi 12-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qo‘llanilishi o‘z navbatida bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik bo‘yicha ota-onalarning majburiyatlarini belgilab bergan;
ota-ona uch oydan ortiq muddatga o‘z bolasini qoldirib ketgan holda vasiylik yoki homiylik agar bolaning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa, belgilanishi lozimligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 11 apreldagi O‘RQ-829-son “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi 11-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 7-noyabrdagi 12-son dalolatnomasi). Ushbu taklif bolalarga vasiylik va homiylikni belgilash bo‘yicha aniq talablarni shakllantirishga zamin yaratgan;
ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketishidan kamida bir oy oldin o‘z bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risidagi arizani o‘zi vaqtincha yoki doimiy yashayotgan hududning vasiylik va homiylik organiga berishi zarurligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 11 apreldagi O‘RQ-829-son “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi 11-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 7-noyabrdagi 12-son dalolatnomasi). Mazkur taklif ota-ona qaramog‘idan vaqtincha mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish bo‘yicha vasiylik va homiylik organlarining vazifalarni aniqlashtirish xizmat qilgan;
vasiyning yoki homiyning o‘z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning ta’minotiga doir xarajatlarining o‘rni vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mablag‘lari hisobidan qoplanadi, bu mablag‘lar etarli bo‘lmagan taqdirda esa, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning ta’minoti uchun vasiy va homiyga qonunchilikda belgilangan tartibda nafaqa tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 11 apreldagi O‘RQ-829-son “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi 13-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 7-noyabrdagi 12-son dalolatnomasi). Ushbu taklif vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning ta’minotiga doir xarajatlarining o‘rni qoplash manbalarini aniqlashga asos yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish