Uzakova Vazira Saidmuradovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Covershenstvovanie organizatsionno – ekonomicheskogo mexanizma povisheniya konkurentosposobnosti vipusknikov vuzov», 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/Iqt2898
Ilmiy rahbar: Aslanova Dilbar Hasanovna, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Muhammedov Murod Muhammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kahharov Otabek Siddiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining raqobatbardoshliligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirishga oid ilmiy tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
"Iqtisodiyot" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash o‘quv dasturi va rejasi zamonaviy mehnat bozorida talab qilinadigan yumshoq ko‘nikmalarni ("soft skills") shakllantiruvchi fanlarni kiritish orqali takomillashtirildi;
oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilarning mehnat bozorida ish bilan ta’minlanishi va moslashuvini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ish beruvchilar va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi "Skrining markazlari" (Screening Centre)ni tashkil etish taklif etildi. Ushbu markazlar zamonaviy mehnat bozori va oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatini tadqiq etish asosida OTM bitiruvchilari raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashadi;
ish beruvchilarning bitiruvchilarga qo‘yadigan talablarini o‘rganish asosida oliy ta’lim muassasalarining “Iqtisodiyot” mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchilar raqobatbardoshligini integral baholash metodikasi takomillashtirildi;
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining raqobatbardoshlik darajasi va unga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi iqtisodiy-matematik model va 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan respublikadagi bitiruvchilar raqobatbardoshligining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
OTM bitiruvchilarining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Iqtisodiyot” ta’lim yo'nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash dasturi takomillashtirilgan va unga o‘zgartirishlar kiritilgan, zamonaviy mehnat bozorida va innovatsion iqtisodiyot sharoitida zarur bo‘lgan kompetensiyalarni, yumshoq ko‘nikmalarni (soft skills) shakllantirishga qaratilgan fanlarni o‘z ichiga oladigan o‘quv reja shuningdek ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish, intervyu va so‘rovnomalarda qatnashish, kabi mavzularni qamrab oladigan yangi "Mehnat bozorida yosh mutaxassis"(Molodoy spesialist na rinke truda) fanini barcha ta’lim yo‘nalishlarning o‘quv dasturlariga kiritish taklifi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti o‘quv jarayoniga joriy qilindi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-dekabrdagi № 4/17-4/1-717 ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida bitiruvchilar zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshirish uchun zarur bo‘lgan "hard skills" va "soft skills" ko‘nikmalarini rivojlantirdilar;
oliy o‘quv yurtlarida "Skrining Markazlari"(Screening Centre) ni tashkil etish, bitiruvchilarni ishga joylashish va mehnat bozorida moslashishga yordam berish, ish beruvchilar bilan universitetlar o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash, shuningdek, zamonaviy mehnat bozorini o‘rganish va o‘quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash sifatini baholash maqsadida, ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish taklifi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida joriy qilindi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-dekabrdagi № 4/17-4/1-717 ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mehnat bozorini oldindan o‘rganish, bo‘sh ish o‘rinlari va talabalarning yutuqlari haqida ma’lumotlar bazasini yaratish, shuningdek, bitiruvchilarga ishga joylashish bo‘yicha maslahatlar berish orqali bitiruvchilarning samarali ishga joylashishiga va moslashishiga yordam bergan;
ish beruvchilarning bitiruvchilarga qo‘yadigan talablarni o‘rganish asosida oliy ta’lim muassasalarining “Iqtisodiyot” mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchilar raqobatbardoshligini integral baholash metodikasi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida joriy qilindi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-dekabrdagi № 4/17-4/1-717 ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida OTM bitiruvchilarning raqobatbardoshlik darajasini o‘lchash uchun integrallashgan ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi va rivojlanish strategiyasini takomillashtirishga imkon yaratdi;
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining raqobatbardoshlik darajasi va unga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi iqtisodiy-matematik model taklifi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida joriy qilindi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-dekabrdagi № 4/17-4/1-717 ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida bitiruvchilarning raqobatbardoshligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlanib, «Iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishi kadrlarni tayyorlash strategiyasi takomillashtirilgan. 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlariga asoslanib, 2028-yilda mamlakat oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining raqobatbardoshlik darajasi 81,5% ga etishi bashorat qilingan.