Xasanxonova Nodira Isametdinovna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Bilimlar iqtisodiyotini rivojlantirishning institutsional asoslarini takomillashtirish”, 08.00.01-“Iqtisodiyot nazariyasi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3685
Ilmiy maslahatchi: Mambetjanov Qahramon Qurbandurdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Nurislam, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Murodova Nodira Kullievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rasulov To‘lqin Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bilimlar iqtisodiyotini rivojlantirishning institutsional asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra, respublikada bilimlar iqtisodiyoti institutlari samaradorligini oshirishga oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalarni davlat-xususiy sherikchiligi asosida 50/50 nisbatda moliyalashtirish va jarayonning birinchi bosqichida davlat tomonidan infratuzilma yaratish, ikkinchi bosqichida yaratilgan innovatsion tovar va xizmatlarni xususiy sektor tomonidan tijoratlashtirish majburiyatini yuklash orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
neoinstitusionalizm konsepsiyasi nuqtai-nazaridan bilimlar iqtisodiyotini rivojlantirishga respublikada innovatsion sohada faoliyat yuritayotgan istiqbolli tadbirkorlik subʼektlari bazasini shakllantirish, ular tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar holatini baholashning texnologik auditiga «ekspriment» (TRL:1-3), «konsepsiya ishlab chiqish» (TRL:4-6) va «tijoratlashtirish» (TRL:7-9) shkalalarini kiritish va ular faoliyatini texnologiya akseleratsiya markazlarini tashkil etish asosida ilmiy-texnik qo‘llab-quvvatlash orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
respublikada oliy ta’lim muassasalari (davlat va xususiy) o‘rtasidagi raqobat darajasini aniqlash usulini ular faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni qizil (HHI > 2500 – monopoliyaga yaqin), sariq (1500 < HHI < 2500 - o‘rtacha raqobat) va yashil (HHI < 1500 - yuqori raqobat) toifalarga ajratish asosida chegaraviy koeffisientlarni kiritish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
bilimlar iqtisodiyotini rivojlantirishda yoshlar faolligini oshirishga ularning innovatsion g‘oyalarini respublikada “Loyiha fabrikalari”ni tashkil etish orqali “tayyor biznes”ga aylantirish va faoliyat yuritishlari uchun zarur bo‘ladigan asosiy kapitalni uzoq muddatli foizsiz lizing asosida berish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
xususiy sektorda innovatsion faoliyat, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning institutsional mexanizmini ular tomonidan yaratilgan qisqa muddatli (bir yil) va tezkor ilmiy natija beruvchi loyihalarini davlat va xususiy sektor institutlarining “qo‘shma moliyalashtirish” tizimini joriy etish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
bilimlar iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida O‘zbekistonda YaIM tarkibida innovatsion mahsulotlar ulushini oshirishning 2030-yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
respublikada bilimlar iqtisodiyoti institutlari samaradorligini oshirishga oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalarni davlat-xususiy sherikchiligi asosida 50/50 nisbatda moliyalashtirish va jarayonning birinchi bosqichida davlat tomonidan infratuzilma yaratish, ikkinchi bosqichida, yaratilgan innovatsion tovar va xizmatlarni xususiy sektor tomonidan tijoratlashtirish majburiyatini yuklash orqali erishishga oid nazariy va uslubiy takliflardan 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Gosudarstvennoe regulirovanie ekonomiki” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 448-sonli buyrug‘i asosida berilgan №448-09-raqamli darslik guvohnomasi). Mazkur ilmiy natijalardan darslikda foydalanish talabalarda bilimlar iqtisodiyotini rivojlantirishda innovatsion loyihalarni davlat-xususiy sherikchiligi asosida moliyalashtirishning afzalliklari, sohada davlat tomonidan infratuzilma yaratish, innovatsion tovar va xizmatlarni xususiy sektor tomonidan tijoratlashtirishning obektiv zarurligini to‘g‘ri va kengroq tushunishlari va ilmiy xulosalar chiqarishlariga imkon yaratgan;
bilimlar iqtisodiyotini rivojlantirishga respublikada innovatsion sohada faoliyat yuritayotgan istiqbolli tadbirkorlik subektlari bazasini shakllantirish, ular tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar holatini baholashning texnologik auditiga «ekspriment» (TRL:1-3), «konsepsiya ishlab chiqish» (TRL:4-6) va «tijoratlashtirish» (TRL:7-9) shkalalarini kiritish va ular faoliyatini texnologiya akseleratsiya markazlarini tashkil etish asosida ilmiy-texnik qo‘llab-quvvatlash orqali erishishga oid nazariy va uslubiy takliflardan 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Gosudarstvennoe regulirovanie ekonomiki” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 448-sonli buyrug‘i asosida berilgan №448-09-raqamli darslik guvohnomasi). Mazkur ilmiy natijalardan darslikda foydalanish talabalarda bilimlar iqtisodiyotini rivojlantirishda “texnologik audit”, “texnologiya akseleratsiya markazlari” kabi yangi iqtisodiy kategoriyalarning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri va kengroq tushunishlari hamda ularning innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni va rolini ilmiy tahlil qilish va xulosalar chiqarishga imkon yaratgan;
respublikada oliy ta’lim muassasalari (davlat va xususiy) o‘rtasidagi raqobat darajasini aniqlash usulini ular faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni qizil (HHI > 2500 – monopoliyaga yaqin), sariq (1500 < HHI < 2500 - o‘rtacha raqobat) va yashil (HHI < 1500 - yuqori raqobat) toifalarga ajratish asosida chegaraviy koeffisientlarni kiritish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PQ-108-son “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-ilovaning III-bo‘lim, 8-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-oktyabrdagi 06/33-4-22020-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida oliy ta’lim (davlat va xususiy) tarmoqlari rivojlanishida raqobatni cheklovchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga erishiladi;
bilimlar iqtisodiyotini rivojlantirishda yoshlar faolligini oshirishga ularning innovatsion g‘oyalarini respublikada “Loyiha fabrikalari”ni tashkil etish orqali “tayyor biznes”ga aylantirish va faoliyat yuritishlari uchun zarur bo‘ladigan asosiy kapitalni uzoq muddatli foizsiz lizing asosida berish orqali erishish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PQ-300-son ““O‘zbekiston-2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 1b-ilovasi 32-maqsadini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 19-sentyabrdagi 02/17-2746-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida yoshlarga 10 yil muddatga foizsiz lizing taqdim etish asosida “Loyiha fabrikalari” orqali sanoat zonalarida “tayyor biznes” korxonalarini ochishga erishiladi;
xususiy sektorda innovatsion faoliyat, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning institutsional mexanizmini ular tomonidan yaratilgan qisqa muddatli (bir yil) va tezkor ilmiy natija beruvchi loyihalarini davlat va xususiy sektor institutlarining “qo‘shma moliyalashtirish” tizimini joriy etish orqali takomillashtirish taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2024-yil 13-martdagi 128-son “O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025-yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ilovasi 11-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-oktyabrdagi 06/33-4-22020-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarida xususiy sektor tomonidan innovatsion faoliyat, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasida qo‘shma moliyalashtirish tizimining joriy etilishiga erishiladi;
bilimlar iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida O‘zbekistonda YaIM tarkibida innovatsion mahsulotlar ulushini oshirishning 2030-yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2024-yil 13-martdagi 128-son “O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025-yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror ilovasining 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-oktyabrdagi 06/33-4-22020-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2030-yilgacha respublikada YaIMda innovatsion tovar va xizmatlar ulushining sezilarli darajada oshishiga erishilgan.