Valijanova Ziyoda Il`xamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sportchilarda jismoniy va psixoemotsional zo‘riqish ta’sirida oshqozon ichak tizimi funksional holatini baholash” 14.00.38 – Sport tibbiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2594.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Gulchehra Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, PhD10/30.12/2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Nodirjon Batirovich, tibbiyot fanlari nomzodi; Sobirova Guzal Naimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:. siklik sport turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘smir sportchilarda jismoniy yuklamalar sharoitida oshqozon-ichak tizimi funksional holatini o‘rganish va undagi o‘zgarishlar bilan sportchi psixo-emotsional holati orasidagi bog‘liqlikni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siklik sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarda qorin og‘rig‘i va qorin dam bo‘lishi bilan birga kechuvchi oshqozon-ichak tizimi funksional buzilishlari sportchi bo‘lmagan o‘smirlarga nisbatan ko‘proq uchrashi va ular jismoniy yuklamalarga sportchi organizmi javob reaksiyasi turlariga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
siklik sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarda jismoniy yuklamalar sharoitida ichak mikrobiotsenozida disbiotik o‘zgarishlar uchrashi va ularining namoyon bo‘lish darajasi bilan jismoniy yuklamalar intensivligi orasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi asoslangan;
yosh sportchilarda ichak disbiozi sindromini kelib chiqishi ularning jismoniy faolligiga salbiy ta’sir qilishi va psixo-emotsional holatida o‘zgartirishlar keltirib chiqarishi isbotlangan;
laktobatsillarning oksidlanish stressi, yallig‘lanish va sportchilarning jismoniy faolligi, xamda psixo-emotsional holatiga ta’sir qilishi tufayli yosh sportchilar jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash va mashg‘ulotlar jarayonida charchoqlik darajasini kamaytirish uchun oshqozon-ichak tizimi funksional buzilishlarini erta tashhislash va samarali korreksiya qilish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ilmiy natijalar asosida siklik sport turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘smir sportchilarda jismoniy va psixo-emotsional yuklamalar tufayli kelib chiqadigan oshqozon-ichak tizimining funksional buzilishlarining aniqlanishi hamda davolash bo‘yicha maxsuslashtirilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan va “Sportchilarda oshqozon-ichak tizimi funksional buzilishlari bilan birga ichak mikrobiotasini tashhislash va korreksiya qilish usullari” nomli uslubiy tavsiyalar (13.04.2024 sanadagi xulosa №13) tasdiqlangan. Ushbu tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga sportchilarni tayyorlash markazi (2024 yil 5 martdagi joriy etish haqidagi akt №113) va “Spartak” bolalar futbol klubi faoliyatiga (2024 yil 27 fevraldagi joriy etish haqidagi akt №97) tatbiq etilgan.
birinchi ilmiy yangilik: ilk marta siklik sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarda qorin og‘rig‘i va qorin dam bo‘lishi bilan birga kechuvchi oshqozon-ichak tizimi funksional buzilishlari sportchi bo‘lmagan o‘smirlarga nisbatan ko‘proq uchrashi aniqlandi. Bu buzilishlar jismoniy yuklamalarga va sportchi organizmining ularga bo‘lgan individual javob reaksiyasiga bog‘liq ekanligi asoslangan. Natijada, ushbu holatlarning oldini olish va davolash uchun maxsus tadbirlar joriy qilish zarurligi ko‘rsatilgan. Mazkur innovatsiya birinchi marta tibbiy amaliyotga kiritildi va tegishli tartib-qoidalarda rasmiylashtirildi: Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga sportchilarni tayyorlash markazi (2024 yil 5 martdagi joriy etish haqidagi akt №113) va “Spartak” bolalar futbol klubi (2024 yil 27 fevraldagi joriy etish haqidagi akt №97). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur korreksiya usuli sportchilarda oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini kamaytirish orqali ularning vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotish va nogironlik holatlarining oldini oladi. Shuningdek, sportchilar sog‘lig‘ini tezroq tiklash va ularni sport mashg‘ulotlariga qaytarish imkoniyati tug‘iladi, bu esa ularning sport natijalarini yaxshilash va sog‘liqni saqlash sohasidan moliyaviy tejashlar chiqarib olish imkonini yaratadi. Bu albatta sportchilarning kasbiy faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash va muvaffaqiyatli sport faoliyatini ta’minlash uchun juda muhimdir. Iqtisodiy samaradorligi: ta’kidlash joizki, sportchilarda ovqat hazm qilish yo‘llarining kasalliklarini zamonaviy usullar bilan davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Ana shunday iqtisodiyotga yaqin hisob-kitoblarga ko‘ra, oddiy davolash usullarida har bir sportchini davolash o‘rtacha 23307228 so‘mga tushsa, zamonaviy usulda bu miqdor 19262040 so‘mga tushadi. Bu o‘rinda bemor uchun belgilangan mablag‘lar miqdori taxminan 4450188 so‘mga kamayadi. Murakkab tizimli davolash ishlari samaradorligi bo‘yicha faqat davolash muddati qisqarishi bilan cheklanib qolmaydi, balki bunday davolashning o‘zi orqali sportchilar organizmida rivojlanib borayotgan kasalliklarni to‘xtatish va nazorat ostiga olish imkonini taqdim etadi. Ushbu qiymatlarni baholaganda ochiq ko‘rinib turibdiki, zamonaviy davolash usullari iqtisodiyotimizga ko‘proq zarar etkazmaydigan bo‘ladi. Xulosa: ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflab bo‘lmaydigan yangi davolash usullarini joriy etish bugungi kunning talabidir. Shu sababli tibbiy sohaga davlatimiz tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar oqilona taqsimlanishi zarurligini yana bir karra ta’kidlash o‘rinlidir;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk marta siklik sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarda jismoniy yuklamalar sharoitida ichak mikrobiotsenozida disbiotik o‘zgarishlar uchrashi va ularning namoyon bo‘lish darajasi bilan jismoniy yuklamalar intensivligi orasida o‘zaro bog‘liqlik aniqlandi. Bu ishlanma, sportchilarda ovqat hazm qilish tizimini yaxshilash va jismoniy yuklamalarga mutanosib individual muolajalarni joriy qilish orqali ularning sog‘lig‘ini saqlash va sport natijalarini oshirish imkonini bergan. Bu yangilik respublikamiz tibbiy amaliyotiga kiritilgan maxsus metodikani tashkil etdi: Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga sportchilarni tayyorlash markazi (2024 yil 5 martdagi joriy etish haqidagi akt №113) va “Spartak” bolalar futbol klubi (2024 yil 27 fevraldagi joriy etish haqidagi akt №97). Ijtimoiy samaradorligi: innovatsiya sportchilar sog‘lig‘ini yaxshi himoya qilishga xizmat qiladi, ularning ishlash qobiliyatini oshirib, sport natijalarini yaxshilaydi. Jismoniy jarohat va kasalliklardan saqlanish darajasi oshadi, sportchilar milliy terma jamoamiz tarkibida uzoq muddat mobil bo‘lish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu ko‘rsatkich sportchi uchun ikki tomonlama qulaylik yaratib, sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham ma’suliyatsizlikdan xalos bo‘lish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yangi usulda sportchilarni davolashga ketadigan mablag‘lar samarali ravishda tejalib, odatiy davolash yo‘nalishi bo‘yicha 23307228 so‘mlik xarajat o‘rniga, yangi metod asosida o‘rtacha 19262040 so‘m sarflanadi. Bu esa har bir sportchi uchun qariyb 4450188 so‘m mablag‘ni tejash imkonini yaratadi. Shuningdek, davolash samaradorligi o‘sib, to‘liq tuzalganlar ulushi 63,3%dan 86,7%ga ko‘tarildi, bu esa innovatsiyaning alohida klinik ahamiyatini belgilaydi. Xulosa: mazkur yangi davolash usuli sport tibbiyotida qimmatli hissa bo‘lib, sportchilar sog‘lig‘ini mustahkamlash va kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan majburiy profilaktika yo‘nalishlarini shakllantirib berishga xizmat qiladi;
uchunchi ilmiy yangilik: siklik sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarda ichak disbiozi sindromining paydo bo‘lishi, ularning jismoniy faolligiga salbiy ta’sir qilishi va psixo-emotsional holatini o‘zgarishi aniqlandi. Bu holatlar, jismoniy yuklamalar va psixoemotsional zo‘riqishlarlarning ta’sirida yuzaga kelishi va ularning natijalarga bo‘lgan ta’siri profilaktika va individual davolash usullarini joriy qilish zarurligini ko‘rsatilgan. Mazkur yangilik birinchi marta rasmiy tibbiy amaliyotga O‘zbekiston Respublikasi tibbiy muassasalari tomonidan tatbiq etilgan bo‘lib, quyidagi hujjatlarda aks ettirilgan: Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga sportchilarni tayyorlash markazi (2024 yil 5 martdagi joriy etish haqidagi akt №113) va “Spartak” bolalar futbol klubi (2024 yil 27 fevraldagi joriy etish haqidagi akt №97).Ijtimoiysamaradorligi: ichak mikrobiomasining buzilishlari sportchilarning psixo-emotsional holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: ular ta’sirchanlik, depressiya va eziluvchanlik holatlariga duchor bo‘lishadi, bu esa o‘z navbatida sport faoliyatida ishtirok etish va yuqori natijalarni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini cheklaydi. Yangi uslub orqali o‘tkazilgan davolash jarayoni esa sportchilarning ruhiy-sifatiy holatini yaxshilaydi, xavf-xatar holatlarini kamaytiradi, ishchanlik qobiliyatini va o‘zini tutish mahoratini oshirib, ularning faoliyatini doimiy ravishda ta’minlaydi. Amaliyotga tatbiq etilgan ushbu uslub tufayli sportchilar sog‘lig‘ini yaxshilash, o‘z faoliyatini davom ettirish va yuqori natijalarga erishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu esa o‘z navbatida, aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash va davlat sport sohasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Iqtisodiy samaradorligi: ichak mikroflorasining sog‘lom holatini saqlab turish orqali sportchilarning ruhiy-sifatiy holatini yaxshilash ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, bunda sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘naltirilgan mablag‘larning taqsimoti va miqdori masalasi ham hal qilinadi. Shifoxonada vaqt o‘tkazish muddati qisqarishi, dori-darmon mahsulotlarini samaraliroq qo‘llash natijasida tibbiy xarajatlarning qisqarishi kabi ijobiy oqibatlar kuzatiladi. Xususan, yangilikning iqtisodiy samaradorligini aniq raqamlar orqali ko‘rsatish mumkin: mahalliy dori vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq standart davolash usuli bir sportchini davolash uchun o‘rtacha 23307228 so‘mga tushsa, zamonaviy usul (L. plantarum probiotikini qo‘llash) bu ko‘rsatkichni 19262040 so‘mga tushiradi. Demak, bir sportchi uchun o‘tkazilgan davolash usulidan o‘rtacha 4045188 so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlik hosil bo‘ladi. Natijada sog‘liqni saqlash tizimida ortiqcha xarajatlarsiz yuqori samaradorlikka erishish mumkin bo‘ladi, bu esa davlat sog‘liqni saqlash siyosatining maqsadlariga hamohangdir. Xulosa:birinchi marta ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan ichak mikrobiomasini o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha innovatsion dastur sport tibbiyotida jiddiy ahamiyatga molik yangilik hisoblanadi. Tadqiqot natijalari ushbu innovatsiyaning ijobiy ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini isbotladi, bu esa sportchilar sog‘lig‘ini mustahkamlash va yuqori sport natijalariga erishishda asosiy omillardan biri ekanligini ko‘rsatadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birinchi marta laktobatsillarning oksidlanish stressi, yallig‘lanish va sportchilarning jismoniy faolligi hamda psixo-emotsional holatiga ta’sir qilishini inobatga olgan holda, yosh sportchilarda me’da-ichak tizimi funksional buzilishlarini erta tashhislash va samarali korreksiya qilish usullari ishlab chiqilgan. Bu usullar sportchilarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilash va mashg‘ulotlar jarayonida charchoqlik darajasini kamaytirishga qaratilgan. Ushbu yangilik ilk bor rasmiy tibbiy amaliyotga tatbiq etilgan bo‘lib, uni Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga sportchilarni tayyorlash markazi (2024 yil 5 martdagi joriy etish haqidagi akt №113) va “Spartak” bolalar futbol klubi (2024 yil 27 fevraldagi joriy etish haqidagi akt №97) tomonidan tasdiqlangan hujjatlarda aks ettirilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Mazkur innovatsiya asosida sportchilarda individuallashtirilgan mikrobiomni korreksiya qilish dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, bu kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytiradi va sportchilarning muntazam jismoniy faolligini ta’minlaydi. Natijada sportchilar o‘z mehnat qobiliyatlarini uzoqroq muddat davomida saqlab qoladilar, yuqori sport natijalariga erishadilar va musobaqalarda faol ishtirok etishadi, bu esa mamlakat sport nuri va jamoatchilik orasida sportni faol targ‘ib qilish darajasini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: sportchilarda ichak mikrobiomasini to‘g‘rilab borish tadbirlari ularning sog‘lig‘ini saqlashga oid moliyaviy xarajatlarni qisqartirishga yordam beradi. Bu usul kasalliklardan keyingi davolanish va tiklanish jarayonlarining xarajatlarini kamaytiradi, tibbiy tekshiruv va sog‘liqni nazorat qilish xarajatlarini tejaydi. Avvalgi hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur innovatsiya natijasida yiliga bitta sportchi uchun o‘rtacha 4045188 so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlik hosil bo‘ladi. Xulosa: ichak mikrobiomasining holatini ilmiy asoslangan holda boshqarish sportchilarning jismoniy holatini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishning muhim omili ekanligi isbotlandi. Amaliyotga tatbiq etilgan ushbu innovatsiya sport natijalarini yaxshilash, mehnat qobiliyatini saqlab qolish va moliyaviy xarajatlarni qisqartirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.