Jo‘raev Fozilbek Abdulhamid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Axborot muhitda bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (pedagogika yo‘nalishi misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8178
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ismoilov Temurbek Islamovich, Pedagogika fanlari doktori, (DSc) professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01
Rasmiy opponentlar: Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Misirov Soxibjon Abdupattaevich; Farg‘ona davlat universiteti o‘quv metodik bo‘lim boshlig‘i, Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Jo‘raev Voxid Tojimamatovich.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi axborotlashgan muhit sharoitida bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali ularning professional tafakkurini shakllantirishga xizmat qiluvchi samarali usullar va yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
axborot muhitida bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga doir nazariy model ishlab chiqilib, ushbu model doirasida kognitiv jarayonlarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha yangi metodik yondashuvlar ilmiy asoslandi;
pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda bo‘lajak pedagoglar mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga oid didaktik tamoyillar hamda ularning samaradorlikka ta’sir etuvchi psixologik-pedagogik omillari tadqiq etilib, integratsiyalashgan o‘qitish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqildi;
axborotlashgan muhit sharoitida bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini kengaytirish, kognitiv rivojlanish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda mantiqiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgan innovatsion trening texnologiyalari va interaktiv mashg‘ulotlar loyihalashtirilib, amaliy sinovlar orqali dalillandi;
ishlab chiqilgan metodika nazariy-eksperimental asosda verifikatsiya qilinib, uning bo‘lajak pedagoglar mantiqiy tafakkurini rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim muhitiga moslashuvchanlik darajasini oshirishdagi samaradorligi ilmiy-statistik tahlillar bilan asoslandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot muhitida bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
axborot muhitida bo‘lajak pedagoglarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga doir nazariy model ishlab chiqilib, ushbu model doirasida kognitiv jarayonlarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha yangi metodik yondashuvlar ilmiy asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora -tadbirlar” 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 4-fevraldagi 10/64-sonli ma’lumotnomasi). Natijada onlayn-platformalar, elektron testlar va didaktik vositalarni yaratish orqali axborotlashgan muhitda pedagogik ta’lim sifati hamda talabalar bilim samaradorligini oshirish mexanizmlari bevosita amaliyotda tasdiqlandi.
pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda bo‘lajak pedagoglar mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga oid didaktik tamoyillar hamda ularning samaradorlikka ta’sir etuvchi psixologik-pedagogik omillari tadqiq etilib, integratsiyalashgan o‘qitish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 4-fevraldagi 10/64-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan metodika asosida oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha turli seminarlar, master-klasslar tashkil etildi.
axborotlashgan muhit sharoitida bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini kengaytirish, kognitiv rivojlanish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda mantiqiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgan innovatsion trening texnologiyalari va interaktiv mashg‘ulotlar loyihalashtirilib, amaliy sinovlar orqali dalillanganligiga oid taklif va tavsiyalardan “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 33-sonli buyrug‘i asosida berilgan 333-184-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada axborotlashgan muhitda mantiqiy tafakkurni rivojlantiruvchi integratsiyalashgan metodik model amalda joriy etilib, bo‘lajak pedagoglar mantiqiy fikrlash jarayonida aniq o‘sish ko‘rsatkichlari qayd etildi. Ishlab chiqilgan metodika nazariy-eksperimental asosda verifikatsiya qilinib, uning bo‘lajak pedagoglar mantiqiy tafakkurini rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim muhitiga moslashuvchanlik darajasini oshirishdagi samaradorligi ilmiy-statistik tahlillar bilan asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 33-sonli buyrug‘i asosida berilgan 333-184-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada tajriba-sinov jarayonlari orqali ishlab chiqilgan innovatsion uslublar, multimedia materiallari va interaktiv dasturlar mantiqiy tahlil qilish ko‘nikmasini oshirishda muvaffaqiyatli tatbiq etildi.