Qodirov Raufxon Raxmonjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Son suyagi ko‘stlari sinishlarida jarroxlik usullarini tanlash”, 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3392.
Ilmiy rahbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Pavlov Vitaliy Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori; Akramov Voxidjon Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: son suyagining ko‘stlari sohasidan sinishlarida zamonaviy dasturlar yordamida bemorlarning funksional holati va siniq turiga mos keladigan jarrohlik usullarini tanlash, ularni amaliyotda qo‘llash orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
son suyagi ko‘stlari sinishlarini davolash natijalarini retrospektiv MSKT tekshiruvlari tahlili asosida asoratlangan va asoratlanmagan ayol va erkak bemorlar guruhlarida son suyaklari proksimal qismida densitometrik Xaunsfild indeksining o‘rtacha ko‘rsatgichlarining bemorlar o‘rtacha yoshini o‘sishi, hamda yondosh kasalliklarning mavjudligi bilan, ayniqsa ayollarda, teskari korrelyasiyalanishi aniqlangan, bunda bemor yoshi va yondosh kasalliklar soni o‘sishi bilan mineral zichlikning pasayishi o‘z navbatida asoratlar sonining o‘sishiga omil bo‘lishi isbotlangan;
AO klassifikatsiyasi turlari bo‘yicha son suyagi ko‘stlari sinishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda MSKT 3d tekshiruvi ko‘rsatkichlariga asoslangan holda son suyagi bo‘yin-diafizar burchagini ideal saqlanib qolishiga olib keluvchi 3d repozisiya tartibi suyak usti plastinasini o‘rnatish yoki suyak ichi osteosintezini bajarish usullaridan birini tanlash uchun ishonchli omil ekanligi isbotlangan;
osteosintezdan oldingi 3d matematik modellashtirish dasturi yordamida implant elementlarining ishonchli o‘lchamlari va joylashuvini aniqlanish orqali barqaror osteosintezga erishilishi natijasida operatsiya jarayoni davomiyligi, yo‘qotilgan qon miqdori va bemorni shifoxonada bo‘lish muddatining kamayishi isbotlangan;
son suyagi ko‘stlari sinishlarida suyak bo‘laklarini bloklovchi plastina bilan osteosintezi usuli ishlab chiqilgan, bunda an’anaviy bloklovchi elementlar qatorida, bitta markaziy spongioz shurup bilan fiksatsiyalash natijasida suyak + implant birligining o‘rtacha kompressiya samarasiga erishilganligi isbotlangan;
AO klassifikatsiyasi 31-A1 sinish turlarida sonning tashqi yon tomonidan katta ko‘st ustida 4 smdan oshmagan uzunlikka ega bo‘lgan kesim yordamida miniinvaziv jarrohlik yondashuv ishlab chiqilgan, bunda repozision stabillik, suyak usti pardasi butunligi saqlanib qolishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yilning 26 noyabrdagi 9-son bayonnamasi xulosasiga asosan (Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining 2024 yil 18 noyabrdagi 03/1170-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: son suyagi ko‘stlari sinishlarini davolash natijalarini retrospektiv MSKT tekshiruvlari tahlili asosida asoratlangan va asoratlanmagan ayol va erkak bemorlar guruhlarida son suyaklari proksimal qismida densitometrik Xaunsfild indeksining o‘rtacha ko‘rsatgichlarining bemorlar o‘rtacha yoshini o‘sishi, hamda yondosh kasalliklarning mavjudligi bilan, ayniqsa ayollarda, teskari korrelyasiyalanishi aniqlangan, bunda bemor yoshi va yondosh kasalliklar soni o‘sishi bilan mineral zichlikning pasayishi o‘z navbatida asoratlar sonining o‘sishiga omil bo‘lishi isbotlangan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali (20.05.2024 y.; №132), va Navoiy viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.05.2024 y.; №57) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quydagilardan iborat: jarrohlik amaliyotlarini (artroplastika va osteosintezlash) turi Xaunsfild indeksi va densitometrik (T-score va Z-score) ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda to‘g‘ri tanlash dasturini ishlab chiqilishi, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni 4,54 % gacha tushirish imkonini berdi; taklif etilgan dasturdan foydalanib, individual yondashish asoratlar sonini kamaytirdi va tashxislash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorning shifoxanadagi 12 kunlik davri uchun 11140600 so‘m. (shifoxonada 1 kun davolanish o‘rtacha 928384 so‘mni tashkil qiladi); implant o‘rtacha 4544000 so‘mni tashkil qiladi. Asorat kuzatilgan bemorni shifoxonada davolanishi va qayta amaliyot uchun implantlarni ishlatmaslik natijasida 15684600 so‘mni iqtisod qilinishiga imkon beradi. Amaliyot turini to‘g‘ri tanlanishi bemorlarni erta reabilitatsiya qilish, ularni aktivlashtirishni tezlashtirib, keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: Xaunsfild indeksi va densitometrik (T-score) ko‘rsatkichlariga asoslangan holda amaliyot turini tanlanishi 1 ta bemor uchun o‘rtacha 15684600 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: AO klassifikatsiyasi turlari bo‘yicha son suyagi ko‘stlari sinishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda MSKT 3d tekshiruvi ko‘rsatkichlariga asoslangan holda son suyagi bo‘yin-diafizar burchagini ideal saqlanib qolishiga olib keluvchi 3d repozitsya tartibi suyak usti plastinasini o‘rnatish yoki suyak ichi osteosintezini bajarish usullaridan birini tanlash uchun ishonchli omil ekanligi isbotlangan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filliali (20.05.2024 y.; №132), va Navoiy viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.05.2024 y.; №57) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Siniq turiga (AO/AOSIF tasnifi) asoslangan holda osteosintez usullarini tanlash orqali davolash sifatini yaxshiladi, asoratlar tufayli endoprotezlash amaliyotiga bo‘lgan talabni 13,6% ga kamaytiradi va bu amaliyotchi shifokorlar uchun amaliyotdan oldin, osteosintez turini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxanadagi 12 kunlik davri uchun 11140600 so‘m (shifoxonada 1 kun davolanish o‘rtacha 928384 so‘mni tashkil qiladi); implant o‘rtacha 4544000 so‘mni tashkil qiladi. Asorat kuzatilgan bemorni shifoxonada davolanishi va qayta amaliyot, davolanish va implantlarni ishlatmaslik natijasida 15684600 so‘mni iqtisod qilinishiga imkon beradi. Endoprotezlash amaliyot taklif qilingan jarrohlik amaliyotini farqi 1120000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi; endoprotez impantlarini ishlatmaslik 26000000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: Son suyagi ko‘stlari sinishlarini siniq turiga asoslangan holda osteosintez usullarini tanlash 1 bemor uchun 15684600 dan 38260600 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: osteosintezdan oldingi 3d matematik modellashtirish dasturi yordamida implant elementlarining ishonchli o‘lchamlari va joylashuvini aniqlanish orqali barqaror osteosintezga erishilishi natijasida operatsiya jarayoni davomiyligi, yo‘qotilgan qon miqdori va bemorni shifoxonada bo‘lish muddatining kamayishi isbotlangan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali (20.05.2024 y.; №132), va Navoiy viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.05.2024 y.; №57) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 3d matematik modellashtirish dasturi bilan bilan bajarilgan osteosintezlash amaliyotida, implantlar, ularning o‘lchamlari 3d formatda modellashtirish orqali jarrohlik amaliyotidan oldin implant elementlarini o‘lchamlari aniqlanganligi sababli, jarrohlik amaliyoti vaqti va jarrohlik amaliyotida yo‘qotiladigan qon hajmi kamaydi; oldindan aniqlangan implant elementlarining o‘lchamlari ortiqcha jarohatlashni oldini olishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik amaliyotida vaqti o‘rtacha 19,4 daqiqaga kamaydi (3d matematik modellashtirishdan foydanlanmasdan bajarilgan jarrohlik jarrohlik amaliyoti vaqti o‘rtacha 75 daqiqa), bu jarrohlik amaliyotini narxi 2464000 so‘m, 19,4 daqiqa iqtisod qilingan jarrohlik amaliyoti 1826645 so‘mni tashkil qiladi va bu 637355 so‘mni iqtisod qilishga imkon berdi; bemorni shifoxonada qolish mudatini 12 kundan 10 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini taxminan 1856760 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun davolanish o‘rtacha 928384 so‘mni tashkil qiladi); Xulosa: 3d matematik modellashtirish orqali fiksatsiyalovchi implant elementlarini o‘lchamlarini va joylashuvini oldindan aniqlanganligi 1 bemor uchun 2494115 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: son suyagi ko‘stlari sinishlarida suyak bo‘laklarini bloklovchi plastina yordamida suyak usti osteosintezi usuli ishlab chiqilgan, bunda an’anaviy bloklovchi elementlar qatorida, bitta markaziy spongioz shurup bilan fiksatsiyalash natijasida suyak + implant birligining o‘rtacha kompressiya samarasiga erishilganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filliali (20.05.2024 y.; №132), va Navoiy viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.05.2024 y.; №57) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan jarrohlik usuli suyaklarni tez va samarali repozisiya qilishi, jarrohlik amaliyoti vaqtini qisqarishi, chanoq-son bo‘g‘imi funksiyasini to‘liq tiklashi, qoniqarsiz natijalarni 4,54%gacha kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorni shifoxonada qolish muddatini 12 kundan 10 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini taxminan 1856760 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun davolanish o‘rtacha 928384 so‘mni tashkil qiladi); siniqni o‘rtacha kompressiyaga erishilganligi natijasida, reabilitatsiya jarayonlarni erta boshlashga va nogironlik darajasini pasaytirishni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Son suyagi ko‘stlar aro sinishlarida osteosintez usulini qo‘llash 1 bemor uchun 1856760 so‘mni iqtisod qilish, reabilitatsiya jarayonlarini erta boshlash va nogironlik darajalarini pasaytirish imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: AO klassifikatsiyasi 31-A1 sinish turlarida sonning tashqi yon tomonidan katta ko‘st ustida 4 smdan oshmagan uzunlikka ega bo‘lgan kesim yordamida miniinvaziv jarrohlik yondashuv ishlab chiqilgan, bunda repozision stabillik, suyak usti pardasi butunligi saqlanib qolishi isbotlangan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filliali (20.05.2024 y.; №132), va Navoiy viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (10.05.2024 y.; №57) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik davolash usuli miniinvaziv usulda amalga oshirilishi, amaliyot davomiyligini 19,4 daqiqaga kamaytirishi; amaliyot paytida to‘qimalarning shikastlanishini minimallashtirishi, amaliyot vaqtida yo‘qotilgan qon miqdorini 140,0 mlgacha kamayishi davolash sifatini yaxshiladi va erta reabilitatsiya qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorni shifoxonada qolish muddatini 12 kundan 10 kungacha qisqartirib (shifoxonada 1 kun davolanish o‘rtacha 928384 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada qolish to‘lov miqdorini taxminan 1856760 so‘mga kamaytirdi, jarrohlik amaliyoti vaqti o‘rtacha 19,4 daqiqaga kamaydi, jarrohlik amaliyotini narxi 2464000 so‘m, 19,4 daqiqa iqtisod qilingan jarrohlik amaliyoti 1826645 so‘mni tashkil qiladi va bu 637355 so‘ni iqtisod qilishga imkon berdi. miniinvazivlik va yo‘qotilgan qon hajmi 140,0 mlgacha kamayishi natijasida reabilitatsiya jarayonlarini erta boshlashga va nogironlik darajasini pasaytirishni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: son suyagi ko‘stlar aro sinishlarida osteosintez usuli 1 bemor uchun 2494115 so‘mni iqtisod qilish, reabilitatsiya jarayonlarini erta boshlash bilan asoratlar sonini kamaytirish imkonini berdi.