Osmanova Elnora Zodievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon buyni saratonini erta tashxislash usullarini takomillashtirish» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.2.PhD/Tib1922.
Ilmiy rahbar: Zaxirova Nargiza Ne’matovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Abduvoxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori; Mamadalieva Yashnar Mamasolievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro Davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: an’anaviy va suyuq sitologik testlarning imkoniyatlarini malignizatsiya belgisi sifatida r16ink4α qo‘shaloq immuno-bo‘yoq bilan solishtirish orqali bachadon bo‘yni saratonini erta tashxislashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
saraton oldi kasalliklari OPV fonida peshob tizimi kasalliklari va reproduktiv tizimida surunkali yallig‘lanish jarayonlarining mavjudligi menstrual sikldagi o‘zgarishlarning rivojlanishiga, hamda reproduktiv tizimning boshqa disfunksiyalariga olib keladigan patogenetik omil ekanligi isbotlangan;
OPV bilan bog‘liq bachadon bo‘yni shikastlanishlarini erta aniqlashda papilloma virusining DNKsini aniqlash hisobiga p16ink4α ikki karra bo‘yashli immunsitokimyoviy testi, real vaqtdagi OPV-test, polimeraz zanjir reaksiyasi va suyuqlik sitologiyasidan kompleks foydalanishni qo‘llanilishi isbotlangan;
bachadon bo‘yni saraton oldingi kasalliklarini birinchi bosqichda aniqlashda kengaytirilgan kolposkopiya, bakteriologik va bakterioskopik tahlil, polimeraz zanjir reaksiyasining qo‘llanilishi, serviksni vizual tekshirishi bakterial infeksiyaning mavjudligini va yuqori onkogen xavfi bo‘lganligi hisobiga qullanilishi asoslangan;
reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni yallig‘lanish jarayonlarida, hamda yuqori onkogen OPV shtammlarining persistensiyasi mavjudligida suyuqlik sitologiyasini va p16ink4α immunsitokimyoviy tahlilining birlashtirilgan usullarini, epitelial displaziya aniqlashtirilgan usullarini qo‘llanilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/18 -son qaroriga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: saraton oldi kasalliklari OPV fonida peshob tizimi kasalliklari va reproduktiv tizimida surunkali yallig‘lanish jarayonlarining mavjudligi menstrual sikldagi o‘zgarishlarning rivojlanishiga, hamda reproduktiv tizimning boshqa disfunksiyalariga olib keladigan patogenetik omil ekanligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialida 2024 yil 29 noyabrdagi №127-sonli buyruq bilan, Samarqand filialida 2024 yil 29 noyabrdagi №18i-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bachadon bo‘ynining neoplastik va saraton oldi shikastlanishlarini aniqlashda an’anaviy sitologik skrining usullari va suyuqlik sitologiyasi samaradorligining izchil solishtirilishi o‘tkazildi va yolg‘on manfiy xulosalar ehtimoli, ishonchlilik darajasi, testlarning ijobiy va salbiy prognostik qiymati, maxsuslik, aniqlik va sezgirlik turli sezgirlik ostonalarida hisobga olinganligi natijasida diagnostika yaxshilangan va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: Ishlab chiqilgan bachadon bo‘ynining neoplastik va saraton oldi shikastlanishlarini aniqlashda an’anaviy sitologik skrining usullari va suyuqlik sitologiyasi samaradorligining izchil solishtirilishi o‘tkazildi va yolg‘on manfiy xulosalar ehtimoli, ishonchlilik darajasi, testlarning ijobiy va salbiy prognostik qiymati, maxsuslik, aniqlik va sezgirlik turli sezgirlik ostonalarida hisobga olinganligi hisobiga byudjet mablag‘larining 15,5% gacha tejalishiga imkon bergan. Xulosa: Ishlab chiqilgan bachadon bo‘ynining neoplastik va saraton oldi shikastlanishlarini aniqlashda an’anaviy sitologik skrining usullari va suyuqlik sitologiyasi samaradorligining izchil solishtirilishi o‘tkazildi va yolg‘on manfiy xulosalar ehtimoli, ishonchlilik darajasi, testlarning ijobiy va salbiy prognostik qiymati, maxsuslik, aniqlik va sezgirlik turli sezgirlik ostonalarida hisobga olinganligi natijasida diagnostikaning yaxshilanishi hisobiga byudjet mablag‘larining 15,5% gacha tejalishiga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va statsionarda qolish muddatining 1-2 kunga qisqarishiga imkon yaratgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: OPV bilan bog‘liq bachadon bo‘yni shikastlanishlarini erta aniqlashda papilloma virusining DNKsini aniqlash hisobiga p16ink4α ikki karra bo‘yashli immunsitokimyoviy testi, real vaqtdagi OPV-test, polimeraz zanjir reaksiyasi va suyuqlik sitologiyasidan kompleks foydalanishni qo‘llanilishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialida 2024 yil 29 noyabrdagi №127-sonli buyruq bilan, Samarqand filialida 2024 yil 29 noyabrdagi №18i-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: zamonaviy noinvaziv tashxis usullari majmuasini - p16ink4α ikki karra bo‘yashli immunsitokimyoviy testi, real vaqtdagi OPV-test, polimeraz zanjir reaksiyasi va suyuqlik sitologiyasini - OPV bilan bog‘liq bachadon bo‘yni shikastlanishlarini erta aniqlashda qo‘llash samaradorligi ilmiy asoslanganligi natijasida bemorlarga tashxis qo‘yish samaradorligi yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: birinchi marta zamonaviy noinvaziv tashxis usullari majmuasini - p16ink4α ikki karra bo‘yashli immunsitokimyoviy testi, real vaqtdagi OPV-test, polimeraz zanjir reaksiyasi va suyuqlik sitologiyasini - OPV bilan bog‘liq bachadon bo‘yni shikastlanishlarini erta aniqlashda qo‘llash samaradorligi ilmiy asoslanganligi natijasida bemorlarni statsionarda qolish muddatini 2-3 kunga qisqartirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Bu esa davlat byudjeti xarajatlarining 8,5% ga kamayishiga olib kelgan. Xulosa: birinchi marta zamonaviy noinvaziv tashxis usullari majmuasini - p16ink4α ikki karra bo‘yashli immunsitokimyoviy testi, real vaqtdagi OPV-test, polimeraz zanjir reaksiyasi va suyuqlik sitologiyasini - OPV bilan bog‘liq bachadon bo‘yni shikastlanishlarini erta aniqlashda qo‘llash samaradorligi ilmiy asoslanganligi natijasida bemorlarni statsionarda qolish muddatini 2-3 kunga qisqartirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, davlat byudjeti xarajatlarining 8,5% ga kamayish va diagnostikani yaxshilash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: bachadon bo‘yni saraton oldingi kasalliklarini birinchi bosqichda aniqlashda kengaytirilgan kolposkopiya, bakteriologik va bakterioskopik tahlil, polimeraz zanjir reaksiyasining qo‘llanilishi, serviksni vizual tekshirishi bakterial infeksiyaning mavjudligini va yuqori onkogen xavfi bo‘lganligi hisobiga qullanilishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialida 2024 yil 29 noyabrdagi №127-sonli buyruq bilan, Samarqand filialida 2024 yil 29 noyabrdagi №18i-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: birinchi bor OPV yuqishi fonidagi ayollarda skrining va davolash dasturlarini aniqroq rejalashtirish imkonini beruvchi bachadon bo‘yni shikastlanishlarini aniqlash va keyingi davolash uchun optimal muddatlar hamda zarur tashxis tadbirlari hajmi aniqlanganligi natijasida bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va diagnostikani takomillashtirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: OPV yuqishi fonidagi ayollarda skrining va davolash dasturlarini aniqroq rejalashtirish imkonini beruvchi bachadon bo‘yni shikastlanishlarini aniqlash va keyingi davolash uchun optimal muddatlar hamda zarur tashxis tadbirlari hajmi aniqlanganligi natijasida bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va diagnostikani takomillashtirish hisobiga davlat mablag‘lari xarajatlarining 15,0% ga kamayishiga olib kelgan. Xulosa: birinchi marta OPV yuqishi fonidagi ayollarda skrining va davolash dasturlarini aniqroq rejalashtirish imkonini beruvchi bachadon bo‘yni shikastlanishlarini aniqlash va keyingi davolash uchun optimal muddatlar hamda zarur tashxis tadbirlari hajmi aniqlanganligi natijasida bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va diagnostikani takomillashtirish hisobiga davlat mablag‘lari xarajatlarining 15,0% ga kamayishga va o‘rin-kunlar sonini 1-2 kunga qisqartirish imkonini bergan
to‘rtinchi ilmiy yangilik: reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni yallig‘lanish jarayonlarida, hamda yuqori onkogen OPV shtammlarining persistensiyasi mavjudligida suyuqlik sitologiyasini va p16ink4α immunsitokimyoviy tahlilining birlashtirilgan usullarini, epitelial displaziya aniqlashtirilgan usullarini qo‘llanilishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialida 2024 yil 29 noyabrdagi №127-sonli buyruq bilan, Samarqand filialida 2024 yil 29 noyabrdagi №18i-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Taklif etilgan reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni yallig‘lanish jarayonlari hamda yuqori onkogen OPV shtammlarining persistensiyasi mavjudligida suyuqlik sitologiyasi va p16ink4α immunsitokimyoviy tahlilining birlashtirilgan usulini qo‘llash ko‘rsatmalari ishlab chiqilgan va ilmiy jihatdan asoslanganligi natijasida diagnostika yaxshilanishiga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Taklif etilgan reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni yallig‘lanish jarayonlari hamda yuqori onkogen OPV shtammlarining persistensiyasi mavjudligida suyuqlik sitologiyasi va p16ink4α immunsitokimyoviy tahlilining birlashtirilgan usulini qo‘llash ko‘rsatmalari ishlab chiqilgan va ilmiy jihatdan asoslanganligi natijasida diagnostika yaxshilanishi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, statsionarda qolish muddatini 1 kunga qisqartirishga va davlat byudjeti xarajatlarini 9,5% ga tejashga imkon bergan. Xulosa: Taklif etilgan reproduktiv yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni yallig‘lanish jarayonlari hamda yuqori onkogen OPV shtammlarining persistensiyasi mavjudligida suyuqlik sitologiyasi va p16ink4α immunsitokimyoviy tahlilining birlashtirilgan usulini qo‘llash ko‘rsatmalari ishlab chiqilgan va ilmiy jihatdan asoslanganligi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga olib kelgan. Shuningdek, statsionarda qolish muddatini 1 kunga qisqartirib, davlat byudjeti xarajatlarini 9,5% ga tejash imkonini yaratgan.