O‘rozov Nuriddin Elmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kolxiprit-neo preparatining o‘smaga qarshi faolligi va toksikologiyasini o‘rganish (eksperimental tadqiqot)» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib564.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Shavkat Narzikulovich, tibbiyot fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01. 
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Abduvoxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xashimova Zaynab Sattarovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kolxiprit-neo preparatining peroral qo‘llashda o‘smaga qarshi faolligi va toksikologik ta’sirini qiyosiy o‘rganishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimentda parenteral yuborilganidan o‘smaga qarshi dori kolxiprit-neoning surunkali toksikligi, immunomodulyasiya qon hosil qilish ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatmasligi yuqori dozalarda kam toksikligi hisobiga qo‘llash mumkinligi isbotlangan;
standart kimyo terapiya preparatlari bilan solishtirganda, intraparietal yuboriladigan shakli o‘sma hujayralarida mitotik jarayonini buzilishiga olib kelishi hisobiga kolxiprit-neoni yuqori sitostatik faolligi isbotlangan; 
eksperimentda yuklama bilan peroral usulda kolxiprit-neo preparatni qabul qilganda 2 va 4 darajasi toksiklik oshishi, jigar va bo‘yraklar faoliyatiga salbiy ta’sir qilishi hisobiga, terapevtik dozalarda hamroh ko‘maklashuvchi terapiya bilan qo‘llanilishi isbotlangan;
o‘smaga qarshi eksperimental dori-vositalar T-hujayrali va V-gumoral immunitetga o‘limi induksiyasiga va immunomodulyasion ta’sirini stimulyasiyasi o‘smaga qarshi antitanachalar ishlab chiqarilishi hisobiga o‘smaga qarshi yuqori faolligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi 13/11-son qaroriga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: eksperimentda parenteral yuborilganidan o‘smaga qarshi dori kolxiprit-neoning surunkali toksikligi, immunomodulyasiya qon hosil qilish ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatmasligi yuqori dozalarda kam toksikligi hisobiga qo‘llash mumkinligi isbotlangan ligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi Biofizika va biokimyo instituti amaliyotiga 2024 yil 15 noyabrdagi 24/1-i/b-sonli buyruq bilan hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining Termez filiali amaliyotiga 2024 yil 28 noyabrdagi 46-T-sonli buyrug‘i bilan tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yangi kolxiprit-neo preparatining o‘smaga qarshi faolligi, surunkali toksikligi va immunomodulyasiya qilishi eksperimentda o‘rganilganda, preparatning kam toksikligi, qon hosil qilish ko‘rsatkichlariga deyarli ta’sir ko‘rsatmasligi uni yuqori dozalarda ham qo‘llash imkoniyatini berishi o‘sma kasalliklarni davolash imkonini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: yangi kolxiprit-neo preparatining o‘smaga qarshi faolligi, surunkali toksikligi va immunomodulyasiya qilishi eksperimentda o‘rganilganda, preparatning kam toksikligi, qon hosil qilish ko‘rsatkichlariga deyarli ta’sir ko‘rsatmasligi uni yuqori dozalarda ham qo‘llash imkoniyatini berishi mamlakatimiz olimlari tomonidan yaratilishi va uning qo‘llash dozalarini belgilanishi kelajakda uning klinik tadqiqotlar o‘tkazilishini ta’minlaydi. Xulosa: mahalliy o‘simlik xom ashyosidan yangi o‘smaga qarshi faol preparatning yaratilishi va uning terapevtik dozalarini aniqlanishi keyingi bosqich tadqiqotlarga imkon beradi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: standart kimyo terapiya preparatlari bilan solishtirganda, intraparietal yuboriladigan shakli o‘sma hujayralarida mitotik jarayonini buzilishiga olib kelishi hisobiga kolxiprit-neoni yuqori sitostatik faolligi isbotlanganligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi Biofizika va biokimyo instituti amaliyotiga 2024 yil 15 noyabrdagi 24/1-i/b-sonli buyruq bilan hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining Termez filiali amaliyotiga 2024 yil 28 noyabrdagi 46-T-sonli buyrug‘i bilan tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: hayvonlarda olib borilgan tadqiqotlarda peroral yuborilgan kolxiprit-neo preparatining yuqori darajada o‘smaga qarshi faolligi onkologik bemorlarni davolash imkoniyatini oshiradi.  Iqtisodiy samaradorligi: peroral yuborilgan kolxiprit-neo preparatining yuqori darajada o‘smaga qarshi faolligining isbotlanishi uning ustida keng tadqiqotlar olib borilishini va natijada import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirish imkonini beruvchi mahalliy sitostatik dori vositasini ishlab chiqarish imkoniyatini beradi va davlat byudjetidan kimyoviy preparatlarga ajratiladigan mablag‘ning 20% ini iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: birinchi marta kolxiprit-neo preparatining o‘smaga qarshi faolligi 6 ta o‘sma ko‘chirilgan sichqon va kalamushlarning shtammlarida o‘sma ko‘chirib o‘tkazilgandan keyingi erta va kech davrlarda qorin bo‘shlig‘iga yuboriladigan shakli hamda klinikada keng qo‘llaniladigan an’anaviy kimyoviy dorilar bilan solishtirib o‘rganilganda peroral yuborilgan kolxiprit-neo preparatining yuqori darajada o‘smaga qarshi faolligi va amaliyotda keng qo‘llaniladigan an’anaviy sitostatiklar bilan taqqoslaganda kolxiprit-neo preparatining yuqori sitostatik ta’siri kuzatilgan.  
uchinchi ilmiy yangilik: eksperimentda yuklama bilan peroral usulda kolxiprit-neo preparatni qabul qilganda 2 va 4 darajasi toksiklik oshishi, jigar va bo‘yraklar faoliyatiga salbiy ta’sir qilishi hisobiga, terapevtik dozalarda hamroh ko‘maklashuvchi terapiya bilan qo‘llanilishi isbotlanganligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi Biofizika va biokimyo instituti amaliyotiga 2024 yil 15 noyabrdagi 24/1-i/b-sonli buyruq bilan hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining Termez filiali amaliyotiga 2024 yil 28 noyabrdagi 46-T-sonli buyrug‘i bilan tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kalamushlar 30 kun davomida peroral usulda kolxiprit-neo preparatini qabul qilganda surunkali toksiklik darajasini o‘rganish preparatning dozasiga bog‘liqligini ko‘rsatdi, hamda terapevtik dozada preparat toksik ta’sir ko‘rsatmasligi preparatni insonlarda kam toksiklik bilan qo‘llash imkoniyatlarini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: aksariyat qo‘llaniladigan kimyoviy vositalar organizmda toksik salbiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum va bu rejalashtirilgan davolash kursini to‘liq olmaslikni yoki davolash muddatini o‘rtacha 5 kunga uzaytirishni talab qiladi, bundan tashqari qo‘shimcha  hamroh ko‘maklashuvchi terapiya o‘tkazilishini talab qiladi. kolxiprit-neo preparatining terapevtik dozalarda organizmga toksik ta’sir ko‘rsatmasligi statsionar o‘rin-kunlarining 2-3 kunga qisqarishiga va hamroq ko‘maklashuvchi terapiya uchun zarur bo‘lgan 1 kursda  o‘rtacha 500 000 so‘m iqtisod qilinishi ta’minlaydi. Xulosa: terapevtik dozalarda kolxiprit-neo preparatining sezilarli toksik ta’sir ko‘rsatmasligi davolash muolajalarini uzluksiz va qo‘shimcha xarajatlarsiz o‘tkazish imkoniyatini beradi, bemorlar hayot sifatini yaxshilaydi va o‘rin-kunlar sonini qisqartirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘smaga qarshi eksperimental dori-vositalar T-hujayrali va V-gumoral immunitetga o‘limi induksiyasiga va immunomodulyasion ta’sirini stimulyasiyasi o‘smaga qarshi antitanachalar ishlab chiqarilishi hisobiga o‘smaga qarshi yuqori faolligi isbotlanganligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi Biofizika va biokimyo instituti amaliyotiga 2024 yil 15 noyabrdagi 24/1-i/b-sonli buyruq bilan hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining Termez filiali amaliyotiga 2024 yil 28 noyabrdagi 46-T-sonli buyrug‘i bilan tadbiq etilgan.. Ijtimoiy samaradorligi: kolxiprit-neo preparatining immunitetga ta’siri o‘rganilganda, uning T-hujayrali va V-gumoral immunitetga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, o‘smaga qarshi antitanachalar ishlab chiqarilishini stimulyasiyasini, apoptoz reseptorlarining 2 barobar oshishi sababli o‘sma hujayralari o‘limi induksiyasiga olib kelishi uning bemorlarda qo‘llash imkoniyatini kengaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: kolxiprit-neo preparatining immunitetga ta’siri o‘rganilganda, uning T-hujayrali va V-gumoral immunitetga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, o‘smaga qarshi antitanachalar ishlab chiqarilishini stimulyasiyasini, apoptoz reseptorlarining 2 barobar oshishi sababli o‘sma hujayralari o‘limi induksiyasiga olib kelishi amaliyotda qo‘llaniladigan an’anaviy sitostatiklardan ustunligini ko‘rsatadi. Xulosa: birinchi marta kolxiprit-neo preparatining immunitetga ta’siri o‘rganilganda, uning T-hujayrali va V-gumoral immunitetga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, o‘smaga qarshi antitanachalar ishlab chiqarilishini stimulyasiyasini, apoptoz reseptorlarining 2 barobar oshishi sababli o‘sma hujayralari o‘limi induksiyasiga olib kelishi orqali uni bemorlarda qo‘llash imkoniyati oshadi, ularning hayot sifatini yaxshilash, davo samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish