Muxitdinova Feruza Rustam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Magnit maydonda joylashgan p-n o‘tishli diod xarakteristikalariga harorat va mikroto‘lqinning ta’siri» 01.04.10 – «Yarimo‘tkazgichlar fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.4.PhD/FM1206
Ilmiy rahbar: Gulyamov Gafur, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan Muhandislik-qurilish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Zaynobiddinov Sirojiddin Zaynobiddinovich, fizika-matematika fanlari doktori, O‘zRFA akademigi, ; Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: magnit maydoni, harorat va mikroto‘lqinning p-n o‘tishli diod volt-amper xarakteristikasiga, volt-tesla xarakteristikasiga ta’sirini tadqiq etish, p-n o‘tish bir vaqtning o‘zida turli haroratda va magnit maydon induksiyalarining qiymati o‘zgaruvchan bo‘lgan maydonda joylashganda magnitoqarshiligini va volt-amper xarakteristikalarini ifodasini keltirb chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor p-n o‘tishli diod volt-amper xarakteristikasiga magnit maydonining ta’sirini tushuntirish bo‘yicha Xoll kuchlanishini xisobga olgan holda matematik model ishlab chiqilgan;
p-n o‘tishli diod volt-amper xarakteristikasi noideallik koeffisientiga magnit maydonning ta’sirini xisobga oluvchi ifodalar zaryad tashuvchilar harakatchanligi va diffuziya uzunligining magnit maydonda o‘zgarishiga asoslanib keltirib chiqarilgan;
ilk bor p-n o‘tishli diod kuchlanishiga magnit maydon ta’sirini qo‘shimcha Xoll kuchlanishini e’tiborga olgan holda xisoblovchi ifoda keltirib chiqarilgan;
ilk bor p-n o‘tishli diod volt-amper xarakteristikasiga magnit maydoni va mikroto‘lqinning bir vaqtdagi ta’sirini zaryad tashuvchilarning qizishini, qo‘shimcha kuchlanishni va Xoll kuchlanishini xisobga olgan xolda aniqlash imkonini beruvchi ifoda ishlab chiqilgan;
p-n o‘tishli diod magnit maydonda bo‘lgandagi harorat va magnit maydonning bir vaqtdagi ta’sirini xisobga olgan xolda magnitoqarshilikni aniqlash imkonini beruvchi analitik ifodasi keltirib chiqarilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. p-n o‘tishli diod xarakteristikalariga harorat va magnit maydonning bir vaqtdagi ta’siri, mikroto‘lqinli maydon va magnit maydonlarningning bir vaqtdagi ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
p-n o‘tishga magnit maydon va o‘ta yuqori chastotali maydon ta’sir etganda sodir bo‘ladigan jarayonlarni yangicha talqin qilish, diodning qarshiligi va kuchlanishiga tashqi ta’sirlar hisobiga olingan natijalardan “Foton” Aksiyadorlik jamiyati (“Foton” AJ) yarimo‘tkazgichli diodlar va tranzistorlar ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda. (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2024 yil 29 oktyabrdagi 187-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada olingan natijalarni texnologik jarayonga qo‘llash orqali effektivligi yuqori bo‘lgan mahsulatlarni ishlab chiqarishni taklif etilgan.
Dissertatsiya doirasida ishlab nazariya asosida Namangan muhandislik-texnologiya institutida OT-F-74- “Yarimo‘tkazgichli qotishmalar va kuchli ligerlangan yarimo‘tkazgichlar energetik spektrlarini tadqiq qilish” nomli loyihaning ilmiy-texnikaviy vazifalarini bajarishda, jumladan loyiha geterosturukturalar asosida olingan quyosh fotoelementlarga tashqi ta’sir ya’ni qizigan zaryad tashuvchilar va magnit maydonlar ta’siridagi o‘zgarishlarini aniqlash uchun ishlatilgan (loyiha rahbari N.Yu.Sharibaebning ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish mazkur loyiha doirasida tadqiq etilgan materiallar asosida p-n o‘tishga o‘ta yuqori chastotali to‘lqin va magnit maydon ta’sirida volt-amper xarakteristikasi, volt-tesla xarakteristikasi va qarshilikning o‘zgarishlarini oldindan taxmin qilish imkonini bergan.