Nasimova Nigoraxon Mizrobovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Statistik ma’lumotlar asosida sintetik o‘quv tanlanmani hosil qilishning model va algoritmlari”, 05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5320
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/05.05.2023.T.07.03.
Rasmiy opponentlar: Muxamedieva Dildora Kabilovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Atadjanov Ibragim Ravshanbekovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: „Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali kasalliklarni sun’iy intellekt bilan bashoratlashda ishlatiladigan sintetik o‘quv tanlanmalarni statistik ma’lumotlar asosida hosil qilish model va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sintetik jadvalli ma’lumotlarning statistik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning haqiqiy ma’lumotlarga yaqinligini baholovchi va GAN tarmog‘ini o‘qitish uchun yangi yo‘qotish funksiyasining matematik modeli ishlab chiqilgan;
qisman ikkilik inversiya usuli asosida “0” va “1” dan iborat bo‘lgan jadvallarning ustunlaridagi qiymatlarni aralashtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
mustahkamlab o‘qitish asosida o‘zgaruvchilarni aralashtirib sintetik jadvalli o‘quv tanlanmani hosil qilish algoritmi ishlab chiqilgan;
GAN tarmog‘ining kirish va chiqish qatlamlarini modifikatsiyalash hamda yangi ishlab chiqilgan yo‘qotish funksiyasini qo‘llash asosida sintetik o‘quv tanlanmalarni hosil qilishning model va algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqilgan tadqiqot usullari va algoritmlari asosida tadiqiqot natijalari quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy etilgan:
“Tibbiy statistik ma’lumotlar asosida sintetik jadvalli ma’lumotlarni hosil qilishning GAN algoritmi” asosida hosil qilingan sintetik o‘quv tanlanmadan foydalangan holda yaratilgan 8 ta simptom asosida 2-tur diabetga tashxis qo‘yish imkoniyatini beruvchi dasturiy vositasi Olot tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida muvaffaqiyatli joriy etildi. Ushbu dastur qandli diabet kasalliklarini tashxislashda aniqlikni oshirishga xizmat qilib, uning amaliyotga tatbiq etilishi (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 25-fevraldagi 33-8/1255-sonli ma’lumotnomasi) bo‘yicha samarali deb baholandi. Joriy qilingan dastur soha mutaxassislarining ish unumdorligini 5 % ga oshirgan;
“Tibbiy sintetik ma’lumotlarni hosil qilish algoritmi” asosida hosil qilingan sintetik o‘quv tanlanmalar yordamida yaratilgan yurak xurujini aniqlash imkoniyatini beruvchi dasturiy vosita Marg‘ilon tumanlararo Perinatal markazida muvaffaqiyatli joriy etildi. Ushbu dastur qandli diabet kasalliklarini tashxislashda aniqlikni oshirishga xizmat qilib, uning amaliyotga tatbiq etilishi (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 25-fevraldagi 33-8/1255-sonli ma’lumotnomasi) bo‘yicha samarali deb baholandi. Joriy qilingan dastur soha mutaxassislarining ish unumdorligini 7% ga oshirgan;
“Tibbiy sintetik ma’lumotlarni hosil qilish algoritmi” hamda “Tibbiy statistik ma’lumotlar asosida sintetik jadvalli ma’lumotlarni hosil qilishning GAN algoritmi” dasturlari tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 25-fevraldagi 33-8/1255-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ishlab chiqilgan algoritm va dasturlar yordamida olingan natijalar axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasida ta’lim berish jarayonida talabalarga o‘quv tanlanmalar bilan ishlash, ulardan algoritmlarni o‘qitishda foydalanish, mavjud xatoliklarni aniqlash, muayyan masalani echishda haqiqiy o‘quv tanlanma topilmaganda sintetik o‘quv tanlanmadan foydalanish foydalari va kamchiliklarini tushunishlarida muhim rol o‘ynab, ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatini bergan.