Kalanov Rustam Mamadiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ruda konsentrati tarkibidan Bi (III) va Sb (III) ionlarini dietiltiokarbamat tuzlari eritmalari bilan aniqlashning voltamperometrik usullarini ishlab chiqish», 02.00.02 - Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/K685.
Ilmiy rahbar: Yaxshieva Zuhra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05. 
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Rahmatov Xudayor Boboniyozovich, kimyo fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Sb(III) va Bi(III) ionlarini ruda konsentrati tarkibidan dietiltiokarbamat tuzlari bilan modifikatsiyalangan elektrodda aniqlashning ekspress, yuqori tanlab ta’sir etuvchan, sezgir voltamperometrik usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sb(III) ioni bilan N,N-NaDEDTK reagentini va Bi(III) ioni bilan N,N-PbDEDTK reagentini kompleks hosil qilishining optimal sharotlari inversion voltamperometrik usulda topilgan, hamda Sb(III) va Bi(III) ionlarining kompleks hosil qilishida standart yarim to‘lqin potensiallari Sb(III) ioni uchun -0,42 V, Bi(III) ioni uchun -1,2 V ekanligi aniqlangan;
Sb(III) va Bi(III) ionlari uchun pastki aniqlash chegaralari mos ravishda 0,01 mkg/l va 0,02 mkg/l ekanligi aniqlangan;
N,N-NaDEDTK va N,N-PbDEDTK reagentlarining oksidlanishida Bi(III) va Sb(III) ionlari tiol guruhi bilan bogʻlanib, kompleks hosil qilish mexanizmi isbotlangan; 
Sb(III) va Bi(III) ionlarini 10-9 ÷ 10-8 M darajasida aniqlash usullari ishlab chiqilgan;
MeSb(III) : ReN,N-NaDEDTK 1:3 mol va MeBi(III) : ReN,N-PbDEDTK 2:3 mol nisbatlarda kompleks hosil qilishi, muvozanat konstanta qiymatlari K=4,08·104 va K=3,42·104 ekanligi komplekslarning barqarorligini ko‘rsatdi va Doblen Templeton qonuniyatiga mosligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ruda konsentrati tarkibidan Bi (III) va Sb (III) ionlarini dietiltiokarbamat tuzlari eritmalari bilan aniqlashning voltamperometrik usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ruda konsentratlari tarkibidan  vismut (III) ionini inversion voltamperometriya usulida aniqlash usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan foydali modelga patent olingan (FAP 01771, 2021 yil). Natijada, murakkab tarkibga ega rudalar va ruda konsentratlaridan vismutni ajratib olish, so‘ngra vismutni aralashtirilgan eritmada 90÷120 s Ee=(-0,2 ÷ -0,3) elektroliz potensialida oksidlash usulini ishlab chiqish imkonini bergan; 
vismutning iz miqdorlarini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan usullar “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ analitik laboratoriyasi amaliyotiga joriy etilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJning 2021 yil 12 oktyabrdagi 907/Gk-10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan usullar usullar tabiiy va sun’iy ob’ektlarda vismutning iz miqdorini aniqlash imkonini bergan;
import o‘rnini bosuvchi kimyoviy reagentlar yordamida surma va vismutni voltamperometrik aniqlash usullari “Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shvesariya qo‘shma korxonasi analitik laboratoriyasi amaliyotiga joriy etilgan (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasi MChJ ning 2021 yil 12 oktyabrdagi 788/Nb-10 sonli guvohnomasi). Natijada, konsentratlarda yuqori sezuvchanlik va selektivlikka ega usullar Sb(III) va Bi(III) ionlari aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish