Rabbimov Suxrob Shodmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Shimoli-sharqiy O‘zbekiston uy va yovvoyi tovuqsimonlarining (Galliformes) parazitofaunasi», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/B639.
Ilmiy rahbar: Akramova Firuza Djalaliddinovna, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xorazm Ma’mun akademiyasi, PhD.02/30.07.2022.V.149.01.
Rasmiy opponentlar: Bekchanov Xudaybergan O‘rinovich, biologiya fanlari doktori, professor; Safarova Feruza Ergashevna, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning Shimoli-sharqiy qismida tovuqsimonlar turkumiga kiruvchi qushlar ekto va endoparazitlarining hozirgi tur tarkibini aniqlash, parazit faunasining shakllanish yo‘llarini va xonaki tovuqsimonlarning asosiy parazitar kasalliklarining oldini olish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba Shimoliy-sharqiy O‘zbekistonning uy va yovvoyi tovuqsimonlarining ektoparazitlari va gelmintlari faunasi hamda tovuqsimonlar gelmintofaunasi 37 tur, 3 sinf - Cestoda, Trematoda va Nematodalarga mansubligi aniqlangan;
tovuqsimonlarda ektoparazitlari 3 tur kanalar va 15 turdagi parxo‘rlar uchrashi bo‘yicha aniq ma’lumotlar keltirilgan hamda hayvonlar ektoparazitlariga qarshi birinchi marta yangi “Superamig” preparatini sinovdan o‘tkazildi va 83-91,6% gacha nobud qilish samaradorligi isbotlangan;
parrandalarda parazitlik qiluvchi Argas persicus 1 tur kana namunasi mDNK sining 16S rRNK sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma'lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan;
ilk bor Shimoliy-sharqiy O‘zbekistonda qayd etilgan ektoparazitlarining tur tarkibi xilma - xil bo‘lib, xonaki tovuqsimonlarda 17 tur va yovvoyi tovuqsimonlarda 9 turga mansubligi aniqlangan;
uy va yovvoyi tovuqsimonlarining gelmintlar faunasi shakllanishida alohida ahamiyatga ega gelmintlar va ularning xo‘jayinlari bilan biotsenotik aloqalari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shimoli-sharqiy O‘zbekiston uy va yovvoyi tovuqsimonlarining (Galliformes) parazitofaunasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi shaxsiy xo‘jaliklarida gelmintlar bilan zararlangan 57 bosh parrandalar (tovuq, kurka, sesarka) dagi sestodoz va trematodozlarga qarshi Prazikvantel antigelmint preparati qo‘llanilgan va ijobiy biologik samaradorligi aniqlanib, Toshkent viloyati veterinariya amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 13 oktabrdagi 02/23-1904-son ma’lumotnomasi). Natijada, tovuq va kurka, parrandachilik xo‘jaliklarida gelmintozlar tufayli iqtisodiy zararlar bir muncha kamayishi, qushlar sonini oshishi va epizootik jarayonning barqororligini ta’minlash imkonini bergan;
parrandalar (tovuq, kurka, sesarka) xilma-xilligini saqlab qolish, ulardan oqilona foydalanish va gelmintoz kasalliklarriga qarshi kurashda Levamizol antigelmint va Superamig preparatlari ning biologik samaradorligi aniqlanib, Sirdaryo va Jizzax viloyati veterinariya amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 13 oktabrdagi 02/23-1904-son ma’lumotnomasi). Natijada, tovuq, kurka va sesarkalarda akuarioz, disfarinkoz va ektoparazitlar tufayli iqtisodiy zararlar bir muncha kamayishi va epizootik jarayonning barqororligini ta’minlash imkonini bergan;
O‘zbekistonning Shimoli-sharqiy hududidagi qishloq xo‘jaligi parrandalariga parazitlik qiluvchi 1 tur kanani mDNK sining 16S rRNK sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma'lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga (https://www.ncbi.nlm.nih.gov) joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazining 2024 yil 27 dekabrdagi ma'lumotnomasi). Natijada, Argas persicus - (PQ238903) turining identifikasiya raqami olingan hamda u orqali xalqaro miqyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish