Mustafoev G‘olib Sultonmurodovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish sohasi samaradorligini oshirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Iqt570
Ilmiy maslahatchi: Muxammedov Murod Muxammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Nurislom iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Urazov Komil Baxronovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Safarov Bahodirxon Shahriyorovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish sohasi samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-nazariy, uslubiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“xizmat” tushunchasining ta’rifi iqtisodiy faoliyati moddiy va nomoddiy ne’matlarni yaratish va iste’molchiga etkazib berish jarayonida kechayotgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida talqin etilgan;
fond qaytimi, harajatlar rentabelligi kabi muhim ko‘rsatkichlarni birlashtirish asosida xizmat ko‘rsatish korxonalariga jalb etilgan investision resurslar samaradorligini kompleks baholash usuli ishlab chiqilgan;
hududda xizmat ko‘rsatish xo‘jalik sub’ektlari joylashuvini ishlab chiqarish harajatlarini tejash va iste’mol nafliligini oshirish nuqtai nazaridan optimallashtirish imkonini beruvchi “Aqlli qishloq” konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
qishloq joylarida faoliyat yuritayotgan barcha soha va tarmoq tadbirkorlik sub’ektlari va davlat korxonalari bilan xizmat iste’molchilari o‘rtasida qulay va samarali aloqalar o‘rnatish imkonini beruvchi “Super vayfay” aloqa xizmatlarini yo‘lga qo‘yish mexanizmi ishlab chiqilgan;
qishloq joylarida iste’molchilarga ko‘rsatilgan xizmatlar xajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi omilarni ekonometrik modellashtirish asosida 2030 yilgacha qishloq joylaridagi xizmatlar hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy ishlanma va xulosalar asosida:
“xizmat” tushunchasining ta’rifi iqtisodiy faoliyati moddiy va nomoddiy ne’matlarni yaratish va iste’molchiga etkazib berish jarayonida kechayotgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida talqin etilgan ta’rifi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-sonli buyrug‘i, 359-238 raqamli guvohnomasi). Mazkur natijaning amaliyotga joriy qilinishi xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda talabalar bilimlarining chuqurlashuviga xizmat qilgan;
fond qaytimi, harajatlar rentabelligi kabi muhim ko‘rsatkichlarni birlashtirish asosida xizmat ko‘rsatish korxonalariga jalb etilgan investision resurslar samaradorligini kompleks baholash usuli ishlab chiqilgan taklifi (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 3-fevraldagi 06-10-33-1283 sonli ma’lumotnomasi). “Hududlarda xizmatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. Ushbu ilmiy yangilik qishloq joylaridagi korxonalarda resurslardan foydalanish samaradorlik darajasini aniqlash imkonini bergan;
hududda xizmat ko‘rsatish xo‘jalik sub’ektlari joylashuvini ishlab chiqarish harajatlarini tejash va iste’mol nafliligini oshirish nuqtai nazaridan optimallashtirish imkonini beruvchi “Aqlli qishloq” konsepsiyasi ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyat hududiy bo‘limi tomonidan “Hududlarda xizmatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 3-fevraldagi 06-10-33-1283 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi Samarqand viloyatida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi (sartaroshxona, savdo muassaslari, maishiy xizmatlarni ko‘rsatish korxonalari, avtomobillarga texnik xizmatlarni ko‘rsatish shaxobchalari va boshqa xizmat turlari) tadbirkorlik sub’ektlarning xizmat ko‘rsatish hajmi o‘rta hisobda 11,2 foizga, aholining xizmat ko‘rsatish turlaridan foydalanish darajasi esa 2,0 martaga oshirish imkonini bergan;
qishloq joylarida faoliyat yuritayotgan barcha soha va tarmoq tadbirkorlik sub’ektlari va davlat korxonalari bilan xizmat iste’molchilari o‘rtasida qulay va samarali aloqalar o‘rnatish imkonini beruvchi “Super vayfay” aloqa xizmatlarini yo‘lga qo‘yish mexanizmi ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyat hududiy bo‘limi tomonidan “Hududlarda xizmatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 3-fevraldagi 06-10-33-1283 sonli malumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida Samarqand viloyatida savdo hajmi 7,8 foizga, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlariga buyurtma berish xizmatlaridan foydalanish hajmi esa 8,5 foizga oshdi;
qishloq joylarida iste’molchilarga ko‘rsatilgan xizmatlar xajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi omilarni ekonometrik modellashtirish asosida 2030 yilgacha qishloq joylaridagi xizmatlar hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyat hududiy bo‘limi tomonidan “Hududlarda xizmatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2025-yil 3-fevraldagi 06-10-33-1283 sonli malumotnomasi). Mazkur tavsiyadan foydalanish natijasida O‘zbekiston Respublikasi qishloq joylarida 2030 yilda xizmatlar hajmi 2023 yilga nisbatan 2,3 martaga oshirishga, mavjud imkoniyatlarni ishlab chiqish jarayoniga jalb qilishga muayyan darajada xizmat qilgan.